165. Qaysi hollarda talabalarni o‘quv vaqti hisobiga o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb etish man etiladi?
A. OTM rektor buyrug‘i bo‘lmaganda
V. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bo‘lmaganda
S.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘lmaganda
D.* O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida ko‘zda tutilgan vaziyatlardan boshqa hollarda.
166. Kunduzgi bo‘limda o‘qiydigan talabalarga ishlashga ruxsat beriladimi to‘g‘ri javobni toping?
A. Ishlashga ruxsat berilmaydi.
V. Ishlashga ruxsat beriladi.
S.O‘qishdan bo‘sh vaqtlarida - kunning ikkinchi yarmida mehnat shartnomasi asosida ta’lim muassasasining o‘zida ishlashga ruxsat beriladi.
D.*O‘qishdan bo‘sh vaqtlarida - kunning ikkinchi yarmida mehnat shartnomasi asosida ta’lim muassasasining o‘zida yoki undan tashqari joylarda ishlashga ruxsat beriladi.
167. Nodavlat oliy ta’lim muassasasi prorektori va dekanlari qanday tayinlanadi?
A. Vakolatli davlat organlari bilan kelishgan xolda nodavlat oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan amaldagi qonun xujjatlariga asosan tayinlanadi.
V. Nodavlat oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan amaldagi qonun xujjatlariga asosan tayinlanadi.
S. Nodavlat oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tayinlanadi.
D.*Nodavlat oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan ta’sischi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
168. Oliy ta’lim muassasalarida yo‘nalishlar bo‘yicha nimalar shakllanadi?
A. Fakultetlar va kafedralar shakllanadi.
V. Fakultetlar, kafedralar, o‘quv va ilmiy labaratoriyalar shakllanadi
S. Fakultetlar, kafedralar, o‘quv va ilmiy labaratoriyalar, o‘quv, ilmiy, xo‘jalik va boshqa bo‘limlar shakllanadi.
D.*Fakultetlar, kafedralar, o‘quv va ilmiy labaratoriyalar, turli bo‘limlar shakllanadi.
169. Oliy ta’lim muassasalarini akkreditatlash tartibi qaysi vakolatli organtomonidan belgilanadi?
A.Davlat test markazining kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatlash boshqarmasi tomonidan
V.Maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan
S. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
D.*O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan.
170. Magistratura ta’limining davomiyligi ishlab chiqarishdan ajralmagan holda qancha muddatga uzaytiriladi?
A.*Olti oydan kam bo‘lmagan muddatga
V. Olti oy muddatga
S. Bir yil muddatga
D. Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga.
171. Magistratura dasturini tugallagan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakuniga ko‘ra ta’lim yo‘nalishining muayyan mutaxassisligi bo‘yicha ........................................ jumlani davom ettiring?
A. “Magistr” darajasi beriladi
V. “Magistr” darajasi va diplom beriladi
S. “Magistr” darajasi, davlat namunasidagi diplom va diplom ilovasi topshiriladi
D.* “Magistr” darajasi beriladi va tegishli ko‘krak nishoni hamda ilova bilan davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
172. Magistr tayyorgarligining zaruriy darajasi, ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar, o‘quv yuklamasining to‘liq hajmi, amaliy mashg‘ulotlar, tayyorlash sifatining nazorat mexanizmi qaysi xujjatda belgilanadi?
A. Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizomda belgilanadi.
V.Magistratura mutaxassisligi davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi.
S. Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Klasifikator bilan belgilanadi.
D.* Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |