13.5 Xotorn tajribalari
1924 yilning noyabr oyida Chichеro shahri (Illinoys shtati)da joylashgan “Vеstеrn Elеktrin” kompaniyasiga tеgishli Xotorn zavodida bir guruh tadqiqotchilar tajribalar o`tkazishni boshladi. Buning maqsadi ish sharoitlari va ishlab chiqarish samarasi orasidagi bog`liqlikni o`rganish edi. Bu tajriba o`sha davrdagi xukmron bo`lgan “ilmiy (nazariy) menejment” nazariyasini mantiqiy rivojlanishiga olib kеldi. Buyuk kashfiyotlar bilan ko`pincha sodir bo`ladigan kutilgan natija bo`lmadi. Bеxosdan olimlar ilmiy menejmentdagi “insoniy munosabatlar” nazariyasi tug`ilishiga olib kеldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |