Reuters agentligining bildirishicha, Linux Foundation boshchilik qiladigan Hyperledger blokcheyn-konsortsiumi katta biznes uchun o’z blokcheynlaridan foydalana oladigan ilk taqsimlangan reestrning dasturiy kodini chiqardi. Bu loyiha jahondagi bir qancha yirik kompaniyalarni birlashtiradi, shu jumladan, IBM, Cisco, JPMorgan Chase & Co, Sberbank va boshqalar. Hyperledger Fabric 1.0. deb atalgan ushbu taqsimlangan reestr – blokcheyn havfsiz va ishonchli bo’lib, katta kompaniyalar uni o’z biznes jarayonlariga bemalol ishlatishlari mumkin. Bu blokcheyndan foydalanish banklarga va moliyaviy tashkilotlarga eng murakkab jarayonlarni, masalan, qimmatli qog’ozlar bo’yicha operatsiyalarni boshqarishni osonlashtirishga imkon beradi. Ushbu ishlarni amalga oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish uchun kompaniyalar millionlab dollar investitsiya qiladilar. Bu ishlarni tezlashtirish uchun katta kompaniyalar tarmoq guruhlari tashkil etadilar. Hyperledger huddi shunday guruhlarning biri va u sof texnik tashkilot deb tushuniladi. JPMorgan, Microsoft va Intel kompaniyalari Ethereum Enterprise al’yansiga kirdilar. Blokcheyn juda katta moliyaviy kompaniyalarni o’ziga jalb qila oldi. Ammo, shuni ham aytish kerakki, Hyperledger Fabric 1.0 xozircha katta an’anaviy to’lov tizimlari amalga oshiradigan darajadagi tranzaktsiyalarni eplay olmaydi, ammo, Hyperledger mutaxassislarining fikricha, tizimning quvvati tez orada ancha miqdorga oshiriladi
va u real biznes uchun juda ham mos xolatga keladi. 2017 yilning 1 avgustidan boshlab bitkoin ikkita valyuta turiga bo’lindi – Bitcoin (BTC) va BitcoinCash (BCH). BTC ning o’sha paytdagi kursi 4020,22 ming dollar, BCH ning kursi esa 299,36 dollar edi. BTC ning o’sha davrdagi kapitalizatsiyasi 66,348 milliard dollar bo’lgan bo’lsa, Ethereum ning kapitalizatsiyasi 28 milliard dollar, narxi esa 299,23 dollar bo’lgan. Uchinchi o’rinda Ripple deb nomlangan kriptovalyuta turadi. Uning kapitalizatsiyasi 6,3 milliard dollar bo’lib, narxi 0,17 dollar.
Qo’shni davlat Qozog’istonda ham iqtisodiyotni keskin modernizatsiyalash yo’liga o’tib, “Raqamli Gozog’iston” davlat dasturi ishlab chiqildi va u amalga oshirilmoqda. Shuni ham ta’kidlash kerakki, Qozog’ston jahon miqyosida davlat darajasida kriptovalyuta tizimini rivojlantirish zarurligini tan olgan Yaponiya davlatidan keyingi ikkinchi davlat hisoblanadi. Blokcheyn-texnologiyalarni o’rganish maqsadida “Ostona” Xalqaro moliyaviy markazi qoshida taniqli kompaniyalar ishtirokida ishchi guruh tuzilgan. Mutaxassislarning fikricha, 2018- 2019 yillarda Qozog’ston blokcheyn texnologiyalarni moliyaviy va davlat sektorida qo’llash uchun imkoniyatlar yaratadi. “Raqamli Gozog’iston” davlat dasturi hamda moliyaviy markaz ishchi guruhi mamlakatda blokcheyn
texnologiyalarni qo’llash jarayonini boshlab yuboradi. Shuning uchun ham bitkoin va blokcheynlarga bag’ishlangan konferentsiyalar o’tkazish bo’yicha yetakchi Smile-Expo kompaniyasi shunday tadbirni Qoz’g’stonning Almati shaxrida o’tkazishga qaror qildi. Blockchain & Bitcoin Conference – Rossiya, Angliya, Mal’ta, Chexiya, Litva va Ukrainada o’tkasilayotgan kriptovalyutalar taraqqiyotiga bag’ishlangan tadbirlar kompleksidir. Ushbu tadbirlar davomida keyingi to’rt yilda blokcheyn texnologiyalar mutazassislarini, kriptovalyuta bozori ishtirokchilarini va ICO ni ishga tushirish bo’yicha nutaxassislarni birlashtirib, ularning malakasini ancha oshirishga erishildi. Blockchain & Bitcoin Conference Almaty 2017 anjumanida ham moliyaviy texnologiyalar soxasidagi yangiliklarni biznes va davlat organlarida qanday ishlatilishi mumkinligi masalalari muxokama etildi. Shu bilan birga, kraudfundingning (ICO) dolzarb muammolari hamda innovatsion moliyaviy texnologiyalarning davlat tomonidan boshqariluv masalalari ham o’rganib chiqildi.
Rossiyalik bir qancha moliyaviy analitiklarning fikrlariga ko’ra, kriptovalyutalarni amalga kiritilishi va ularni bir qancha mamlakatlarda to’lov vositasi sifatida ishlatilina boshlashi jahon moliyaviy tizimi uchun ilk marotaba 70 yil davom etgan AQSH valyuta gegemoniyasidan qutulish uchun bir imkoniyatdir,
chunki AQSH davlati o’z vaqtida butun dunyo uchun o’z milliy valyutasini rezerv valyuta sifatida ishlatishning uddasidan chiqdi va shu sababli ham pul stanoklarida doimiy ravishda dollar chop qilgan xolda barcha mamlakatlardagi moliyaviy aktivlarni sotib ola boshladilar va hozir ham faol sotib olmoqdalar. Bundan qutulish va mamlakat moliyaviy mustaqilligini ta’minlash uchun qandaydir yangi valyutani ishlab chqish va tan olinishining qonuniy yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqish O’zbekiston iqtisodiyoti uchun ijobiy amallardan biri bo’lgan bo’lar edi.
Quyida jahondagi turli mamlakatlar miqyosida kriptovalyutalar bilan ishlash imkoniyatlari grafik tarzda keltirilgan:
Endi hozirgi davrdagi eng ahamiyatli besh kriptovalyuta va uning xususiyatlari haqida yuqorida aytilgalarga qo’shimcha bo’lgan ma’lumotlarni keltiramiz.
Bitkoin
Xozirgi vaqtda kriptovalyutalarning ichida eng keng tarqalgani bitkoin hisoblanadi. Uning protokoli Satoshi Nakomoto ismli inson boshchilik qiladigan guruh tomonidan ishlab chiqilgan deyiladi. 2008 yilda Nakomoto muallifligida Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System, deb nomlangan maqola chop etilib, unda tamoman markazlashmagan va uchinchi tomonlarning ishonchini talab qilmaydigan electron naqd pullar tizimi qanday faoliyat ko’rsatishi tavsif etilgan.
www.coindesk.com
Ammo, 2016 yilning may oyida avstraliyalik Kreyg Rayt ham bitkoin tizimini men ishlab chiqqanman deb da’vo qilgan. Xozirgi paytda (2017 yil yoz oylari) bitkoinning bozoriy kapitalizatsiyasi 44,6 milliard dollar atrofida deb ko’rsatiladi bir qancha manba’larda.
Do'stlaringiz bilan baham: |