QISHLOQ XOʻJALIGI - Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jaligining asosi agrosanoat majmuyidan iborat.
- Qoraqalpog‘iston ekin maydonining katta qismida paxta va g‘alla yetishtiriladi. Amudaryo mansabida beda va sholi yetishtirish qulay.
- Qoraqalpog‘iston O‘zbekistondagina emas, balki O‘rta Osiyoda urug‘lik beda yetishtiradigan eng yirik mintaqadir.
- Beda urug‘ining Qoraqalpog‘iston navi eng sifatli hisoblanadi.
- G‘alla ekinlaridan sholi, oq jo‘xori va makkajo‘xori ko‘p ekiladi. Sholikorlik katta o‘rin tutadi.
- O‘zbekistondagi sholi maydonlarining katta qismi Qoraqalpog‘istondadir.
- Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: sholichilik, paxtachilik, polizchilik, qo‘ychilik.
XOʻJALIGI VA SANOATI - Qoraqalpogʻiston – xoʻjaligi rivojlangan respublika shunga qaramay O'zbekistoning Dotatsiyon mintaqasi hisoblanadi.
- Qoraqalpogʻiston hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, qurilish va qoplama toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, sement, kon-ruda va kon-texnika xom ashyosi olinadi.
XOʻJALIGI VA SANOATI - Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud boʻlib, ular quyidagʻilardan iborat: elektroenergetika; yoqilgʻi sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashinasozlik va metallsozlik; oʻrmon yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz; un-yorma va aralash yem; poligrafiya sanoatlari.
- Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, ohaktosh, qoplama materiallar, yigʻma temir-beton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari, toʻqimachilik galantereyasi, oʻsimlik moyi, goʻsht va goʻsht mahsulotlari. non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va boshqa ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
QORAQOLPOG’ISTON SANOATI - Qoraqalpog‘iston sanoatining rivojlanishida Chorjo‘y–Qo‘ng‘irot temiryo‘lining ishga tushirilishi muhim rol o‘ynadi.
- Sanoatning energetika, metallsozlik, kimyo, binokorlik kabi yangi tarmoqlari vujudga kela boshladi.
- Qo‘ng‘irotda yiliga 160 ming tonna kalsiyli soda, 150 ming tonna kaustik soda, 20 ming tonna oziq-ovqat sodasi va 400 ming tonna osh tuzi ishlab chiqara oladigan ulkan zavod ishga tushirildi.
- Binokorlik materiallari sanoati g‘isht, ohak, qamish, plita ishlab chiqaradi.
- Ular, asosan, Xo‘jayli, Nukus, Taxiatosh shaharlaridadir. Qoraqalpog‘istondagi sement xomashyosi binokorlik materiallari ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |