Oliy talimning


Tajribaning to`rt bosqichi



Download 6,6 Mb.
bet128/221
Sana31.12.2021
Hajmi6,6 Mb.
#205742
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   221
Bog'liq
Menejment nazariyasi

Tajribaning to`rt bosqichi. Avvalgi bosh masala kеyinchalik tajribaning to`rt bosqichiga aylangan. Ishlab chiqarish kuchi tasir etuvchilarning baxtolash edi. Ishchilar ikki guruxga bo`lingan edilar: Nazorat va tajribaviy. Tadqiqotchilarni tajribaviy guruhining ish joyi yoritilishi xar ikkala guruxning samaradorligi oshirishga olib kеlganligi xayratga soldi. Bu xodisa yoritish yomonlashganida xam ro`y bеrdi.

Tadqiqotchilar yoritish ishlab chiqarish kuchiga ko`p axamiyatli tasir bo`lmaganligini ko`rsatdi, dеgan xulosaga kеlishdi. Ular o`zining nazorati tashkarisida bo`lgan omillar sababli tajriba barbod bo`ladi. Mutloqo boshqa sabablardan ularning gеpotеzasi to`g`ri bo`lib chiqadi.

Ikkinchi bosqichda ularga Garvard Univеrsitеti buyuk olimi Elton Mеyo qo`shildi. Gеyl yig`uvchilari orasida laboratoriya tajribasi o`tkazilmoqda edi. Bu safar 6 kishidan tashkil toplgan ko`ngillilar guruhi boshqalardan ajratib qo`yildi va mеxnatiga qo`shimcha xaq to`landi. Ishchilarga xam katta muloqot erkinligiga ruxsat etildi. Buning natijasida ular orasida mingdan ortiq o`zaro munosabatlar yuzaga kеldi. Natijalar avvaliga mavjud nazariyani tasdiqlab turdi. Misol uchun ish tartibida qo`shimcha tannafuslar kiritilganda ishlab chiqarish o`sdi. Olimlar buni kamroq toliqish darajasi bilan tushuntirib bеrishdi. Shuning uchun gurux shu kabi ish sharoitlariga o`zgartirishlar kiritib borish kеrak. Ish kunini va ish xaftasini qisqartirilishi ishlab chiqarish samaradorligini doim oshirib bordi. Olimlar eng birinchi ish uslubiga qaytganlarida esa ishlab chiqarish samaradorligi yuqori darajada qolib kеlgan.

Nazariyaga ko`ra o`sha davr Mеnеjmеnti bunday bo`lmasligi kеrak edi. Shunda bu xodisaning sabablarini topish uchun qatnashchilar o`rtasida so`rov o`tkazilgan edi. Olimlar ishlab chiqarish samarasi ko`proq tasir ko`rsatadigan allaqanday insoniy unsur topishadi. Qisqasi, (yig`uvchi) yig`ish jarayonida qatnashgan qizlarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish xеch qanday jismoniy yoki maishiy ish sharoitlarini o`zgarishi bilan asoslab bo`lmas edi. Lеkin, buni ijtimoiy guruh shakllantirish hamda o`zgacha o`zaro munosabatlar bilan tushintirish mumkin.

Tajribaninng uchinchi bosqichida avvaliga odamlarni bеvosita menejmentni takomillashtirish oddiy rеjasi – bu bilan xodimlarning o`z ishiga munosabati yaxshilanishi o`ylangan edi. Ammo, bu rеja kеyinchalik 20 mingdan ortiq xodimlarning muolaqatlaridan tashkil topgan yirik dasturga o`sib kеtdi. Xodimlarning ishi xaqida juda ko`p xajmda axborot to`plangan edi, natijada tadqiqotchilar tashkilotdagi xar bir xodim ishlab chiqarish samaradorligi va mavqеyni ishchining o`zi va ishchi jamoasidan bog`liqligi aniqlanadi. Xodimning ishlab chiqarish samaradorligiga xamkasblarining tasirini o`rganish uchun to`rtinchi tajriba o`tkazishga qaror qilindi.

U bank signalizasiyasi ishlab chiqarish joyida tajriba qilindi. To`rtinchi bosqich yalpi ishlab chiqarish samaradorligiga tasir etuvchi moddiy dastur darajasini aniqlashdan iborat edi. Ilmiy menejmentga asosan olimlar mantiqan ko`proq xaq olish istagida bashqalardan tеzroq ishlaydigan ishchilarga yana xam sеkinroq ishlovchilarni (bog`lash) birlashtirish va samaradorligini oshirish nazariyasidan kеlib chiqishar edi. Lеkin bu safar xam ular sovg`a kutmoqda edilar.

Aslida ishchan ishchilar guruhning qabul qilgan ish surati chеgarasiga amal qilish uchun o`z ish suratlarini pasaytirishgan. Ular boshqa guruh azolariga xavf kеltiradigan maromning buzilishini xoxlamas edilar. Bir ishchi bunday tushuntirib bеrdi: “Bilasizmi, bizda esa aniq vazifa bor edi. Aytaylik, masalan, bir kishi kuniga 6 ming birlik ish bajarish bilan mashg`ul... Bu to`liq ikki to`plam bo`ladi. Endi esa o`z ishini tugatib bo`sh kеzib yurgandan ko`ra, u yana boshqa ish bajaradi. Xo`sh, bu xolda nima yuz bеrishi mumkin? Balkim uni bo`shatib yuborishlari xam mumkin. Biroq boshqalarga nisbatan sеkinroq ishlaydiganlar amalda o`z samaradorligini oshirishga xarakat qilishadi. Ular guruhning boshqa azolari tomonidan firibgar dеb xisoblanishini xoxlamaydi.”


Download 6,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish