Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 
 
O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeyining oshib borishi
1991-yil 8-dekabrda Minsk shahri yaqinida sobiq ittifoqning barham 
topishi munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga asos solindi. 
MDHning 
vujudga 
kelishi 
haqidagi 
hujjatga 
dastlab 
Rossiya 
Federatsiyasi, Ukraina va Belorusiya davlatlari imzo chekdilar. 13-
dekabrda Ashxobodda o‘tgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston Respublika 
rahbarlarining kengashida hamdo‘stlikni kengaytirish zarur deb topdi. 
Natijada shu yili 21 dekabrda Almatida o`tgan uchrashuvda MDH bitimini 
ja’mi 11 davlat MDHga a’zo bo`lib kirdi. Ular bu bitimda davlatlarning 
hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, 
fuqorolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va havfsizlikni 
ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda 
birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.
MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar 
kiritildi: 
-tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati 
va tashqi chegarani muxofaza qilish, 
-umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va
Umumyevropa, 
Yevroosiyo bozorini shakllantirish; 
-iqtisodiy islohot o`tkazish; 
-bojxona siyosatini birga olib boorish; 
-tarnsport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
-ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash; 
-uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
tashqi 
siyosatida 
hamdo‘stlik 
mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va 
rivojlantirishga alohida ahamiyat berdi. O‘zbekiston ham davlatlararo 
bank va boshqa hamdo‘stlik iqtisodiy tuzilmalarining shakllanishida faol 
ishtirok etdi. “Mustaqil davlatlar hamdo`stligini tashkil qiluvchi 
mamlakatlar bilan bevosita va ko`p tomonlama munosabatlarni 
rivojlantirish, -degan edi I.A.Karimov,-tashqi siyosatimizning ustivor 
yo`nalishlaridan biridir”.


494 
O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o`z asarlarida MDH doirasidagi 
hamkorlikka katta e’tibor berib, O`zbekistonning MDH doirasidagi 
ishtirokini quyidagi holatlarda belgilab bergan edi.
-Yangi mustaqil davlatlarning ko`p yillar mobaynida tarkib topgan 
munosabatlari 
chuqurlashishi 
xalqaro 
maydonda 
vaziyatni 
chigallashtirishga olib kelishi mumkinligi;
-Respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga ega 
bo`lgan sobiq umumittifoq iqtisodiy makoni doirasida shakllanganligi, 
mustaqillik yillarida bo`lsa, MDH doirasidagi davlatlarning o`zaro 
aloqalarini uzib qo`yilishi ishlab chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga 
olib kelishi mumkinligi; 
-MDH doirasidagi davlatlarda chegaralarning ochiqligini saqlab 
qolish respublikada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni va millatlararo 
munosabatlarda totuvlikni ta’minlashda muhim rol o`ynashi; 
-Yosh mustaqil davlatlarning o`zaro hamkorligi xalqaro maqomda 
o`z mavqeyini saqlab qolishi uchun muhim omil bo`lib hisoblanishi; 
1991-2000-yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin 
kengashlari bo`lib o`tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida 
xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo`lga 
qo`yib olish uchun davlatlalaro iqtisodiy qo`mita tuzish, iqtisodiy 
integratsiyani to`laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to`lovi 
masalalarini izga solib olish kabilar muhim o`rin egalladi. O‘zbekiston 
MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma 
hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukrayina, Belorussiya, Moldaviya va 
boshqa mamlakatlari bilan imzolab o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari 
uchun mustahkam asos yaratdi. 
O`zbekiston 
MDH 
davlatlari 
bilan 
hamkorlikda 
iqtisodiy 
mintaqalararo munosabatlarni mustahkamlashga kirishar ekan, ularning 
siyosiy mustaqilligiga daxl qilmaslik nuqtai nazaridan yondashdi. 1992-
yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 
boshlangan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi 
MDH doirasidagi davlatlarning o`rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga 
ko`tarilishiga sabab bo`ldi. 1993-yil MDH davlatlari bilan imzolangan 
“Iqtisodiy ittifoq” haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy 
taraqqiyoti va o`zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishga katta 
ta’sir ko`rsatdi. 
Ayni vaqtda, O`zbekiston 1996-yil Venada sobiq ittifoqdosh 
davlatlar Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan 


495 
o`ziga xos tuzilmaga ham 1999-yil aprel oyida a’zo bo`ldi. Natijada, bu 
tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar 
asosida GUUAM deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma mintaqaviy 
hamkorlik doirasidagi Osiyo-Kavkaz-Yevropa transport yo`lagini 
rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 
2001 yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning uchrashuvi 
bo`lib, unda O`zbekiston ham ishtirok etdi. Yaltada bo`lib o`tgan 
sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko`rib 
chiqildi.
So‘nggi yillarda GUUAM davlatlarining ko‘pchiligida ichki va 
tashqi siyosatida yuz bergan keskin o‘zgarishlar yuz berishi oqibatida 
O‘zbekiston bu tashkilotga a’zoligini bekor qildi.
Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida bo`layotgan o`zaro 
manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini 
ta’kidlab o`tmoq joizdir. Bu ikki mamlakat o`rtasidagi 1992 yil 
o`rnatilgan diplomatik aloqalardan so`ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 
dan ortiq shartnomalar imzolandi. Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri 
V.Chernomirdin, keyinroq E.Primakov 1998-yil Rossiya Federatsiyasi 
prezidenti B.Elsin, 1999-yil dekabr va 2000-yil may oyida prezident 
V.V.Putinning 
O‘zbekistonga 
qilgan 
tashriflari 
Rossiya 
va 
O‘zbekistonning o‘zaro iqtisodiy hamkorliklarini yo`lga qo`yishda, diniy 
eksteremizm va xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashida alohida 
o‘rin tutdi. 
2003-yilning avgustida ikki mamlakat Prezidentlarining navbatdagi 
uchrashuvi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning «Gazirom» va 
«Lukoyl» kompaniyalarining O‘zbekistonda neft va gaz manbalarini 
qidiruv ishlayotgan korxonalarni texnika jihatidan qayta qurish 
masalalarini muhokama qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar almashuv 
2002-yili bir milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2003-yili bu 
ko‘rsatkich 25 foizga oshdi.
2004-yili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yana 
ham mustahkamlandi. Shu yili ikki davlat Prezidentlari jami yetti marta 
uchrashdi. O‘zbekistonda 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari 
tashrif buyurdi, shu jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining 
rayisi, Mudofaa, Tashqi ishlar, Transport vazirlari o‘zbekistonlik davlat 
rahbarlari bilan muhim masalalar bo‘yicha bitimlar tuzdi. 16 iyun kuni 
I.Karimov va V.Putin uchrashuvi natijasida strategik hamkorlik to‘g‘risida 
bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va 
boshqa masalalar bo‘yicha alohida bitimlar imzolandi. Yoqilg‘i-


496 
energetika sohasida neft va gaz qidiruv ishlarini bir milliard dollarga, 
«Gazprom» va Uzneftgaz birlashmasi o‘rtasida mavjud yoqilg‘i 
korxonalarini texnik jihatdan qayta qurish uchun 1 milliard 200 million 
dollar hajmda bajarishga kelishildi.
O‘zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, 
shundan 300 tasi qo‘shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq 
O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonalari ishlayapti.
V.V.Putin: «...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan 
manfaatdormiz» degan edi. O‘zbekistonda bir milliarddan ortiq rus 
millatiga mansub fuqarolar yashaydi. O‘zbekistonda rus tilida 159 ta 
maktab, rus-o‘zbek tillarida ishlaydigan 603 ta maktab mavjud. 
O‘zbekiston aholisining 84,9 foizi rus tilida erkin gaplashadi. Rus tilida 
85 gazeta va 52 jurnal nashr etiladi. 2002-2004-yillari 500 mingdan ortiq 
darsliklarni Rossiya hukumati yubordi. Har yili Rossiya oliy o‘quv 
yurtlarida o‘zbek yoshlari uchun tekin, barcha sharoitlarga ega o‘quv 
o‘rinlari ajratiladi.
Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federasiyasi bilan, balki 
Ukraina bilan ham keng yo`lga qo`yildi. 1994-Ukraina prezidenti Leonid 
Kuchma davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. O`zbekiston va Ukraina 
davlat rahbarlarining o`rtasidagi o`zaro muloqotda iqtisodiy hamkorlik, 
transport, sanoat, qishloq xo`jaligi, mineral xom ashyo qazib olish, fan 
taxnika taraqqiyotidagi yutuqlarda o`zaro hamkorlikni amalga oshirish 
bo`yicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish bilan aloqador bo`lgan 
masalalar asosiy o`rin egalladi. Nafaqat iqtisodiy, balki madaniy aloqalar 
ham yo`lga qo`yildi. Leonid Kuchma o`zining O`zbekistonga tashrifi 
davomida O`zbekiston baynalminal madaniy markazida ham bo`ldi. O`z 
navbatida O`zbekiston Prezidenti ham Ukrainaga uch marotaba safar 
qildi. Bu ikki davlat o`rtasidagi aloqalar hozirgi kunga qadar davom etib, 
tovar ayirboshlash hajmi 300 million AQSh dollaridan oshdi. O`zbekiston 
Ukrainaga rangli metall, gazlama va boshqa turdagi mahsulotlarni 
yetkazib bergan bo`lsa, Ukrainadan O`zbekistonga texnika asbob-
uskunalari keltirildi. Bugungi kunda O`zbekistonda 20 dan ortiq o`zbek-
ukraina qo`shma korxonalari ishlab turibdi.
2001-yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan 
Rossiya davlati poytaxtida MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit 
o`z ishini boshladi. Sammitda o`tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar 
sarhisob qilindi va o`zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar 
va xizmatlar oqimini ko`paytirish uchun axborot-marketing markazlarini 
tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko`rsatuvchi 


497 
muassasalar, xo`jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari 
muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari MDH tuzilganligining o`n yilligi 
munosabati bilan hamda Afg‘onistondagi vaziyatga doir bayonotga imzo 
chekdilar. O`zaro hamkorlik doirasidagi bunday uchrashuvlar o`z 
navbatida hamkorlik, davlat chegarasini himoya qilish, MDH doirasidagi 
davlatlarning fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlaridan o`zaro keng 
foydalanish, iqtisodiy aloqalarni keng qamrovli olib borish, ekologik 
muammolarni hal etishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish