Oliy nerv faoliyati



Download 160 Kb.
Sana26.01.2020
Hajmi160 Kb.
#37199
Bog'liq
Олий нерв фаолияти



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIOLOGIYA VA VALEOLOGIYA ASOSLARI

KAFEDRASI


«TASDIQLAYMAN»

O`quv ishlari bo`yicha prorektor v.v.b

____________b.f.n. D. Dehqonov

«___» ______________2019 yil


OLIY NERV FAOLIYATI”

fanining

ISHCHI O`QUV DASTURI

2019/2020 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli,1-kurslar uchun

Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha

Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi: 5111900 - Defektologiya



Namangan - 2019

Ishchi o`quv dasturi Namangan davlat universitetining o’quv – mеtodik kеngashida ko’rib chiqilgan va tasdiqqa tavsiya (2019 yil « 27 » avgustdagi 1 – sonli majlis bayoni) qilingan fan dasturiga va ishchi o`quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi.



Tuzuvchi: PhD., M.M. Mamajanov



Fanning ishchi o‘quv dasturi Fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasining 2019 yil 26 - avgustdagi 1–sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet Kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri: S. Mavlanova

Ishchi o‘quv dastur Tabiiy fanlar fakultetining 2019 yil 26 - avgustdagi

1-sonli Kengashida ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.


Fakultet kengashi raisi:_______________________ A.Nazarov

Kelishildi:

O`quv uslubiy boshqarma boshlig’i v.v.b________ Z. Mo’minov

O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
“Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv tizimi fiziologiyasi” fanining dolzarbligi markaziy nerv tizimining tuzilishi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, bosh miyaning ishlash mexanizmlari haqida tushunchalar berish, talabalarga nerv tizimi a’zo va to‘qimalarning tuzilishi va ularda kechayotgan fiziologik-biokimyoviy jarayonlarni turli fiziologik holatlarda qanday o‘zgarishlarga uchrashini o‘rgatishi hisoblanadi. Markaziy nerv tizimi a’zo va to‘qimalarda kechayotgan fiziologik jarayonlarni to‘qima, hujayra, organella, membrana va molekula darajalarida zamonaviy apparat va priborlar yordamida o‘rganish organizmning fiziologik statusiga to‘g‘ri baho berishda katta ahamiyatga ega.

Mazkur fan bakalavrlarga mo‘ljallangan fan bo‘lib, fandan olingan bilimlar ixtisoslik fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda keng qo‘llanilib, bo‘lg‘usi mutaxassislarda ko‘nikma va malaka shakllanishida muhim o‘rin tutadi.



Fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o‘qitishning maqsadi – Oliy asab faoliyatining fiziologiyasi – bu inson va hayvon organizmining bir butunligi, unihg tashqi va ichki muhit bilan uzviy bog’liqligi, organizm, azo-tizimlari, to’qima va hugayralarining fiziologik faoliyati, organism faoliyatini boshqarilish mehanizmlari; muhit o’zgarishlariga moslashish mehanizmlarini; shartli va shartsiz reflekslar, ularni yuzaga chiqishini; neyron zanjirlari va nerv markazlarining hosil bo‘lishi, faol ishlashining tamoyillarini; markaziy nerv sistemasi haqida uning shartli ravishda qismlarga bo‘linishini; orqa miya, uzunroq miya, o‘rta miya, oraliq miya, miyacha, po‘stloq osti tuzilmalari va katta yarim sharlar po‘stlog‘i hamda avtonom nerv tizimlari, asab tizimi odam organizmida barcha hujayra, to‘qima, a’zolari va funksional tizimlarining ishini boshqaradi, tartibga soladi va ularning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishini ta’minlashi haqidagi I.P.Pavlov fikrlarini o‘rganishdir.

Fanni o‘qitishning vazifalari:

Oliy nerv faoliyati fani­ni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiri­ladigan masalalar doirasida talaba:

- oliy nerv faoliyatining odam va hayvonlar organizmidagi roli va ahamiyati, uning asosiy faoliyat mexanizmi bo‘lgan reflekslar, nerv sistemasining bo‘limlari haqida, uning struktura va funksional birliklari va ularning turlari, nerv tolalari va ularning klassifikatsiyasi, impulslarni o‘tkazish qonuniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi;


  • o‘rganish va xotira jarayonlarida nerv hujayralari bajaradigan vazifalarining molekulyar mexanizmlari, nerv tizimida axborotni qabul qilinishi va qayta ishlanish mexanizmlari, insonning xulq-atvorini shakllanishida miyaning vazifalari va ruhiy faoliyatning o‘zaro bog‘liqligini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • harakat va vegetativ reaksiyalarning ko‘rsatkichlaridan foydalanib markaziy nerv tizimining funksional holatini baholay olish, nerv jarayonlarining xossalari va miyaning yarim sharlari orasidagi assimmetriya xususiyatlari bo‘yicha oliy nerv faoliyatining tipologik xususiyatlarini aniqlash, oliy nerv faoliyatining patologik buzilish turlari va ularning sababini aniqlay olish, shartli reflekslarni hosil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha hajmi

Fanga umumiy 78 soat ajratilgan bo’lib, shundan 38 soatini auditoriya mashg’ulotlari tashkil etadi, semestr davomida haftasiga 2 soatdan o’tiladi.



Semestr bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti.

Semestr



Yuklama

Auditoriya mashg’ulotlari turi bo’yicha o’quv

yuklamasi taqsimoti (soat)



Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruzalar

Amaliy mashg’ulot

Laboratoriya mashg’ulot

Seminar

Kurs ishi

(proekt)


1-semestr

78

38

16

22

-

-

-

40

Jami

78

38

16

22

-

-

-

40


Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar



Мavzular

Qisqacha mazmuni

Soati

1

Oliy asab faoliyati fiziologiyasining predmeti va o‘rganish usullari, qisqacha rivojlanishini tarixi.

Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv tizimi fiziologiyasining tavsifi va vazifalari. Kursning qisqacha mazmuni va uni o‘zlashtirish tartibi. Markaziy nerv tizimida kechadigan nerv jarayonlari va ular faoliyatini o‘rganish uchun foydalaniladigan uslublar: magnit-rezonans tomografiya, kompyuter tomografiyasi, yadro-emission tomografiya.

Oliy asab tizimi fiziologiyasining asosiy atamalari va tushunchalari.



2

2

Shartli va shartsiz reflekslar.

Shartli reflekslarning hosil bo‘lish mexanizmi.



SHartli va shartsiz reflekslar haqida tushuncha. SHartsiz refleks. SHartsiz reflekslar evolyutsiyasi. Instinktlar. Instinktlarning o‘zgaruvchanligi. Umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda nerv tizimi va ruhiy faoliyatning rivojlanishi. SHartli va shartsiz signallar. SHartsiz reflekslarning klassifikatsiyasi. SHartsiz reflekslarning biologik ahamiyati.

Oliy nerv tizimi faoliyatini o‘rganish metodlari. Vaqtinchalik aloqalar. SHartli refleksning adaptatsion roli. SHartli reflekslarni hosil qilishning uslub va shartlari. SHartli reflekslarning klassifikatsiyasi. SHartli reflekslarning komponentlari. SHartli reflekslarni shakllanishida ekologik omillarning roli. SHartli reflekslarni hosil bo‘lish mexanizmi.



2

3

Shartli reflekslarning turlari. Tashqi va ichki tormozlanish.

Ijobiy va salbiy: I,II,III oliy tartibli shartli reflekslar.Tashqi tormozlanish. Shartli tormozlanish. Qiyosiy tormozlanish. Shartli refleksning kechikishi. Differentsirovka tormozlanish. Miya po‘stlogida ta`sirotlarni tahlili va sintezi. Dinamik steriotip. Miya po‘stlogida irradiatsiya va kontsentratsiya jaraenlari. Miya po‘stlogida musbat va manfiy induktsiya.




4

Oliy nerv faoliyatining tiplari.

I.P.Pavlov bo‘yicha nerv jarayonlarining to‘rtta ko‘rsatkichi. Sangvinik, flegmatik, xolerik va melanxolik temperamentlar haqida tushuncha. Mijozlar haqida tushuncha.

Odam va hayvonlarning oliy nerv faoliyatining tiplari. Odamga xos oliy nerv faoliyatining tiplari. Oliy nerv faoliyatining tiplari to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlar.



2

5

Birinchi va ikkinchi signal tizimlari.

I.P.Pavlov voqelikning birinchi va ikkinchi signal tizimlari haqidagi ta’limoti. Ikkinchi signal tizimi va uning biologik ahamiyati. So‘z - odam oliy nerv faoliyatining maxsus signali sifatida. Odamni individual rivojlanish davrida ikkinchi signal tizimining shakllanishi.

Ikkinchi signal tizimi - nutq va fikrlashning strukturaviy birligi. Po‘stloqning ikkinchi signal tizimini faoliyat ko‘rsatish uchun mas’ul uchastkalari. Vernike va Brok zonalari. Brok afaziyasi. Vernike afaziyasi. Amneziya. Akalkuliya. Ko‘rish, eshitish va taktil agnoziya.



2

6

Uyqu va tush ko‘rish.

Uyqu va bedorlik. I.P.Pavlovning uyqu tabiati to‘g‘risidagi ta’limoti. Faol va passiv uyqu. Uyqu va bedorlikning neyrofiziologik xarakteristikasi. Tez va sekin uyqu. Parodoksal uyquning elektroensefalogrammasi. Parodoksal uyquning ontogenezi va filogenezi. Tush ko‘rishning fiziologik asosi. Uyquning patologik shakllari. Uyqusizlik. Letargiya. Lunatizm. Uyquning gipnotik aspektlari. Suggestiya.

2

7

Xotira va hissiyotlarning turlari va ahamiyati.


Xotiraning fiziologik mexanizmlari. Xotiraning aosiy xarakteristikalari va jarayonlari. Eslab qolish. Xotirlash. Saqlash (retensiya). Unutish. Xotira tiplari. Qisqa muddatli va uzoq muddatli xotira. Xotira turlari. Imprinting. Harakat xotirasi. Hissiy xotira. Obrazli va timsoliy xotira. Diqqat va uning mexanizmi. Hissiyotlar haqida tushuncha. Hissiyotning shakllanishida olimlarning fikrlari. Hissiy zo‘riqish. Ehtiyoj va uni qondirish. Zo’riqishning darajalari.

2

8

Nerv sistemasiing gigiyenasi.

Nerv sistemani normal funktsiyalanishida uyqu, ovqatlanish, kun tartibiga rioya qilishning ahamiyati. Charchash va toliqish. Charchash va toliqishning oddini olish. Alkogol ta`sirida markaziy nerv sistemasida bo‘ladigan o’zgarishlar. Alkogol ta`sirida odamning xulq-atvorini o‘garishi. Chekishning miya qon tomirlariga ta`siri. Chekish oqibatida bosh miya hujayralaridagi jarayonlarni o‘zgarishi. Ichish tufayli xotiraning pasayishi.

2

Jami

16


Amaliy mashg’ulotlar taqsimoti



Мavzular

Qisqacha mazmuni

Soati



Oliy nerv faoliyatining printsiplari va tekshirish usullari.

Oliy nerv faoliyatining printsiplari: determinism, analiz va sintez, tuzilish-struktura prinsiplari. Oliy nerv faoliyatini tekshirish usullari: kuzatish, modellash, magnit-rezonans tomografiya, kompyuter tomografiyasi, yadro-emission tomografiya.

2



Bosh miyaning tuzilishi, uning bo‘limlari bilan tanishish.


Bosh miyaning tuzilishi va joylashuvi. Bosh miyaning tarkibiy qismlari: uzunchoq miya, Varoliy ko’prigi, o’rta miya, oraliq miya, miyacha, retikulyar formatsiya.

2



Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishini mulyajlar asosida o‘rganish.



Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi: bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining tuzilishi, uning mikroskopik qavatlari, pushta va egatlari.

2



Bosh miya yarim sharlarining tuzilishi, vazifasi, ahamiyati xususiyatlarini o‘rganish.



Bosh miya yarim sharlarining zonalari: assotsiativ, komissural va proyektsion zonalar, ulardagi neyronlarning funktsiyalari. Bosh miya yarim sharlari po’stlog’idagi nerv markazlarining joylashuvi.

2



Refleks yoyini taxlil qilish.



Refleks yoyining qismlari: retseptor, afferent qism, markaziy qism, efferent qism va effektor qism. Ularni taxlil qilish va hulosa chiqarish.

2



Odamda Danini – Ashner refleksini hosil qilish.

Odamda Danini – Ashner refleksini hosil qilish. Diqqat faolligini o’zgarishini kuzatish.

2



Oliy nerv faoliyatining yoshga oid xususiyatlarini o‘rganish.


Chaqaloq va bolalarda oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, shartli reflekslarning hosil bo’lishi, bolalarda nutqning rivojlanishi.

4



Xotira xajmini aniqlash.



Talabalarda uzoq va qisqa muddatli eshituv xotirasi hajmini aniqlash.

2

9.

Fe’l-atvor funksional sistemasining shakllanish bosqichlari.



Xulq-atvor va funktsional holatlar; individual farqlar muammolarini tajriba Kalamushlarida kuzatiladi va kalamushlardan qaysi biri ovqat qo’yilgan kosachaga, qaysi biri suv qo’yilgan kosagacha borishini belgilab, xulosa chiqariladi.

2

10.

Miya po‘stlog`ida ta`sirotlarni tahlil va sintezini o’rganish.


Uyquning odam hayotidagi ahamiyati. Uyqu vaqtidagi fiziologik o‘zgarishlar. Charchash va uning oldini olish


2

11.

Shartli reflekslarning tormozlanish turlarini o’rganish. ichki va tashqi tormozlanish.

Shartli reflekslarning tormozlanish turlari: ichki va tashqi tormozlanish turlari.

2

Жами




22

Mustaqil ish mavzulari va shakllari



Mavzu nomi

TMI shakli

Soati



Hulq-atvorni boshqaruvida bazal gangliyalarning ahamiyati.

Ma’ruza mashg‘ulotlarini takrorlash, konspekt qilish, adabiyotlar bilan tanishish.

2



Nerv tizimining filogenezi.

Amaliy mashg‘ulotlarini takrorlash, konspekt qilish, adabiyotlar bilan tanishish.

2



Nerv tizimining evolyusiyasi.

Taqdimotlar tayyorlash.


2



Retikulyar formatsiya va uning ahamiyati.


O‘zbekiston va chet el olimlarining Scorpus yoki Elsevier tizimlari asosida mavzuga oid maqolalar topish va o‘rganish.

2



Limbik tizimi va uning genezi.

Referat tayyorlash.

2



Miya va ong.

Miya faoliyati – ong bo‘yicha ma’lumotlarni turli adabiyotlar bo‘yicha qidirish va jadvallar tayyorlash.

2



Peshona sohasining ahamiyati.

Test variantlari tayyorlash.

2



Simpatik nerv tizimi.

Taqdimotlar tayyorlash.

2



Parasimpatik nerv tizimi.

Parasimpatik nerv tizimi bo‘yicha ma’lumotlarni turli adabiyotlar bo‘yicha qidirish va jadvallar tayyorlash.

2



Metasimpatik nerv tizimi.

Sxemalar tayyorlash.

2



Fikrlash to‘g‘risida hozirgi zamon tasavvurlari.

Ma’ruza mashg‘ulotlarini takrorlash, konspekt qilish, adabiyotlar bilan tanishish.

2



Tafakkur va nutq.

Amaliy mashg‘ulotlarini takrorlash, konspekt qilish, adabiyotlar bilan tanishish.

2



Uyqu va uning ahamiyati.

Taqdimotlar tayyorlash.


4



Hissiyotlar neyrokimyosi.

O‘zbekiston va chet el olimlarining Scorpus yoki Elsevier tizimlari asosida mavzuga oid maqolalar topish va o‘rganish.

2



Xotiraning neyrofiziologik asoslari.

Referat tayyorlash.

4



Oliy nerv faoliyatining gumoral, morfologik va asabli nazariyalari.

Ma’ruza mashg‘ulotlarini takrorlash, konspekt qilish, adabiyotlar bilan tanishish.

2



Ikkinchi signal tizimining yosh va jinsga oid xususiyatlari.

Test variantlari tayyorlash.

2



Ta’lim olish va uning shakllari.

Taqdimotlar tayyorlash.

2

Jami

40


NAZORAT SAVOLNOMALARI

  1. Oliy asab faoliyati fiziologiyasi nimani o‘rgatadi?

  2. Funksiya nima?

  3. Oliy asab faoliyati fiziologiyasi qanday fan xisoblanadi?

  4. Oliy asab faoliyati fiziologiyasi o‘z oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan?

  5. Oliy asab faoliyati fiziologiyasini rivojlanish tarixi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  6. I.M.Sechenov “Asab markazlarida tormozlanish”ni nechanchi yili, “qo‘zg‘alishlarni (jamlanishini) summatsiyasi”ni nechanchi yilda yozgan?

  7. I.M.Sechenovning reflektor nazariyasini asosiy ko‘rsatmalari qaysi asarida bayon etilgan?

  8. Dominantlik talimotini muallifi kim?

  9. V.M.Bexterevni oliy asab tizimi to‘g‘risida qanday nazariyani rivojlantirdi?

  10. V.YA.Danilievskiyni tadqiqotlari nimalarga bag‘ishlangan?

  11. Oliy nerv faoliyati haqida materialistik ta’limotni kim yaratgan?

  12. Determinizm prinsipi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  13. Taxlil va sintez prinsipi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  14. Tuzilish-struktura prinsipning mohiyati nimalardan iborat?

  15. Avvallari bosh miya faoliyatini qanday usullar bilan o‘rganilgan?

  16. Xozirgi paytda bosh miya faoliyatini o‘rganishda tibbiyot klinikalarida qanday usullardan foydalanilmoqda?

  17. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida asab hujayralari qanday joylashgan va nechta qavatdan iborat?

  18. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i qavatlari bo‘ylab nechta xil tipdagi hujayralar joylashgan?

  19. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i turli qismlarining faoliyati va o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  20. Muhit doimiyligini taminlashda reflektor boshqarilishini qanday ishtrok etadi?

  21. Odam va yuksak darajada tuzilgan hayvonlarning asab tizimi orasida qanday farq va o‘xshashliklar mavjud?

  22. "Ichki muhitning doimiyligi - bu erkin yashash sharoitdir" degan fikrni kim aytgan?

  23. Afferent va efferent asab tolalarining farqi nimalardan iborat?

  24. Refleks va reflektor boshqarilish deganda nimani tushinasiz?

  25. SHartli va shartsiz reflekslarning farqi nimalardan iborat?

  26. SHartsiz reflekslar qanday paydo bo‘ladi?

  27. SHartli reflekslar qanday paydo bo‘ladi?

  28. SHartsiz va shartli reflekslar bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi?

  29. Ovqatlanish markazining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ovqatlanish reflekslari o‘z ichiga qanday faoliyatlarni qamrab oladi?

  30. I.P.Pavlov qanday shartsiz reflekslar borligini ko‘rsatgan?

  31. A.D.Slonim, shartsiz reflekslarni ichki muhit turg‘unligini qo‘llab turish, tashqi muhit o‘zgarishlari va turni saqlash bilan bog‘liq nechta gurux reaksiyalarga ajratishni taklif qilgan?

  32. G.Tembrok tomonidan taklif qilingan xulq-atvor tiplari nimalardan iborat?

  33. P.V.Simonov murakkab shartsiz reflekslarni nechta guruhlarga ajratgan va ularga tavsif bering?

  34. YU.Konorskiy shartsiz reflekslarni qanday guruxlarga ajratgan?

  35. Ochlik va to‘qlik holatlarini shakllantirish, gipotalamik sohaning ixtisoslashgan retseptorlari tomonidan qabul qilinadigan qanday signallar bilan belgilanadi?

  36. I.P.Pavlov shartsiz reflekslarni anatomik tamoyil bo‘yicha qanday tartibda ko‘rsatgan?

  37. SHartsiz reflekslarning tashkiliyligini olti darajasi nimalardan iborat?

  38. Elementar shartsiz reflekslarga tavsif bering?

  39. Muvofiqlashtiruvchi shartsiz reflekslarga tavsif bering?

  40. Integrativ shartsiz reflekslarga tavsif bering?

  41. Eng murakkab shartsiz reflekslarga tavsif bering?

  42. Elementar shartsiz reflekslarga tavsif bering?

  43. Oliy asab (ruhiy) faoliyatining murakkab shakllariga tavsif bering?

  44. Orientirlanish refleksining nechta shakli bor va ularga tavsif bering?

  45. “Instinktlar” deganda nimani tushinasiz?

  46. K. Lorens konsepsiyasi nimalardan iborat?

  47. SHartli refleks organizm adaptatsiyasida qanday ahamiyatga ega?

  48. SHartli reflekslarning vaqtinchalik xususiyatga ega ekanligi qaysi jarayoni mavjudligi bilan ta’minlanadi?

  49. SHartli reflekslar nima asosida vujudga keladi?

  50. SHartli reflekslarning tasnifi nimalardan iborat?

  51. Vegetativ shartli reflekslarga qaysi shartli reflekslar kiradi?

  52. Eksterotseptiv va interotseptiv shartli reflekslar guruxini bir-biridan farqi nimada?

  53. SHartli va shartsiz qo‘zg‘atuvchilarning ta’sirini vaqt birligida bog‘lanishi belgilariga ko‘ra qanday shartli reflekslar farqlanadi?

  54. SHartli refleks paydo bo‘lishini tushintirishda sinaptik va membrana farazlari xaqida tushuncha bering?

  55. SHartli reflekslarning xarakterli xususiyati nimadan iborat?

  56. SHartli reflekslarning umumiy belgilari to‘g‘risida tushuncha bering?

  57. SHartsiz quvvatlovchining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha farqlanadigan shartli reflekslar deganda nimani tushinosiz?

  58. CH.SHerrington asab tizimining ishi to‘g‘risidagi qonunidagi umumiy yo‘l prinsipi nimalardan iborat?

  59. SHartli reflekslarning hujayra mexanizmlari to‘g‘risida tushuncha bering?

  60. Reaktivlik va plastiklik atamalari nimani bildiradi?

  61. Vaqtinchalik aloqalar paytida neyronlararo munosabatlar qanday kechadi?

  62. Po‘stloq neyronlarining elementar mikrotizimini kim ajratgan va ularda qanday xususiyatlar borligi aniqlangan?

  63. Markazlarning neyrodinamik konstellyasiyasi nimani bildiradi?

  64. V.Mauntkaslning uchta asosiy qoidalari to‘g‘risida tushuncha bering?

  65. Yirik neyronli birlashmalarni yagona ishchi tizimda yig‘ilishini, shakllanishini va qo‘llab-quvatlab turilishining neyrofiziologik mexanizmlarida Dj.Ekklsni (1981) fikricha nechta qoida birlamchi xisoblanadi?

  66. Tashqi (shartsiz) tormozlanish qanday paydo bo‘ladi?

  67. SHartsiz tormozlanishning eng ko‘p uchraydigan omili qaysi refleks xisoblanadi?

  68. CHegara orti tormozlanishning eng oxirgi serrayib qotib qolish holati odam va hayvonlarda qanday qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida paydo bo‘ladi?

  69. Tashqi tormozlanish miya po‘stlog‘ida shartli refleks markazi bilan bir qatorda nima kuchli qo‘zg‘alganida kuzatiladi?

  70. Turli jadallikdagi ta’sirlarga nisbatan hujayraning chidamlilik chegarasi uni ishlash qobiliyati chegarasi deyilishiga sabab nimada?

  71. CHegaradan chiqqan tormozlanish dem nimaga aytiladi?

  72. SHartli tormozlanishning nechta xili bor va ularga tavsif bering?

  73. SHartli refleksning so‘nishi qanday kechadi?

  74. SHartli ta’sirotni differensiatsiyalash (tabaqalash) qanday qanday bo‘ladi?

  75. SHartli tormozning xosil bo‘lish mexanizmi to‘g‘risida tushuncha bering?

  76. SHartli refleksning kechikishi qanday bo‘ladi?

  77. Ichki tormozlanishning paydo bo‘lishi xaqida tushuncha bering?

  78. SHartli tormozlanishning asosiy belgilari nimalardan iborat va ularni sharxlab bering?

  79. I.P.Pavlov shartli tormozlanishni nimaga asoslanib to‘rtta turga bo‘lgan?

  80. So‘nuvchi tormozlanish deb nimaga aytiladi?

  81. Differensiyalashgan tormozlanish deb nimaga aytiladi?

  82. Kech qoluvchi tormozlanish deb nimaga aytiladi?

  83. SHartli reflekslarning hujayra mexanizmlari to‘g‘risida tushuncha bering?

  84. G.A.Vartanyan (1986), shartli tormozlanishning har xil turlari paytida impulsatsiyalarning qayta qurilishini nechta tipini aniqlagan va ularga tavsif bering?

  85. Dominanta va shartli refleks deganda nimani tushinasiz?

  86. Dominantaning shakllanish jarayonida qanday tormozlanish jarayoni muhim rol o‘ynaydi?

  87. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i dominanta uchun qanday rag‘batlarni shakllantiradi?

  88. Miyaning assotsiativ talamokortikal tizimi mustaqil kategoriyaga nima sababdan ajratiladi?

  89. Assotsiativ tizimlar ishining asosiy mexanizmlari sifatida nimalar belgilanadi?

  90. Multisensor konvergensiya mexanizmlari xaqida nimalarni bilasiz?

  91. Geteromodal sensor ta’sirlar paytida plastik qayta kurish mexanizmi qanday tipdagi javoblarni shakllantirishda namoyon bo‘ladi?

  92. Integratsiya izlarini qisqa muddatli saqlash mexanizmi nimalardan iborat?

  93. Talamoparietal tizim to‘g‘risida tushuncha bering?

  94. Talamofrontal tizim aktlarini amalga oshirishda qatnashadi?

  95. Miya po‘stlog‘ida ta’sirotlarning taxlil va sintez qilinishi qanday bo‘ladi?

  96. Dinamik stereotip deganda nimani tushinasiz?

  97. Hayvonlarda dinamik stereotip hosil qilish qanday amalga oshiriladi?

  98. Stereotip shartli refleks hosil qilish nimalar qilish kerak?

  99. Asab jarayonlarining irradiatsiyasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  100. Asab jarayonlarining konsentratsiyasi to‘g‘risida tushuncha bering?

  101. Asab jarayonlarining o‘zoro induksiyasi to‘g‘risida tushuncha bering?

  102. Musbat va manfiy induksiyalar qanday paydo bo‘ladi?

  103. I.P.Pavlov bo‘yicha hayvonlarning oliy asab faoliyati tiplariga tavsif bering.

  104. Hayvonlarni muntazam ravishda tegishlicha tarbiyalab, asab tizimi tiplarini ma’lum darajada o‘zgartirsa bo‘ladimi?

  105. Asab tizimining qayd qilingan shu to‘rtta tipi sof holda uchraydimi?

  106. Asab tizimining tipini bilish tibbiyot va veterinariyada qanday ahamiyatga ega?

  107. Qadimgi yunonlar davridan ma’lum bo‘lgan quyidagi 4 tipdagi mijozlarga tavsif bering?

  108. Qadimgi sharq mamlakatlarining olimlari va hakimlari odamlarni mijozlarini nechta guruxga bo‘lishgan?

  109. I.P.Pavlov faqat inson uchun xos bo‘lgan nechta tip mavjudligini ko‘rsatgan?

  110. Tashqi va ichki muhitning turli signallariga odamda ham shartli refleks hosil qilish mumkinmi?

  111. Tashqi va ichki muhitni bevosita tasavvur qilish odam va hayvon uchun qaysi signal tizimi xizmat qiladi?

  112. Ijtimoiy hayot bilan ikkinichi signal tizimi uzluksiz bog‘liqligi nimalardan iborat?

  113. YOsh bolalar oliy asab faoliyatining xususiyatlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  114. CHaqaloqlarda bosh miyaning katta pushtalarni bir-biri bilan qo‘shib turadigan va katta pushtalardan ajralib chiqadigan mayda pushtalar bo‘ladimi?

  115. Bolaning bosh miyasining og‘irligi 8-9 oylik bo‘lganda yangi tug‘ilgan paytdagiga nisbatan necha martaga ko‘payadi?

  116. Bola uch yoshga to‘lganida bosh miyasining og‘irligi yangi tug‘ilgan paytdagiga nisbatan necha martaga ko‘payadi?

  117. 1 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda po‘stloq kattalarnikiga nisbatan qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

  118. Bola necha yoshga etganda miya po‘stlog‘ining qavatlari aniq shaklga ega bo‘lib, olti qavatli shaklga kiradi?

  119. Bolalarda shartli reflekslar hosil qilish uchun katta odamlarda qo‘llaniladigan usullardan foydalanib bo‘ladimi?

  120. Bola to‘g‘ilgandan keyin oradan necha oy o‘tgach yorug‘lik va tovushlarga javoban vujudga keladigan harakatlar reflekslari hosil bo‘ladi?

  121. Bola to‘g‘ilgandan keyin oradan necha oy o‘tgach sezuv a’zolari orqali shartli refleks hosil qilsa bo‘ladi?

  122. Necha yoshdan boshlab bola ayrim gaplarni «tushunadigan» va ba’zi bir so‘zlarni gapiradigan bo‘ladi?

  123. Oliy asab faoliyati miyaning yuqori bo‘limlarini qanday faoliyati xisoblanadi?

  124. Odam va hayvonlarning individual xulq-atvorlarini ichki va atrof-muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvini miyaning qaysi bo‘limlari ta’minlaydi?

  125. Hissiyotlar tashqi va ichki ta’sirotlar natijasida shakllangan odam va hayvonlarning qanday holati va ularning muxim belgilari tana reaksiyasining nimasi hisoblanadi?

  126. Hissiyotlarni vujudga kelishi markaziy asab tizimining qaysi tuzilmalarini faollashishiga bog‘liq?

  127. Hissiy holat qaysi tizim tuzilmalarini shartsiz va shartli qo‘zg‘atgichlar tomonidan faollashtirishi oqibatida paydo bo‘ladi?

  128. Qaysi reflektorli mexanizm orqali odam o‘z hissiyotlarini boshqarishni o‘rganadi?

  129. Asoslashning fiziologik mexanizmi bo‘lib, qanday komponentlari bo‘lgan shartsiz va shartli qo‘zg‘alishlar tizimi hisoblanadi?

  130. Qaysi nazariyaga asosan ichki a’zolar va mushak faoliyatining o‘zgarishi hissiyotlarning paydo bo‘lishiga olib keladi?

  131. Qaysi nazariya hissiyotlarning paydo bo‘lishini periferiyadan keladigan afferent impulslarning ta’sirida o‘zgaradigan talamus faoliyatiga bog‘laydi?

  132. Peyps nazariyasini talamik nazariyaning rivoji deb hisoblasa bo‘ladimi?

  133. Hissiyotlarni ichki ehtiyojlarning hosil bo‘lishi yoki qaysi ta’sirotlar, masalan xotiradagi ma’lumotlarni eslash uyg‘otadi?

  134. Organizmda qaysi omillarning birortasi etarli bo‘lmasa, zo‘riqish holati rivojlanadi?

  135. Zo‘riqishning 4 ta darajasi to‘g‘risida tushuncha bering?

  136. Zo‘riqishning nechanchi darajasini astenik zo‘riqish deb ataladi?

  137. Zo‘riqishning nechanchi darajasida nevroz xolat kuzatiladi?

  138. Xissiy xotira deganda nimani tushinasiz?

  139. Harakat xotirasi deganda nimani tushinasiz?

  140. Ta’m bilish va xid bilish xotiralariga tavsif bering.

  141. So‘z-mantiq xotiralariga tushuncha bering.

  142. Odamning sensorli xotirasi uning qudratiga bo‘ysinadimi va uni ongli nazorat qilish imkoniyati bormi?

  143. Hozir sodir bo‘lgan voqealarni eslash bilan, uzoq o‘tmishdagi voealarni eslash o‘rtasida qanday farq bor?

  144. Uzoq muddatli xotirani sinapslarning o‘tkazuvchanligiga bog‘liqligini sababi nimada?

  145. Uzoq muddatli xotira mexanizmlarida katexolaminergik va serotoninergik tuzilmalar ishtirok qiladimi?

  146. Diqqat tushunchasi qanday faoliyat bilan belgilanadi?

  147. Diqqat qanday xususiyatga ega?

  148. Diqqatni bitta hodisaga qaratib turib, qolganlarini ham ma’lum darajada nazorat qilib turish qobiliyatlarini rivojlantirishning ahamiyati nimalardan iborat?

  149. Retseptorlarning axborotlarni saralashga ixtisoslashganining axamiyati nimalardan iborat?

  150. O‘rganish shakllari deganda nimani tushinasiz?

  151. Individual tajriba orttirish qanday yo‘llar bilan amalga oshiriladi?

  152. O‘rganish deganda qanday jarayonlar nazarda tutiladi?

  153. Uyqu paytida katta yarim sharlar po‘stlog‘ida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

  154. Nima sababdan uyquga ehtiyoj tug‘iladi?

  155. I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, uyqu katta yarim sharlar po‘stlog‘ida paydo bo‘lib, unga yoyiladigan va po‘stloq osti tugunlarga, oraliq va o‘rta miyalarga ham keng tarqaladigan (irradiatsiyalangan) qanday jarayon?

  156. Retikulyar formatsiya bilan po‘stloqning aloqasi uzilsa, hayvonda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

  157. Qaysi markazlar bo‘lishi tufayli odam odatda o‘rgangan vaqtida uyg‘ona oladi?

  158. Ot va boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlari qanday xolatda uxlashadi?

  159. Odatdagi fiziologik uyqudan tashqari yana qanday uyqular bo‘ladi?

  160. Mavsumiy uyqu evolyusiyada hayvon va o‘simliklarda qanday paydo bo‘lgan?

  161. Gipnotik uyqu sun’iy yo‘l bilan qanday hosil qilinadi?

  162. Narkotik uyqu tibbiyot va amaliyotda qanday hosil qilinadi?

  163. Patologik uyqu qaysi a’zolar kasallanganda kuzatiladi?

  164. CHaqaloqlar bir kecha-kunduzi necha marta va qancha vaqt uxlashadi?

  165. It, mushuk va shunga o‘xshash hayvonlar sutkasiga necha marta uxlaydilar va ularning uyqusi qancha vaqt davom etadi?

  166. Bedorlik holatidan uyqu holatiga qanday qilib o‘tiladi?

  167. Tush ko‘rish uyquning qaysi bosqichida kuzatiladi?

  168. I.P.Pavlovning fikricha gipnozning asosida bosh miya katta yarim sharlaridagi qaysi jarayon yotadi?

  169. Gipnozni necha davrga ajratiladi va xar bir davrga tavsif bering?

  170. Uyqu qaysi davrida gipnoz qilinayotgan odam gipnozchiga butunlay itoat qiladi va bo‘lgan voqea va hodisalarni eslab qola olmaydi?

  171. Birinchi signal tizimini qanday retseptorlarning qo‘zg‘alishi bilan ro‘y beradigan taxlil va sintez tashkil qiladi?

  172. Birinchi signal tizimi kimlarga xos xisoblanadi?

  173. Ikkinchi signal tizimining asosini nima tashkil qiladi?

  174. Birinchi signal tizimi bilan ikkinchi signal tizimi qaysi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi?


TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Asosiy adabiyotlar

  1. John T. Cacioppo Louis G. Tassinary Gary Berntson. Handbook of Psychophysiology. London, 2007

  2. Carpenter R., Reddi B. Neurophysiology A Conceptual Approach. UK, Hodder Arnold, 2013 by Taylor & Francis Group, LLC – 339 p.

  3. Almatov K.T., Karimova G.M. Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi. Toshkent: Universitet, 2013.

  4. Almatov K.T., Allamuratov SH.I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi. Toshkent: Universitet, 2004.

  5. Danilova N.I., Krыlova A.L. Fiziologiya vыsshey nervnoy deyatelnosti. – M.: Vыsshaya shkola, 2005. – 478s.

Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq, Toshkent, 2016. 56-b.

  2. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar’ –Toshkent, O‘zbekiston, 2017. 104-b.

  3. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. 2016 yil 7 dekabr - Toshkent, O‘zbekiston, 2017. 48-b.

  4. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, iloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari o‘rin olgan. - Toshkent, O‘zbekiston, 2017. 488-b.

  5. Batuev A.S. Vыsshaya nervnaya deyatelnost. – M.: Vыsshaya shkola, 1991.

  6. Bianki V.L. Asimmetriya mozga jivotnыx. – L.: Nauka, 1985.

  7. Kogan A.B. Osnovы fiziologii vыsshey nervnoy deyatelnosti. - M.: Vыsshaya shkola, 1988.

  8. Springer S., Deych G.M. Levыy mozg, pravыy mozg.- M.: Mir, 1977.

  9. SHeperd G. Neyrobiologiya. V 2-x knigax. – M.: Mir, 1987.

Internet saytlari

  1. www.ziyonet

  2. www.pedagog.uz

  3. www.maik.ru

  4. http://www.bio.bsu.by/phha/

  5. http://bio.olymp.mioo.ru/course/view.phpid=13

  6. www. referat. ru

  7. www.ziyouz.com

  8. http://arsob.narod.ru/PHA.html

  9. http://www.petrsu.ru/Chairs/physiology.html

  10. http://www.fiziolog.ru/

  11. http://www.bio.bsu.by/physioha/kursy.html

  12. www.nun.uz

  13. www.natl.uz



BAHOLASH MEZONI

Talabalarni ON, JN, YAN va mustaqil ishlari 5 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi. Bunda ON va YAN savolnomalari talabalarga oldindan, ya’ni 1-2 darslarda beriladi.



Oraliq nazorat bilan joriy nazorat ballarining o’rtachasi hisoblanadi, bu esa yakuniy nazoratga kirish uchun asos bo’ladi.

Baho

Talabaning bilim darajasi

“5”–A`lo

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

“4”–Yaxshi

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

“3”–Qoniqarli

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

“2”–Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo`lmaslik, Bilmaslik.





Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish