Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida


Mamlakatimizda o‘tgan davr maboynida qancha qonunlar qabul qilindi.=



Download 1,58 Mb.
bet74/94
Sana05.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#739935
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
Bog'liq
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashti

Mamlakatimizda o‘tgan davr maboynida qancha qonunlar qabul qilindi.= 400 ta
Birinchi Prezidentimiz “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” degan g‘oyani qachon birinchi bor ilgari surgan.=1992
Birinchi Prezidentimizning “O‘zbekitson iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo‘lida” asari qachon chop etilgan.=1995
Jamiyatimiz mafkurasi xalqni –xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin” asari qachon chop etilgan.=1998
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizom qachon qabul qilingan?= 2009 yil
O‘zbekistonda Prezidentlik instituti qachon ta’sis etilgan?= 1990 yil 24 martda
I.A.Karimovning “Ona Vatanimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saoditdir” asari qachon chop etildi=2015
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon qabul qilingan?= 1997 yil 29 avgust
Sh.Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi qachon bo‘lib o‘tdi.= 2016 yil 14 dekabrda
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan va necha moddadan iborat?= 1989 yil 21 oktabr, 24 moddadan iborat
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan va necha moddadan iborat?= 1989 yil 21 oktabr, 24 moddadan iborat

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4958-son Farmoni qachon qabul qilingan? 2017 yil 16-fevral


“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida universitetning nechta asosiy vazifalari belgilangan? 7 ta
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qachon qabul qilindi? 2016 yil 13 may, PF-4797
“Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay turib, o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”. I.Karimov tomonidan ushbu jumlalar qaysi asarda qayd etilgan? Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li.
“Iste’mol savatchasi” bu...– aholining munosib hayot darajasi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash
“Ma’naviyat - insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir”. Bu hikmatli so‘zlar Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning qaysi asaridan olingan? “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida”;
“Oliy ta’lim tizimi uchun xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar xarid qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori qachon qabul qilindi? 2016 yil 24 may 174-son
“Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori qachon qabul qilindi? 2016 yil 13 may, 153-son.
“Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qachon qabul qilingan? 2016 yil 2 may, PQ-2524-son
“O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” Prezident Farmoni qachon e’lon qilindi? 2002 yil 24 oktabr
“O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” qaysi qaror asosida tashkil etildi? O‘zbekiston Respubilkasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi Farmoniga
“O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qachon qabul qilingan? 2016 yil 15 may, PQ-2517-son
“Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq” ushbu fikr kimga tegishli? A.Fitrat
“Hozirgi bosqichda demokratik rezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlsi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da nechta sohada islohatlar o‘tkazilishi sanab o‘tilgan? 6 ta
«Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular xalq qarorlar qabul qilish jarayonlarida qanchalik habardorligi, hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi va oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir». Islom Karimov tomonidan aytilgan ushbu fikrlar qaysi asardan olingan? Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy xarakati qachon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga aylantirildi? 2017 yil 30 iyun
«Xabeas korpus» institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish Harakatlar strategiyasi tizimining qaysi bosqichida? Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari
1996 yilning qaysi oyida “O‘qituvchilar va murabbiylar kunini nishonlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni e’lon qilindi? 21 dekabrda “O‘qituvchilar va murabbiylar kunini nishonlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni e’lon qilindi
2000 yil qanday nom bilan atalgan? 2000 yil “Sog‘lom avlod yili”
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmon qachon e’lon qilindi? 2017 yil 7 fevralda
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bo‘yicha Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishi qanday nomlanadi? davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo‘nalishi qanday nomlanadi? qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishi qanday nomlanadi? iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bo‘yicha Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi qanday nomlanadi? ijtimoiy sohani rivojlantirish
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishi qanday nomlanadi? xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiyaga kim rahbarlik qiladi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
2017 yil noyabr oyida Jizzax va Toshkent shaharlarida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining necha yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tadi? 100 yilligiga
2017 yil hisobida hududlardagi oliy ta’lim muassasalarining filiallari nechtani tashkil etdi? 15 ta
2017 yilda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari necha foizni tashkil etdi? 5,5 foizni
2017 yilda qancha xorijiy davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi? 60 dan ortiq
2017 yilda madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar haqida gapirganda, avvalo, madaniyat, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalari sohasiga taalluqli nechta hujjat qabul qilindi? 12 ta
2017 yilda mamlakatimizda nechta sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi? 45 ta
2017 yilda mamlakatimizda nechta erkin iqtisodiy zona faoliyati yo‘lga qo‘yildi? 12 ta
2017 yilda eksport hajmi qariyb necha foizga ko‘paydi? 15 foizga
2017 yilda yangi sanoat korxonalarini qurish, xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini ishga tushirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan qancha yangi ish o‘rinlari tashkil etildi? 336 mingdan ziyod
2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishi bandlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni toping? Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish. Davlat boshvaruvi tizimini isloh qilish. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish
78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini nechta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilgan? 1200 ta
Ayni paytda bu davr oldingi mutafakkirlar ilgor g‘oyalarining o‘zaro faol ta’siri zaiflashuvi bilan xarakterlanadi. Din bevosita davlat siyosatining asosiga xokimiyat uning rahnamolari manfaatlarini niqoblovchi mafkuraga aylanadi. Natijada jamiyatda diniy tazyiq kuchayadi. Har qanday ijodiy hur fikr ta’qibga olinadi. Ushbu jumlalar qaysi davrga taalluqli? XVI-XIX asrlar
Amaldagi me’yoriy xujjatlarda ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun necha soat ajratiladi? O‘qitilayotgan kursga ajratilgan jami soatlar miqdorining 30% miqdorida
Attestatsiya bu... – Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish attestatsiyasi jarayonida, shu jumladan malakaviy imtihonlarni qabul qilish, dissertatsiya aprobatsiyasi (muhokamasi) va himoyasini o‘tkazish hamda dissertatsiyani OAKda ekspertizadan o‘tkazish asosida talabgorlarning (izlanuvchilarning) nazariy bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasini hamda dissertatsiya sifati va olingan natijalarining yangiligini baholash
Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish Harakatlar strategiyasi tizimining qaysi bosqichida? Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bosqichida
Bazaviy ta’lim muassasasida o‘qitish malaka oshirishning qaysi shakliga kiradi? to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muvofiq kasb faoliyati sohalarida erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilish qaysi o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarga kiradi? Maxsus fanlar bloki
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari kim tomonidan tasdiqlanadi? Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomnidan tasdiqlanadi
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida nazariy ta’lim necha foizni tashkil etadi? 63-70 %
Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? Fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv bo‘limi hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi
Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning 2010 yil 12 noyabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi qanday nomlanadi? Mamlakatimizda demokratik islohotlarini yanada chuquqlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Ushbu norma Konstitutsiyaning qaysi moddasida keltirilgan? 16-moddasida
Bugungi dunyo yoshlari dunyo aholisining necha foizini tashkil etadi? 2 milliard kishini tashkil etadi
Bugungi kunda dunyoning nechta mamlakatida elchixonalarimiz mavjud? 33 ta
Bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi orqali dunyoning nechta mamlakatiga nechta yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega? 180 ta mamlakatiga 28 ta yo‘nalishda;
Bugungi kunda mamlakatimizda nechta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda–16 ta
Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahallalar soni qanchani tashkil etadi? 10 mingdan ortiq
Bugungi kunda yurtimizda nechta ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda? 1 ming 500 dan ziyod
Vazirlar Maxkamasining "Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi 103-son qarori qachon qabul qilingan? 2017 yil 27 fevral 103-son qaror orqali
Vazirlar Maxkamasining 103-son qarori asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan takroran o‘tmagan pedagog xodimlarga mehnat shartnomasi to‘xtatilgan kundan qancha muddat o‘tgandan keyin pulli asosda attestatsiyadan o‘tishga ruxsat beriladi? 1 yil
Vatan tuyg‘usi oilaviy mehrdan boshlanadi degan mashhur fikrning muallifini ko‘rsating? A.Avloniy
Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim muassasalari ...................... jumlani davom ettiring? Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi va tegishli huquqlarga ega bo‘ladi
Davlat budjetidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam uchun ajratilgan budjet mablag‘lari nechanchi yilda ishlab chiqarildi? 2000 yil 7-senyabr
Davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bakalavriat va magistratura talabalari qaysi o‘quv yilidan boshlab majburiy tartibda ishga taqsimlanmoqda? 2005/2006 o‘quv yilidan
Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring qilishni qaysi tashkilot amalga oshiradi? O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish bo‘yicha asosiy tamoyillardan qaysi biri noto‘g‘ri? Malakaviy talablarda keltirilmagan sifatlarni shakllantiruvchi eng zarur fanlarning kiritilishi, ularning hajmlari va ketma-ketligi uzluksiz ta’lim turlari bilan uzviyligini inobatga olgan holda ilmiy asoslash
Davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash uchun O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo‘yicha........................................... kerak. Tushirib qoldirilgan so‘zlarni toping. kuchli milliy g‘oya, milliy dastur.
Yoshlar muammolarini o‘rganish va istikbolli kadrlarni tayyorlash instituti qaerda tashkil etildi? O‘zbekiston Respublikasi Prezident xuzuridagi Davlat boshkaruvi akademiyasi koshida
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishida qayd etilgan? ijtimoiy sohani rivojlantirish
Jamiyat rivojida formatsion qarashning cheklanganligi nimada? *Moddiy ishlab chiqarish mutloqlashtirilganligi.
Jamiyat taraqqiyotida “inson taraqqiyoti konsepsiyasi”ning mohiyati nimada? Inson – taraqqiyotning bosh omili
Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishiga tegishli? davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
I.Karimov qaysi asarida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning beshta prinsipi (tamoyili) ni chukur va atroflicha ilmiy tahlil qilib bergan? “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”
Ijtimoiy adolat nima? barcha javoblar to‘g‘ri (kafolatlangan mehnat faoliyati erkinligi, mansab lavozimlari bo‘yicha ko‘tarilib borishdagi imkoniyatlar tengligidir, siyosiy qarashlari, jinsi, millati, tili va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta’minlashdir, ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalardagi imkoniyatlar tengligidir)
Ilk bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi qachon va qaerda o‘tkazildi? 2002 yil 26 aprelida Farg‘ona
Ilmiy (ilmiy-pedagogik) kengashning qarori bo‘yicha ijodiy ta’til malaka oshirishning qaysi shakliga kiradi? bilvosita malaka orttirish
Ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar, avgust o‘qishlari va hokazolarda ma’ruzalar bilan qatnashish malaka oshirishning qaysi shakliga kiradi? bilvosita malaka orttirish
Ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish malaka oshirishning qaysi shakliga kiradi? to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish
Ish beruvchilar kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, mavjud bo‘sh ish joylari haqidagi ma’lumotlarni har yili qaysi vaqtga qadar aniqlaydilar? Har yili 1- aprelga qadar
Ishlab chiqarishda tajriba orttirish malaka oshirishning qaysi shakliga kiradi? to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish
Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun qachon va nechanchi yilda qabul qilindi? 1997 yil 29-avgust Oliy Majlisining IX sessiyasida
Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risidagi prezident Farmoni qachon qabul qilindi? 1994 yil 24 avgust.
Kimlar magistraturada pedagogik faoliyat yuritishi mumkin? ilmiy unvon (ilmiy daraja)ga va kamida 3 yillik uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajali shaxslar
Klassifikator qaysi normativ xujjatlarga asosan ishlab chiqilgan? O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlariga asosan
Kompetensiya tushunchasining mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? Ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar, amaliy malakalar va shaxsiy sifatlarni qo‘llash qobiliyati
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari nechta? 7 ta
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining maqsadi....Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni necha moddadan iborat? 34 modda
Kuchli fuqarolik jamiyatiga xos xususiyatlarni aniqlang? Inson manfaatlari va qonun ustuvorligi, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlanganligi
Qabul komissiyasida ishlash o‘quv yuklamalarini qaysi bo‘limiga kiradi? Tashkiliy - uslubiy
Qaysi viloyatda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining mintaqaviy filiali tashkil etildi? Farg‘ona
Qaysi tashkilot ta’lim dasturlarining uzluksizligi va ketma-ketligini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi? Bosh ilmiy-metodik markaz
Qayta tayyorlash va malaka oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar nima bilan belgilanadi? davlat ta’lim standartlari
Qachon bo‘lib o‘tgan referendum yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib o‘zgaritirildi. 2002 yil 22 yanvarda
Qachon Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik Markazi tashkil etildi? 1994 yil iyun oyida
Qachon O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi matbuotda e’lon qilindi? 1992 y. 26 sentabrda
Qishloq joylarda necha kilometrlik suv ta’minoti quvurlarini qurish rejalashtirilgan? 415 km.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishiga kiritilgan? iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
Qonunning birdan-bir manbai va muallifi tom ma’noda .......... bo‘lishi shart. Tushirib qoldirilgan so‘zlarni toping. xalq
Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat a’zolari o‘z vakolatlari davrida qanday faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin? Ilmiy va pedagogik faoliyat bilan
Quyida ko‘rsatib o‘tilganlardan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan jamoatchilik markazini toping: Ijtimoiy fikr
Magistratura dasturini tugallagan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakuniga ko‘ra ta’lim yo‘nalishining muayyan mutaxassisligi bo‘yicha ......... jumlani davom ettiring? “Magistr” darajasi beriladi va tegishli ko‘krak nishoni hamda ilova bilan davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
Magistratura mutaxassisliklarida ilmiy faoliyat necha foizni tashkil etadi? 50 - 55 %
Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va fanlar dasturi mazmuni...– Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va boshlang‘ich bosqichi sifatida mutaxassislik bo‘yicha chuqur fundamental va amaliy bilimlar berishni ko‘zda tutgan holda shakllantiriladi
Magistratura talabasi o‘zining kalendar ish rejasi bajarilishi bo‘yicha qaysi muddatlarda kafedra yig‘ilishida hisobot beradi? har oyda
Magistratura talabasi o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan bo‘lgan ilmiy rahbar mehnatiga haq to‘lash qanday amalga oshiriladi? har o‘quv yili yakunida mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari bo‘yicha bir o‘quv yiliga bir magistratura talabasi uchun 30 soatdan oshmagan hajmda, tegishli oliy ta’lim muassasasi xarajatlar smetasida bu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi
Magistratura talabasining belgilangan kalendar ish rejasi bo‘yicha ishlarning bajarilishini va magistrlik dissertatsiyasi o‘z vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish kimning majburiyatiga kiradi? Magistratura bo‘limi boshlig‘ining
Magistratura talabasining kalendar ish rejasi mazmuni kim tomonidan tasdiqlanadi? magistratura bo‘limi boshlig‘i
Malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida (akademiya, institut, markaz, fakultet, kurslarda) o‘qitish malaka oshirishning qaysi shakliga kiradi? to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish
Malaka oshirish kurslariga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqi miqdori belgilangan miqdorlaridan necha foizga ko‘paytiriladi? 25 foizga
Mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – xalq xokimyati organliri rolini yanada rivojlantirish
Mamlakatimizda bugungi kunda nechta diniy ta’lim muassasasi faoliyat olib bormoqda? 11 ta
Mamlakatimizda davlat budjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan necha foizi ta’lim-tarbiya sohasiga yo‘naltirilmoqda? 34 foiz
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida Prezidentimiz tomonidan Konstitutsiyamizning 96-moddasiga mamlakatning amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlarini vaqtincha kimning zimmasiga yuklatiladi? Oliy Majlis Senati raisi zimmasiga yuklatiladi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish chora–tadbirlari to‘g‘risida qanday huquqiy hujjat qabul qilingan? Qaror
Ma’ruzada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan qanday qonun qabul qilish taklifi kiritildi? “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida” Qonun.
Modelli tasavvurlarni tajriba usullari va olingan natijalarni qayta ishlash yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini ta’minlash qaysi o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarga kiradi? Umumkasbiy fanlar bloki
Muayyan bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlash qaysi o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarga kiradi? Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki
Muayyan ta’lim sohasining davlat ta’lim standartini kim tasdiqlaydi? ta’lim sohasi vazirliklari
Nechanchi yilda Toshkent islom universiteti ochildi? 1999 yilda
Nodavlat ta’lim muassasalariga faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun qancha miqdorda davlat boji undiriladi? O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida
Nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar bakalavriat bosqichini tugatganidan so‘ng necha yil mobaynida, tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida qabul qilinadilar? 1 yil mobaynida
OAK Rayosatining fan doktori ilmiy darajasini berish to‘g‘risidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin necha yil o‘tgan bo‘lsa, ilmiy darajadan mahrum etish masalasi ko‘rib chiqilmaydi? 10 yil
OAK Rayosatining apellyatsiya bo‘yicha qabul qilingan yakuniy qarori necha ish kuni ichida apellyatsiya bergan shaxslarga taqdim qilinadi? 5 ish kuni
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb-hunar ta’limi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni muvofiqlashtirish qaysi tashkilotga yuklatilgan? O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda
Oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari klassifikatori qaysi xujjatga asosan tuzilgan? Yuneskoning ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi prinsiplariga asosan
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga zaruriyat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish qaysi tashkilotga yuklatilgan? O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorining etalonini qaysi vakolatli organ olib boradi? O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Oliy ta’lim muassasalarida bitiruv malakaviy ishlari necha yil saqlanadi? Kamida 10 yil
Oliy ta’lim muassasalarida bitiruv malakaviy ishlarining tushintirish qismi qancha so‘z hajmida belgilanadi? 10-15 ming so‘z hajmida
Oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarni ishga taqsimlash qachon o‘tkaziladi? oliy ta’lim muassasasini bitirishidan kamida 1 oy oldin
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizom qachon qabul qilingan? 2009 yil
Oliy ta’lim muassasasining “Vasiylik kengashi” tarkibi kim tomonidan tasdiqlanadi? Kengashning tarkibi tasarrufida tegishli oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadi
Oliy ta’lim muassasasining kengashida yoki fakultetning kengashida saylanadigan lavozimlarni belgilash huquqi kimga tegishli? Oliy ta’lim muassasasining rektoriga
Oliy ta’lim tizimi uchun normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan «Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom» va «Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi to‘g‘risidagi nizom»ni ishlab chiqish va tasdiqlash qaysi tashkilotga yuklatilgan? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim va ilmu-fan axborot-tahlil departamentiga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda
Olmaliq shahrida qaysi oliy ta’lim muassasining filialini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi? Moskva po‘lat va qotishmalar instituti
OTM Kengashining vakolat muddati necha yil? 5 yil
OTMlarda ARMni qayta tashkil etish va tugatish (qo‘shish, ajratish, bo‘lish, birlashtirish, qayta o‘zgartirish) qanday tartibda amalga oshiriladi? O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi qaroriga ko‘ra, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi
OO‘MTV grifiga asosan darslik yozish va nashrga tayyorlash uchun me’yoriy xujjatda necha soat ajratiladi? Bosma tabog‘iga 50 soat
OO‘MTV grifiga asosan o‘quv qo‘llanma yozish va nashrga tayyorlash uchun necha soat ajratiladi? Bosma tabog‘i 30 soat
Ochiq o‘quv mashg‘ulotlari malaka oshirishning qaysi shakliga kiradi? Bilvosita malaka orttirish
Pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish qaysi davlat organining vakolati doirasiga kiradi? Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash qaysi davlat organining vakolati doirasiga kiradi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi
Pensiya oladigan talabalarga stipendiya qanday asoslarda tayinlanadi? Umumiy asoslarda tayinlanadi
Prezident I.A.Karimov o‘zining “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusidagi ma’ruzasini nechanchi yilda va qaysi sessiyada ma’ruza qilgan? 1997 yil 29-avgustda Oliy Majlisning 9-sessiyasida
Prezidentimiz qaysi asarida “Islom uyg‘onishi, qayta islomlanish, islom fenomeni so‘zlarini ishlatgan? “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot- pirovard maqsadimiz” asarida;
Prezidentimiz qaysi asarida mahalliychilik, urug‘ aymoqchilik illatlari va ularning zararli oqibatlari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tgan? “O‘zbekiston XX1 asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqqiyot kafolatlari”
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi qarori qachon qabul qilindi? 2017 yil 20 aprelda
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev qaysi nutqida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyani qabul qilish taklifi bilan chiqdi? BMT Bosh assambliyasining 72 sessiyasida
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev qaysi nutqida Yoshlar huquqlari to‘g‘risida xalqaro konvensiyasini qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi? BMT Bosh assambliyasining 72 sessiyasida
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan qaysi kun “Prokuratura organlari xodimlari kuni” deb belgilandi? 8 yanvar
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan tashkil etilayotgan Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qaysi shaharda joylashgan? Samarqand
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan turli soxa va tarmoklarda katta natijalarga erishib kelayotgan yigitlar uchun qanday Davlat mukofoti ta’sis etildi? «Mard o‘g‘lonlar»
Prezidentning “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qachon qabul qilindi? 2010 yil 28 iyulda
Talaba akademik ta’tildan qaytganidan keyin unga stipendiya to‘lash............................? Avvalgi miqdorlarda joriy o‘quv semestrining oxiriga qadar tiklanadi
Talabalarni kundalik darslarni o‘zlashtirmaganlik, o‘quv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzganlik uchun o‘quv yili mobaynida nomli davlat stipendiyalaridan mahrum qilish mumkinmi? Davlat oliy ta’lim muassasalari taqdimnomalariga binoan tegishli vazirliklar va idoralar buyruqlari bilan amalga oshirilishi mumkin
Talabalik guvohnomasining shakli va tayyorlanish qoidalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qaysi buyrug‘i bilan qachon tasdiqlangan? Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 23 iyuldagi № 200-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
Taraqqiyot strategiyasi markazi qanday maqsadlarni ko‘zlab tashkil etilgan? Harakatlar strategiyasining samarali ijrosi, qonun, qonunosti va boshqa hujjatlarning loyihalarini tayyorlash, xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy va ta’lim muassasalari bilan hamkorliknyoi yo‘lga qo‘yish.
Tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar attestatsiya jadvalini hamda attestatsiya tekshiruviga oid hujjatlarni attestatsiya boshlanishidan necha oy oldin Davlat test markazidan oladilar? 3 oy oldin
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishiga kiritilgan? Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlash qaysi davlat organining vakolati doirasiga kiradi? Mahalliy davlat hokimiyati organlari
Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonunning qaysi moddasida yoritilgan? 18-modda
Ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini qaysi davlat organi belgilaydi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Ta’lim muassasasi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikat nima bo‘ladi? O‘z kuchini yo‘qotadi
Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan Akkreditatsiya komissiyasiga qanday hujjatlar taqdim etiladi? O‘quv konsepsiyasi, o‘quv rejalari va dasturlari, ta’lim muassasasi attestatsiyasi xulosasi, nodavlat ta’lim muassasasiga berilgan litsenziya nusxasi
Ta’lim muassasasini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish haqidagi qaror qancha muddatda qabul qilinadi? Hujjatlar topshirilgandan keyin 1 oy muddatda
Ta’lim olish jarayonida shaxs qanday talablarni bajarishi shart? Davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni
Ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash qaysi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi?O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi
Ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan talablar va mehnat bozori kon’yunkturasi tez o‘zgarayotgan sharoitda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalar va fanlar dasturlarining safarbarligi va moslashuvchan bo‘lishini ta’minlash qaysi o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarga kiradi? Qo‘shimcha fanlar bloki
Ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlarini, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv rejalari va fanlar dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini yaratish qaysi tashkilotga yuklatilgan? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim va ilmu-fan axborot-tahlil departamentiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda
Ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish qaysi organning vakolati doirasiga kiradi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish qaysi davlat organining vakolati doirasiga kiradi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi
Toshkent shahrida qaysi oliy ta’lim muassasining filialini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi? AQShning Vebster universiteti
O‘zbek nazariya modeli qanday tamoyillarni belgilab beradi? Bir ijtimoiy tuzumdan, ikkinchi ijtimoiy tuzumga o‘tish modeli.
O‘zbekiston milliy istiqlol g‘oyasining mohiyati nima? bunyodkorlik.
O‘zbekiston mustaqilligi qachon e’lon qilindi? O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan nimalar qabul qiladi? Qarorlar qabul qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlsi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada «Biz yangi ozod jamiyat, huquqiy davlat qurishni o‘z olidmizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, adolat tamoyilini ustivor prinsip sifatida e’tirof etamiz». Ushbu jumlalar I.Karimovning qaysi asarida berilgan? Adolat, Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug‘
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” qanday qonunosti hujjatini e’lon qildi? Qaror
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida” gi Qonuni qachon imzolangan? 2015 yil 9 dekabrda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev Prokuratura organlari xodimlari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi qanday nomlanadi? Qonun ustuvorligi — inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusi ilk bor qaerda e’lon qilingan? Oliy Majlisga Murojaatnomasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan va amaliy mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish tashabbusi ilk bor qaerda e’lon qilingan? Oliy Majlisga Murojaatnomasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini o‘tkazish tashabbusi ilk bor qaerda e’lon qilingan? Oliy Majlisga Murojaatnomasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan O‘zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish tashabbusi ilk bor qaerda e’lon qilingan? Oliy Majlisga Murojaatnomasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan chet ellarda yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan o‘zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish tashabbusi ilk bor qaerda e’lon qilingan? Oliy Majlisga Murojaatnomasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya bu borada faoliyatimiz .............. aylanmoqda. Jumlani to‘ldirish uchun qaysi so‘zni qo‘yish lozim? mezoniga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “....................fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning o‘ziga xos demokratik instituti sifatida amalda o‘zini oqlamoqda.” jumlasida tushirib qoldirilgan so‘zlarni toping. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda qisqa muddatda nechta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirilgani ta’kidlangan? 161 ta
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni qachon e’lon qilindi? 2017 yil 5 iyulda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qachon qabul qilingan? 2017 yil 27 iyul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5121-son Farmoni qachon qabul qilindi? 2017 yil 27 iyulda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va joylardagi Xalq qabulxonalari faoliyatini bosh maqsadi – fuqarolarning qonuniy murojaatlarini qisqa muddatda sinchiklab ko‘rib chiqishni va hal etishni ta’minlashdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909 Qarori mazmuni? Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga qanday mukofot ta’sis etildi? Mo‘tabar ayol
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining nechanchi moddasida Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalari xususida so‘z yuritilgan? 18 modda
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi dastlabki Qonuni qachon qabul qiligan? 1992 yil 2 iyulda
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida” gi Qonuni nechta bob va moddadan iborat? 5 bob, 34 moddadan.
O‘zbekistonda «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishida qayd etilgan? davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
O‘zbekistonda ta’lim va fan sohasini rivojlantirish Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishida qayd etilgan? ijtimoiy sohani rivojlantirish
O‘zbekistonning kitob fondlarida qancha qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda? 100 mingdan ziyod
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etishqaysi vakolatli organning asosiy vazifalari hisoblanadi? Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O‘zR Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan qanday yangi tuzilma tashkil etildi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi; Viloyat, tuman va shahar hokimlarining Xalq qabulxonalari; Vazirlik, idora, korxona va tashkilotlarning Xalq qabulxonalari
O‘qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish bu........................... ta’lim sifatini nazorat qilish
O‘tgan bir yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bevosita ta’lim-tarbiya sohasiga daxldor bo‘lgan nechta Farmoni, qaror va farmoyishi qabul qilindi? 104 ta
Favqulotda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish masalasi qaysi bandga biriktirilgan? Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar
Faol tadbirkorlik bu... – tadbirkorlik faoliyatini innovatsion, yondashuvlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etish.
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar. Ushbu jumla qaysi xujjatdan olingan? Ta’lim to‘g‘risidagi qonundan
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishiga tegishli? qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari
Xitoy davlatining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyiha… “Bir makon, bir yo‘l”
Xodim mehnat shartnomasi tuzilgandan keyin qancha muddatda ishga kirishishi shart? tomonlarning kelishuvi bo‘yicha belgilanadi, biroq ushbu muddat bir oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas
Xorijda tajriba orttirish malaka oshirishning qaysi shakliga kiradi? to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish
Xorijiy davlatlarda olingan falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagima’lumotlarni hisobga olish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining Qarori qachon qabul qilingan? 2015 yil 25 avgustdagi 246-son Qaror
Xo‘sh jamiyatning ma’naviy yangilanishi, deganda nimani tushunmoq kerak? Ma’naviy yangilanishning mazmun-mohiyati nimadan iborat? Islom Karimov ushbu savol bilan qachon murojaat qilgan? 2002 yil 29 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to‘qqizinchi sessiyasida.
Har kim bilim olish huquqiga ega. Ushbu norma qaysi bobda keltirilgan? Ijtimoiy va iqtisodiy xuquqlar bobida
Hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qancha investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilgan? Qariyb 25 mingta
Elektron hukumat infratuzilmasi to‘liq keltirilgan javobni ko‘rsating? Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, markaziy ma’lumotlar bazalari, idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi, davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslari hamda ularning majmualari, davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Elektron hukumat tushunchasiga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping. – davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi
Elektron hukumatning asosiy vazifalari nechta? 7
Elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni saqlash tartibi qaysi organ tomonidan belgilanadi? Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Yurtimizda qancha madaniy meros ob’ektlari mavjud? 7 ming 300 dan ortiq
Yurtimizda necha mingga yaqin maktabgacha ta’lim muassasalari bor? Besh mingga yaqin
Yakuniy nazorat natijalariga ko‘ra fan o‘qituvchisi.................................................? Talabalarning fan bo‘yicha reytingini aniqlaydi hamda reyting daftarcha va qaydnomaning tegishli qismini to‘ldiradi


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish