Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Download 54,64 Kb.
bet4/12
Sana24.03.2023
Hajmi54,64 Kb.
#921481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g

O`zbek tili va davlat qonunlari.
Odamlar til vositasida o‘z fikrlari, his-tuyg‘ularini ifodalaydilar. Jamiyatning shakllanishi va rivojlanishida tilntng ahamiyali kattadir. XI asrda yashab o‘tgan Yusuf Xos Hojib tilga aql va idrok tarjimoni, deb baho bergan. Olimlar hisobiga ko‘ra, dunyo aholisi 3000ga yaqin tilda so‘zlashadi. Ana shu tillar kelib chiqishi, lug‘aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab til oilalariga bo‘linadi. Yer yuzida 20ga yaqin til oilasi bor. Til oilalari o‘z navbatida til guruhlariga bo‘linadi. O‘zbek tili oltoy tillar oilasi va turkiy tillar guruhiga kiradi. O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining Davlat tilidir. O‘zbek litiga 1989-yil 21-oktabrda Davlat tili maqomi berilgan. Bu tilda O‘zbckistonda yashovchi aholidan tashqari Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Afg‘onistonning shimolida va boshqa joylarda yashovchi o‘zbeklar gaplashadilar.O‘zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi. O‘zbek tilining rivojlanishida XI asrda yashab o‘tgan turkiy tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariy, adib Yusuf Xos Hojib. Buyuk alloma Alisher Navoiylarning hissalari kattadir.O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tilidir. Vatanimizdagi 31 millionga yaqin xalq o‘zbek tilini ona tilim deydi. Bundan tashqari o‘zbek tili Saudiya Arabistonida, Turkiyada, AQShda, Afg‘oniston va Qoshg‘arda hamda bir qancha boshqa davlatlarda yashovchi o‘zbeklarning ham ona tilidir.O‘zbek (turkiy) tili qadimiy tillardandir. Dastlabki yozma yodnomalar VI-VII asrlarga oid O‘rxun-Enasoy yozuvlarida uchraydi. X-XI asrlardan boshlab o‘zbek (turkiy) tilida yirik asarlar yaratila boshlandi. Jumladan, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq” asarlari. Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Lutfiy, Sakkokiy, Xorazmiylar turk (o‘zbek) tilining rivojlanishida katta xizmat qildilar. Turk tilining rivojida Alisher Navoiyning o‘rni beqiyosdir. Alisher Navoiy o‘zbek tilini ham nazariy, ham amaliy jihatdan barqaror etdi.1920-yillardan boshlab, maktab-maorif sohasida madaniyat va adabiyotda o‘zgarishlar ro‘y berdi. Adabiyotimizga yangi yorqin iste’dodlar kirib keldi. O‘zbek tilining lug‘at tarkibi boyidi, grammatik qurilishi aniqlasha bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1989-yil 21-oktabrdagi sessiyasi o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berdi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili deb e’lon qilindi.O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida qurultoy, sessiya, konferensiya, majlis va kengashlar respublika davlat tilida olib boriladi va aynan tarjimasi ta’minlanadi. Bu o‘zbek xalqining siyosiy va madaniy hayotidagi eng yirik va muhim voqealardan biri bo‘ldi.
1992-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n uchinchi sessiyasida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi
1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” Qonun qabul qilinishi Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o‘zgarishlar asosida “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995-yil 24-avgustda tasdiqlandi.
1995-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat bo‘lib, uning birinchi moddasida asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizning 4-moddasida yozilganidek, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili-o‘zbek tilidir”deb yozib qo‘yilgan. Shu bilan birga, respublikamizdagi boshqa millatlar ham o‘z ona tillarini qo‘llash huquqiga egadirlar. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunning 2-moddasida so‘z yuritiladi. Shu qonunning 24-moddasida O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga xusumat bilan qarash taqiqlanishi haqida so‘z yuritiladi.
O‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qilish, uning iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh, o‘quvchi ona tilidagi so‘z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga doimo harakat qilishi foydalidir. So‘z fikrning qurolidir, kishi tafakkuri, predmet tafakkuri, mavhum tafakkur, monologik nutq, dialogik nutq.qanchalik ko‘p so‘z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo‘ladi.



Download 54,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish