Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Download 54,64 Kb.
bet3/12
Sana24.03.2023
Hajmi54,64 Kb.
#921481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g

Til va tafakkur.
Til va tafakkur bir-bir bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy hodisadir. Inson nutqi, til vositalari bo‘lmasa, fikrlash ham bo‘lishi gumon. Tafakkur va til aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur –zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosi. Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda, til-tafakkurning borliq shakli.
Hozirgi paytda yer yuzi aholisi 6 milliarddan oshib ketdi. Mana shu aholi 3000 dan ortiq tilda gaplashadi. Til odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo‘lishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir. Odamlar til vositasida o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini ifodalaydilar. Insoniyat jamiyatining shakllanishida tilning roli beqiyosdir. Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo‘lishi mumkin emas, til jamiyat uchun, insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka insonga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo‘lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlantirilib boradi.
Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va ma’naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi.
Tafakkur faqat insonlarga xosdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog‘liq holda mavjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd etiladi. Demak, tafakkur jarayonining hamisha biror-bir fikrdan iborat bo‘lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo‘ladi. Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikr almashishlariga imkon tug‘diradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 1989 –yil 21 –oktabrda qabul qilingan. Shu davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami sifatida nishonlaymiz.
Davlat tili tushunchasi.
Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tili – davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O‘zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni o‘zbek tilining siyosiy-ijtimoiy maqomini ta’minladi va uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Xususan, ushbu qonunning 8, 9, 10-moddalarida hujjatlarning davlat tilida tayyorlanishi, boshqaruv organlari, muassasa, korxona va tashkilotlarda ish davlat tilida yuritilishi ta’kidlangan. Shu maqsadda ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning o‘zbek tilini milliy-ma’naviy qadriyat sifatida puxta egallashi, o‘z fikrini yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay olishi, nutqiy savodxonlikka erishish, hujjat matnlarini tuzish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Download 54,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish