I. Amaliyotchining asosiy qoidasi:
1.1 Talabala amaliyotga kelgunga qadar amaliyot rahbaridan tushuntirish olitshi va
- kundalik to‘ldirishi
- o‘quv amaliyoti bo‘yicha shaxsiy topshiriq olishi
- amaliyotni o‘tash bo‘yicha kalendar rejadan 2-nusxa olishi(biri o‘zi uchun, biri tashkilotdagi masul shaxs uchun)
- amaliyot yo‘llanmasi
1.2 Talaba tashkilotga yetib kelgach tashkilot rahbariga kundalikni taqdim etishi va amaliyot rejasini aytishi kerak. Bundan tashqari texnika xavsizligi, yong‘in falokatidan saqlanish, narsalardan foydalanish bo‘yicha tushuntirish olishi va ish joyi bilan tanishishi lozim.
1.3 Amaliyot davrida talaba tashkilotning ichki tartib intizomiga bo‘ysunishi shart.
Har qanday holatda xam talaba ish joyidan ketayotganda, bu xaqida rahbarga malum qilishi shart.
1.4 Talaba amaliyot xususida taqvimli rejaga muvofiq xisobot tayyorlaydi. Xamda tashkilot va OO‘Yu rahbari tomonidan qo‘shimcha ko‘rsatmalariga binoan uni to‘ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |