2-laboratoriya ishi
Mavzu: MS Word matn muxaririda ishlash. Ishchi maydonining tuzilishi.
Hujjatlar tayyorlash.
Kerakli texnik vositalar: Pentium-4 shaxsiy kompyuteri.
Ishning maqsadi: Yangi hujjat yaratishni, klaviaturadan matn kiritishni o‘rgatish,
matnni formatlash amallari bilan tanishtirish.
Topshiriqlar:
1. Microsoft Word dasturini ishga tushiring (Pusk– Programmi – Microsoft Word).
Dastur ish boshlashi bilan avtomatik tarzda yangi "Dokument1" nomli hujjat
tuziladi.
2. Quyidagi matnni kiriting:
Informatika
Informatika fani bugungi kunda inson faoliyatining turli sohalarida
qo‘llanilayotgan fanlardan biri bo‘lib, u XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga
keldi.
6
Informatika fani inson faoliyatining turli holatlarida axborotlarni izlash,
to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan
shug‘ullanuvchi fandir.
Informatika fan sifatida
Informatika fan sifatida informatsion jarayon (axborotlashgan jarayon)
larning qonuniyatlarini o‘rganadi. Informatsion jarayon keng tushuncha bo‘lib,
ma’lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to‘plash, qidirish va iste’molchiga
berishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zida aks ettiradi.
Informatika atamasi lotincha «informatic» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
tushuntirish, xabar qilish, bayon etish kabi ma’nolarni anglatadi. Ingliz tilida bu
atamaga Computer sciene (Kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimiga mos
keladi.
Informatika atamasi XX asrning 60-yillarida ishlatila boshlagan bo‘lsada,
uning alohida fan sifatida ajralishi 40-50 yillarga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki bu
davrda tarixda birinchi EHM yaratilgan edi. (1942 yil, AQShda ENIAK deb
nomlangan elektron hisoblash mashinasi). Birinchi EHM yaratilgandan so‘ng
Informatika fani yanada rivojlanib hozirgi taraqqiyot darajasiga yetdi.
Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga
asoslanadi, kompyutersiz mavjud bo‘la olmaydi va o‘z navbatida uning rivojiga,
yangilanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
3. Matnni to‘laligicha ajrating (sichqoncha ko‘rsatkichini matn boshiga keltirib,
chap tugmachasini ezib qo‘yvormasdan matn oxirigacha yurgazing yoki Ctrl+A
klavish kombinatsiyasini bosing).
4. Times New Roman shrifti, 12 pt o‘lchamni o‘rnating. (Format – Shrift
buyrug‘ini bajaring, ochilgan "Shrift" muloqot oynasining birinchi vkladkasida
mos maydonlarga kerakli qiymatlarni tanlang va OK tugmachasini bosing)
5. Ajratishni bekor qiling (hujjatning ixtiyoriy sohasida sichqoncha chap
tugmachasini bosing) va o‘zgarishlar kuchga kirganiga ishonch hosil qiling.
6. Birinchi sarlavhani - "Informatika" ajrating, uning uchun shriftning quyidagi
parametrlarini o‘rnating: shrift - Arial Narrow, o‘lchami - 13, uslubi -
qalinlashtirilgan kursiv, rangi – to‘q-qizil, ko‘rinishi (vidoizmenenie) – barchasi
bosh harflarda va soyali (vse propisnie i s tenyu). Bu barcha parametrlar "Shrift"
muloqot oynasining birinchi vkladkasida o‘zgartiriladi.
7. Boshqa barcha sarlavhalarni shu usulda formatlang.
8. Birinchi sarlavhani - "Informatika" ajrating, uning uchun harflar orasini 2 pt ga
kichraytirilgan interval kabi o‘rnating ("Shrift" muloqot oynasini oching "Interval"
vkladkasiga o‘ting, «Interval» bo‘limidagi menyuni oching va "Uplotnenniy"
punktini tanlang, o‘ngdagi "na" maydonida 2 raqamini yozing va OK tugmachasini
bosing)
9. Xuddi shu usulda barcha toq nomerli sarlavhalarni formatlang.
7
10. Birinchi sarlavhani - "
Informatika fan sifatida Natija" ajrating, uning uchun
harflar orasini 3 pt ga kengaytirilgan interval kabi o‘rnating (8-topshiriqqa qarang,
faqat "Uplotnenniy" punktining o‘rniga "Razrejenniy" punktini tanlang va "na"
maydonida 3 yozing).
11. Birinchi sarlavhaning matnini ajrating va uning uchun "Krasnqe muravg‘i"
animatsiyasini o‘rnating ("Shrift" muloqot oynasini oching "Animatsiya"
vkladkasiga o‘ting, "Vid" ro‘yhatida "Krasnie muravyi" animatsiyasini tanlang va
OK tugmachasini bosing).
12. Xuddi shu usulda matnning ixtiyory bir necha bo‘laklarini formatlang.
13. Mustaqil holda «Formatirovanie» uskunalar panelining vazifalarini o‘rganib
oling:
14. Hujjatni Moi Dokumenti papkasidagi o‘z papkangizga «Infotmatika asoslari»
nomi bilan saqlab qo‘ying (Fayl – Soxranit kak … buyrug‘ini bajaring, ochilgan
muloqot oynasida kerakli papkani ko‘rsating, Imya maydoniga Infotmatika asoslari
deb yozing va Soxranit tugmachasini bosing).
Do'stlaringiz bilan baham: