KIRISH
Oliy ta’lim muassasalarida umumiy fizika kursini o’qitishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan va axborot kommunikatsiya vositalaridan, bu
vositalalarning imkoniyatlaridan o’z o’rnida foydalanish yuksak intellektual
salohiyatga ega bo’lgan, bilimli kadrlar tayyorlash kafolatidir.
Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qatoridan o’rin egallash va uni
mustahkam saqlab turish uchun O’zbekistonda fundamental fanlarni o’qitish jahon
andozalari darajasida bo’lishi lozim. Respublikamizda “Talim to’g’risida” gi qonun
va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini qabul qilinishi, hamda pedagog kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishga qaratilgan
qonunlarning qabul qilinishi zamirida aynan shu muammoni hal etish ko’zda
tutilgan.
Mamlakatimizda zamon talablari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish,
jumladan, oliy ta’lim tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlan-tirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim
xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga
muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish”
1
muhim
ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu borada dasturiy vositalar asosida bo‘lajak
dasturchilarni loyihaviy-konstruktorlik va ilmiy-tadqiqotchilik kasbiy faoliyatiga
tayyorlash metodikasini metodologik yondashuvlar asosida takomillashtirish,
dasturiy injiniring mutaxassisligiga xos sifatlarni va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik
darajalarini baholash metodikasini ishlab chiqish bo‘lajak dasturchilarning
loyihalash, konstruktorlik va ilmiy-tadqiqotchilik kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalarini ta’lim jarayonlariga joriy
etish o’quvchi shaxsining fikrlashini, kommunikativ qobiliyatini, optimal qaror
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi
Farmoni.// O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. –T., 2017. B.39.
qabul qilish malakasini, estetik tarbiyasini, axborot olish madaniyati hamda kasbiy
malaka va ko’nikmalarini rivojlanishini ta’minlaydi.
Shu bilan bir qatorda o’qituvchiga ham o’ziga xos ma’suliyat yuklaydi.
Ta’lim muassasalarining zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan
ta’minlanishi - pedagoglarning o’z mexnat faoliyatiga yangicha yondashish
lozimligini talab qiladi va shu orqali pedagogik faoliyatning mukammallashuviga
olib keladi.
Hozirgi pedagoglar axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish
ko’nikmasiga ega bo’lishi bilan birga bir qator dasturiy vositalarni amaliyotda
qo’llay bilishi lozim.
Jumladan, umumiy fizika va uning mantiqiy davomi bo’lgan elektronika va
sxemotexnika fanlarini o’qitishda, ushbu fanlardan amaliy mashg’ulotlar jarayonida
dasturiy vositalardan foydalanish o’qituvchidan xuddi shunday yondashuvni talab
qiladi.
Barcha
sohalar
kabi,
axborot
texnologiyalari
sohalari
doirasida
tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlar uchun tabiiy jarayonlarni modellashtirish va
ularni o’rganishda har xil zamonaviy dasturiy vositalardan foydalana bilish
ko’nikmalariga ega bo’lish ahamiyatlidir. Shuning uchun fizika fanini o’qitish
jarayonida zamonaviy dasturiy tizimlardan foydalanish usullarini ko’rsatib o’tish
maqsadga muvofiqdir.
Ushbu maqsadlarni ko’zda tutgan holda hamda talabalarni keyinchalik kasbiy
faoliyat turlariga tayyorlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan
talabalarning fizika faniga qiziqishini orttirish - ta’lim sifatini oshirishning mezoni
sifatida ushbu darslikda fizikaning barcha bo’limlariga dasturiy vositalarni samarali
qo’llash, jumladan fizik jarayonlarga dasturlash tilini qo’llash usullari keltiriladi.
Ushbu darslik 6 bo’lim, 30 ta paragrafdan iborat bo’lib, masalalar yechish
namunalari va mustaqil yechish uchun masalalardan tashkil topgan. Shu bilan birga
har bir bo’limda fizik jarayonlarda C++ va Delphi7 dasturlash tilidan foydalanish
ko’rsatib o’tilgan. Bo’limlar mos ravishda “Mexanika”, “Molekulyar fizika va
termodinamika”, “Elektrostatika. Elektromagnetizm”, “Tebranishlar va to’lqinlar”,
“Optika. Kvant mexanikasi asoslari”, “Qattiq jismlar fizikasi. Kontakt hodisalar.
Atom va yadro fizikasi” deb nomlanib ta’limning kredit-modul tizimiga
muvofiqlashtirilgan.
Darslik Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti “5330600-Dasturiy injiniring” bakalavriat ta’lim yo’nalishining o’quv
dasturi asosida tayyorlangan bo’lib undan ushbu ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan
talabalar hamda professor-o’qituvchilar foydalanishlari mumkin.