18. «Argʻamchi ustida sakrash» o‘yini.
Yo‘gʻon arqoncha yoki
argʻamchining ikki uchidan ikki uchidan ikki bola ushlab, navbat kutib turgan
bolalar tomoniga bir maromda ohista aylantiradilar. Bolalar arqonchaga tegmasdan
navbatma- navbat sakraydilar. Arqonchaga kim tegib ketsa, o‘sha arqonchani
aylantirayotganlarning biri bilan o‘rin almashadi.
19. «Zovurdagi bo‘ri» o‘yini.
Zal o‘rtasiga bir-biridan 60-70 sm uzoqlikda
ikkita parallel chiziq chiziladi, u zovur vazifasini o‘taydi. Bitta yoki ikkita
boshqaruvchi, ya’ni «bo‘rilar» zovurda turadilar. Qolgan o‘quvchilar «Echki»
hisoblanadi. «Echkilar» zalning bir tomonidagi chiziqlarda-o‘z uylarida bo‘ladilar.
Zalning qarama-qarshi tomoniga yaylovni tasvirlaydigan chiziqlar chiziladi.
O‘qituvchining signaliga binoan «Echkilar» uylaridan chiqib, zovurdan sakrab,
yaylovga yugurib o‘tadilar. «Bo‘rilar» ularni tutishga harakat qiladi. Har bir
yugurishdan so‘ng qo‘lga tushganlar sanab chiqiladi. So‘ng yangi «Bo‘rilar»
saylanadi. Eng chaqqon o‘quvchilar ragʻbatlantiradi.
20. «O‘rtaga to‘p uzat» o‘yini (bir oyoqda sakrab)
. Start chizigʻiga 8-10
o‘yinchi chiqariladi. O‘qituvchining bergan jamoasidan keyin bolalar finish
chizigʻigacha (start chizigʻidan finish chizigʻigacha bo‘lgan masofa 10-12 m
bo‘ladi) bir oyoqda sakrab kelib kim tez yetib borishga musobaqlashadi.
O‘qituvchi gʻolib chiqqanlarni, shuningdek, 2-3 o‘rinni egallaganlarni
ragʻbatlantiradi. So‘ng boshqa o‘yichilarni startga chaqiradi. Jamoadan oldin
187
sakrashga ruxsat etilmaydi. Yonidagi qatorda-sakrab ketayotganlarga xalaqit berish
mumkin emas.
Amaliy mashgʻulotlarga oid mavzular:
1. Harakatli o‘yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash va o‘tkazish.
2. Harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish.
3. Harakatli o‘yinlarni darsni tayyorlov qismiga mos holda tanlash va tahlil
qilish.
4. Harakatli o‘yinlarni darsni asosiy qismiga mos holda tanlash va tahlil
qilish.
5. Kichik yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o‘yinlarni o‘rgatish.
6. O‘rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o‘yinlarni o‘rgatish.
7. Katta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o‘yinlarni o‘rgatish.
8. Estafetali harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi
9. Nutqni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlarni o‘rgatish.
10. Suvda o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarni o‘rgatish.
11. Darsdan tashqari o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarni o‘tkazish.
12. Harakatli o‘yinlar orqali sport o‘yinlari elementlarini o‘rgatish
13. Jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlarni o‘rgatish.
14. Sport bayramlarini o‘tkazishda harakatli o‘yinlardan foydalanish.
15. Sog‘lomlashtiruvchi hamda hordiq chiqaruvchi harakatli o‘yinlarni
o‘rgatish.
16. Harakatli o‘yinlarni rejalashtirish va nazorat qilish, harakatli o‘yinlar
jarayonida sport anjomlari va inshootlaridan foydalanish.
17. Sinfdan tashqari, kuni uzaytirilgan guruhlarda va sport bayramlari
tadbirlarini o‘tkazish jarayonidagi xalq o‘yinlaridan foydalanish.
188
Do'stlaringiz bilan baham: |