Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment



Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/335
Sana08.01.2022
Hajmi8,58 Mb.
#330075
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   335
Bog'liq
30 Менежмент N M Ziyavitdinova 2012 й Ўқув қўлланма

3.4.  Inson  resurslari nazariyasi
Axloqiy fanlar ta ’limoti XX asrning 30-yillarida G ‘arb mene- 
jm entida paydo  boMdi.  Faoliyatning  rivojlanishi  1950— 60-yillarga 
to ‘g ‘ri  keladi.  «Axloqiy  fanlar»  ta’limoti  nomini  keng  tarqalgan 
psixologik terminlar —  bixeyvio, bixeyviorizm (axloq, axloqiy fan) 
dan  olgan.  Shunday  qilib,  ko‘rib  chiqilayotgan  boshqaruv  makta- 
bining farqlanish xususiyati uning aniq namoyon boMgan psixologi- 
yaga moMjallanishi,  XX asrda keng tarqalgan va yaxshi ishlab chiq­
ilgan psixologik nazariya boMishi bixeyviorizmdir.
Bixeyviorizmning  dastlabki  nuqtai  nazari  shundaki,  inson 
ongini  o ‘rganish  emas,  balki  inson  axloqini  o ‘rganish  zarur.  0 ‘z 
navbatida  ushbu  nazariyaga  asosan  axloq  —   rag‘batlantirishga  tez 
javob qaytarishdir.
Axloqiy  fanlar  ta ’limini  inson  munosabatlari  ta’limoti  bilan 
bir  qatorda  ko‘rish  mumkin.  Bunga  katta  doiradagi  muammo  va 
qarorlarning  o‘zaro  o ‘xshashligi  guvohlik  beradi.  Agar  har  ikkala 
ta’limot  vaqtinchalik  nuqtai  nazarda  ko‘rilsa,  unda  axloq  fanlari 
ta’limini o ‘zigayarasha inson munosabatlari ta’limining taraqqiyoti, 
chuqurlashuvi  deb  faraz  qilish  mumkin.  Bixeyvioristik  yondashuv 
menejment  nazariyasi  va  amaliyotida,  yuqorida  eslatganimizdek, 
1930-yillar o ‘rtalarida ishlatila boshlandi.
48


Olimlar bu ta ’limot orqali odamlar munosabatidagi ta’limning 
kamchiliklarini bartarafqilishgaurinibko‘rdilar. Boshqaruv fanidagi 
yangi  oqimga  C h.  B a rn a rd   o ‘zining  1938-yilda  bosib  chiqargan 
«M a’muriyat vazifalari» degan taqiqotida keng to ‘xtalgan.
Rensis  Laykert,  Frederik  Gertsberg,  Duglas  MakGregor, 
Abraham  Maslou  va  boshqa  izlanuvchilar  korxonalarda  ijtimoiy 
o ‘zaro  munosabatlarning  ta’siri,  sabablari  va  talablari,  menejment 
tavsifi, jamoadagi munosabatlar shakli, tashkiliy tarkibning ilg‘orligi 
va shu kabi  boshqa masalalar bilan  shug‘ullanib keldilar.
Axloq  ta’limoti  fani  inson  munosabatlari  ta’limotidan  ancha 
yiroqlashib ketdi, ikkinchisi asosan shaxslar orasidagi munosabatlami 
yoMga  qo‘yish  usulida  jamlanib  bordi.  Yangi  turdagi  yondashuv 
menejmentning  shunday  usullarini  ishlab  chiqishga  yo‘naltirilgan 
boMib, ular insonni o ‘zining qobiliyatlarini,  psixologik nazariyalarini 
ishlatish  asosida  tushunib  yetishiga  ko‘maklashadi.  Bu  ta’limot 
izlanuvchilarining  o ‘z  oldiga  qo‘ygan  maqsadi  —   tashkilot  (firma, 
korxona,  korporatsiya)  samaradorligini  uning  inson  resurslarini 
oshirish hisobiga erishishdir.  Shundan  ushbu ta ’limot  nazariyasining 
nomi —  
inson resurslari nazariyasi
 kelib chiqadi.
Inson  resurslari  nazariyasi  doirasida  bir  qator  shaxs  va 
«kooperatsiya»,  rasmiy  va  norasmiy  tizimlar,  fikr  va  talablar, 
tashkilotdagi  ilg‘orlik haqidagi qoidalar ishlab chiqildi.
Yuqorida  keltirilgan  qoidalarning  birinchi  ta’limotiga  asos 
solgan  olim  C h .B arn ard   boMgan.  U  shirkat  tizimining  nazariy 
modelini yaratdi, uning negiziga shaxs axloqini  qo‘ydi.
Inson  resurslari  nazariyasi  haqida  izlanish  olib  boruvchilar 
insonning  mehnat  faoliyatidagi  dalillar  va  talablar  rolini  ilmiy 
asoslashga  birinchilardan  boMdilar.  Ular  dalillarni  insonlarning 
mehnatga  munosabatini  eng  asosiy  ko‘rsatkichi  deb  qaraganlar. 
Dalillar  tarkibi  mehnatning  ichki  tavsifi  (xarakteristikasi)  sifatida 
namoyon  boMadi.  Menejment  esa  psixologik  omilni  qurol  sifatida 
qoMga  olib,  ishchilaming  tashkilot  masalalariga  faol  kirishishi 
uchun  daliliy boshqaruv  ishlab chiqishi  kerak.
Ishchilaming daliliyligi uchtadarajagaega: talablar, maqsadlar,
49


rag‘batlantirish.  Ularning  har  biri  o ‘zining  vazifaviy  ishini  olib 
boradi.  Daliliylikning  faoliyatga  ijobiy  ta ’sirini  hisobga  olib,  yana 
ikkita  omilni  keltirish  mumkin:  intilishlar  va  inson  qobiliyatlari 
omili.  Agar  ijobiy  dalillik  kerakli  intilish  va  m a’lum  qobiliyatlar 
bilan  birgalikda  mavjud  boMib,  ustivorlik  qilsa,  insonning  ishi 
muvaffaqiyatli  b o ‘ladi.
Dalillik tarkibida talablar, maqsadlar, rag‘batlantirishlar, talab 
muammolari  alohida  qilib  bo‘ysunishlar  tartibini  ishlab  chiqdi, 
ulami ko‘tarilish tartibidajoylashtirdi — y a’ni, eng quyi moddiydan, 
to yuqori m a’naviygacha:

Download 8,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish