Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 

 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
bozor 
munosabatlariga 
asoslangan 
demokratik 
jamiyat 
qurilishining 
Konstitutsiyaviy 
va 
huquqiy 
asoslarini 
yaratish 
va 
yuksak 
taraqqiyotimizning kafolati rolini muvaffaqiyatli bajarmoqda. 
Mustaqillik tomon qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biri-bo‘lajak 
suveren Respublikaning Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi I.A.Karimov 
tomonidan 1990-yilni mart oyida ilgari surildi. Ko‘p o‘tmay shu yilning 
iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Respublika Prezidenti 
rahbarligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy Komissiya tuzildi.


424 
Komissiya Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro 
huquq qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hujjatlariga, 
Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga amal qildi. Dunyoning 
ko‘pgina taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarining 
konstitutsiyaviy hujjatlari o‘rganib chiqildi. Shu bilan birga boy 
tariximizdagi davlat boshqaruv tizimi va adolatli qonunshunoslik 
an’analari ham chuqur o‘rganildi. 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘z mohiyati 
va ahamiyati jihatidan Sovet davridagi Konstitutsiyalardan, xususan, 
1978-yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasidan tubdan farq qilishi kerak 
edi. Sotsialistik O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘zining mazmuni, ruhi bilan 
sobiq Ittifoq Konstitutsiyasidan kelib chiqib, O‘zbekistonni bu Ittifoqqa 
qo‘l-oyog‘i bilan zanjirband etdi. Sinfiylik, partiyaviylik g‘oyalari bilan 
sug‘orilgan Konstitutsiya g‘oyat darajada mafkuralashtirildi va 
siyosiylashtirildi. Inson manfaatlariga nisbatan davlat manfaatlari ustun 
qo‘yildi. 
Mustaqillik Konstitutsiyasi loyihasida O‘zbekistonda yuz bergan 
tarixiy o‘zgarishlar hisobga olindi. Xususan, O‘zbekiston mustaqilligini 
qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tishning shartlari, 
davlat va jamiyat qurilishida demokratik tizimning tamoyillari, inson 
huquqining ustuvorligi ifodasini topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan 
masalalarni birma-bir o‘rganib chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi 
guruh va har bir bo‘limini alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan 
iborat komissiyalar tashkil etildi. 
Ishchi 
guruh 
va 
komissiyalar 
1991-yilni 
oktyabrida 
Konstitutsiyaning birinchi, 1992-yilni bahorida ikkinchi nusxasini 
tayyorladi va shu nusxasi 1992-yilni 26-sentabrida umumxalq 
muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Joylardan tushgan minglab 
takliflar o‘rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda bosib 
chiqildi. 
Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O‘zbekiston 
Respublikasining Asosiy Qonuni 1992-yili 8-dekabrda O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128 
moddadan iborat bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Konstitutsiyaning asosiy 
prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, 
Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh 
yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi. Asosiy Qonunning Ikkinchi bo‘limi 35 
moddadan iborat bo‘lib, Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, 


425 
erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. Bunda, O‘zbekiston 
Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklariga ega 
ekanligi, 
O‘zbekistonning 
butun 
hududida 
yagona 
fuqarolik 
o‘rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon 
erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat 
ishlarini boshqarishga bevosita hamda o‘z vakillari orqali qatnashishlari, 
siyosiy partiyalar va harakatlarga qo‘shilish huquqlari ta’kidlab 
ko‘rsatilgan. 
Asosiy Qonunda fuqarolarning mulkdor bo‘lishi, mehnat qilish, 
nafaqa olish, o‘z vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan 
foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib bayon etilgan 
va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan ta’minlanadi deb 
taqqoslab qo‘yilgan. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan 
burchlarni, chunonchi, qonunlarga rioya qilish, xalqimizning tarixiy, 
ma’naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiiy muhitni asrash, soliqlar 
va mahalliy yig‘imlarni o‘z vaqtida to‘lash, Vatanni himoya qilish kabi 
burchlari majburiy ekanligi ta’kidlangan. 
Konstitutsiyaning “Jamiyat va shaxs” bo‘limida O‘zbekiston 
iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil 
mulk shakllarining teng huquqga ega ekanligiga kafolat berildi. 
Ishbilarmonlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik harakatiga keng yo‘l ochib 
berildi va mulkdorlar tabaqasini vujudga keltirish tamoyillari ishlab 
chiqildi. Jamiyat ijtimoiy birlashmalari, oila va ommaviy axborot 
vositalarining o‘rni aniq bayon etib berilgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
ma’muriy-hududiy 
tuzilishi, 
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro 
munosabatlariga maxsus to‘rtinchi bo‘lim ajratilgan. 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil 
etilishi beshinchi bo‘limda (50 modda) o‘z ifodasini topgan. Davlat va 
hokimiyat organlari, Prezident, Vazirlar mahkamasining vakolatlari, 
ularni shakllantirish yo‘llari aniq va ravshan bayon etilgan. Shu bilan 
birga bu bo‘limda mahalliy hokimiyat organlari, sud va Prokuratura, 
Davlat Mudofaasi masalalari o‘z ifodasini topgan. 
Mustaqillik Konstitutsiyasining qabul qilinishi g‘oyat katta siyosiy, 
huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo‘ldi. Asosiy Qonunimiz 
mamlakatda demokratik tamoyillarni amalga oshirish, xalqimizni huquqiy 
ma’naviy va mafkuraviy tarbiyalashda katta o‘rin tutmoqda. 
Prezident 
I.Karimovning 
“O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishiga 


426 
asosan Konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish, yosh 
avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini yuksaltirish, uning 
mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish uchun 20 kishidan iborat maxsus 
komissiya tuzildi. Prezidentimizning Asosiy Qonunni ”...bolalar 
bog‘chasidan boshlab o‘rganishni, maktablarda darslik tariqasida 
o‘qitishni, oliy o‘quv yurtlarida maxsus bir dars sifatida o‘rganishni 
barcha mutasaddi rahbar va tashkilotlarga topshiriq tariqasidagi...” 
ko‘rsatmasi butun Respublikada Mustaqillik Konstitutsiyasini tashviqot 
va targ‘ibot qilishning dasturi bo‘ldi. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish