Mavzu:
Badminton o‘yin qoidalari.
Reja
1. Badminton maydon va jihozlari o‘lchamlarining umumiy tavsifi.
2. Badminton o‘yin qoidalari.
3. Badminton musobaqalari va ularning tavsifi.
1. Badminton maydon va jihozlari o‘lchamlarining umumiy tavsifi.
O‘yin uchun maydon
: chiziqlar oq yoki boshqa aniq ko‘rinadigan bo‘yoq
bilan chiziladi. Agar ikki maydon yonma-yon joylashgan bo‘lsa, unda ular
orasidagi masofa 1 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Uzunasiga joylashgan
maydonlar orasidan bir xil rangdagi fon, odatda, och yashil rangdagi fon bo‘lishi
maqsadga muvofiqdir. Zaldagi polning rangi och bo‘lishi lozim.
252
Badminton o‘yin maydoni
253
O‘yin kattaligi 13,4x5,18 metrli maydonda bo‘lib o‘tadi. Juft o‘yin uchun
esa 13,4 (11,88 to‘p uzatishdan oldin) x 6,10 metrli maydonda bo‘ladi. To‘rning
balandligi 1,55 metr tayanchlar oldida, 1,524 metr markazda, chunki to‘r markazda
biroz egilgan holatda bo‘ladi; To‘r yuqorida 7,5-8 smli tasma bilan cheklangan,
undan tasma o‘tkaziladi. 4 sm kenglikda bo‘lgan chiziqlar maydonga yorqin oq
yoki sariq bo‘yoq bilan chiziladi va u aynan o‘zi cheklagan maydon qismining
ajralmas bo‘lagidir (masalan, shu chiziqda turib, to‘p uzatish taqiqlangan). To‘rdan
1,98 metr masofada to‘p uzatish chizig‘I joylashgan, to‘p uzatish chizig‘I va orqa
chizig‘i orasida to‘p uzatish hududi joylashgan. Markaziy chiziq to‘p uzatish
hududini o‘ng va chap hududlarga ajratadi.
Raketka
Raketkalar ilk bor yog‘ochdan tayyorlangan. Zamonaviy raketkalar turli
materiallardan tayyorlanadi: ko‘mir plastikdan alyuminiygacha, po‘latva titandan,
254
ular tufayli bu asbob to‘p uzatish yuklamalari hamda simning tarangligiga
chidamlidir. Mohir o‘yinchilar uchun raketkalar odatda, ko‘mir tola asosidagi
kompozitsion materiallardan tayyorlanadi va ularichiga boshqa materiallardan
tuzilishga oid unsurlar qo‘shiladi. Havaskor va endigina sport bilan shug‘ullanishni
boshlaganlar uchun raketkalarni “uchlik”, ya’ni ko‘z bilan ko‘rinib turgan T-
shaklidagi tugun bilan ajratish mumkin. O‘rta hisobda raketkaning og‘irligi 70-100
grammni tashkil qiladi. O‘yin xususiyatlariga ta’sir etuvchi raketkalarning asosiy
fizik tavsiflariga og‘irligi bilan bir qatorda, og‘irlik markazi joylashuvi (ya’ni,
balans), tayoqchaning qattiqligi, obod (to‘g‘in)ning egilishga bo‘lgan qattiqligi
hamda tayoqchani aylanishga bo‘lgan qattiqligi kiradi. Aksariyat hollarda, bu
tavsiyalarga bog‘liq ravishda bitta raketka o‘yinning hujum va kuchli uslubiga ega
bo‘lgan o‘yinchilarga tavsiya etilsa, boshqalarga, ya’ni ko‘proq himoyalanuvchi
taktik tuzilmalardan foydalanadigan o‘yinchilarga boshqa xususiyatlarga ega
bo‘lgan raketkalar tavsiya etiladi. Mohir sportchilar uchun mo‘ljallangan
raketkalarning model turlarida bir model ichida og‘irligi bir necha grammga
farqlanuvchi hamda raketkani ushlaydigan dastasining turli qalinligiga ega bo‘lgan
raketkalar farqlanadi. Mohir o‘yinchilarning aksariyati raketkani ushlab turadigan
joyiga maxsus o‘ramlar, ya’ni “grip” deb nomlanuvchi o‘ramlardan foydalanadilar,
bu raketkani ushlash ustidan eng yaxshi nazoratni ta’minlab beradi.
Volan
Volanlarning ikki turi mavjud: plasmasa va patlilar, ya’ni tabiiy. Plastik
volanlarni havaskorlar uchun hamda mashg‘ulotning ba’zi bir turlari, ya’ni plastik
volanlarning asosiy afzal tarafi bo‘lgan uzoq muddatga yaroqliligi talab qilingan
sport mashg‘ulotlar turlari uchun tavsiya etiladi. Plastik volanlarni uchish tavsiflari
patli volanlarning tavsiflaridan farq qiladi. Odatda, mohir sportchilarning
musobaqa va mashg‘ulotlari uchun standart sifatida patli volanlar olinadi.
Aksariyat hollarda, sport musobaqalari reglamentida patli volanning
muayyan markasi yoki seriyasi belgilab beriladi.
Plastik volan (probka yoki sintetik) tarzda yasalgan bosh qismidan va unga
mustahkamlangan plastik “yubka” dan iborat. Patli volan 16 ta g‘oz patidan
tayyorlangan bo‘ladi hamda uning probkalik bosh qismi yupqa layk teri bilan
qoplanadi. Patlar bosh qismining doirasi bo‘yicha yopishtirilib, ip bilan o‘raladi va
ular ham yopishtiriladi. Volanning og‘irligi 5 gramm. Ishlab chiqarishda
volanlarning uchish tezligi va traektoriyasi bo‘yicha, navlar bo‘yicha bo‘linadi va
ajratiladi. Navlar bo‘yicha ajratish natijasi bo‘yicha turli guruhlar turli nom oladi,
255
ular volanning ham qobig‘iga (bunda 3-6-12 donadan iborat), ham volanning
o‘ziga yoziladi (masalan, volanning bosh qismining ichki tomonida yopishtirilgan
qog‘ozlar bilan yoki pat yoki plastik yubka bilan birlashgan qismining chetida
rangli chiziq bilan belgilanadi).
Bitta matchda mohir o‘yinchi bir qancha patli volanlardan foydalanadi: 24
ta, 36 ta volan ishlatiladi. Ekstra-klass sportchilar esa bundan ko‘p ishlatadi.
Volanlar ularga raketkaning cheti bilan to‘p uzatilganda ko‘proq shikastlanadi,
bunday to‘p uzatishlar doimo texnikaviy xatolar natijasi bo‘lib, endi
shug‘ullanishni boshlagan sportchilarga xosdir. Ammo texnikasi yuqori sifatli
bo‘lgan holatda ham volanlarga beriladigan to‘p uzatish va yuklamalar shu qadar
kuchliki, ular tezda bosh qismi bilan patlarni birlashish qismini siljitadi yoki
patlarni alohida sinishiga olib keladi, bu esa, uchish traektoriyasida darhol o‘z
oqibatini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |