45
11 yillik majburiy o‘rta ta’limning mazmuni va uni tashkil
etish mexanizmlari
11 yillik majburiy o‘rta ta’lim mazmunini belgilash va
muntazam yangilashning asosiy prinsiplari:
a) ta’lim mazmunining o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilganligi;
b) ta’lim mazmunining kompetensiyaviy yondashuvga asoslanganligi;
d) ta’lim mazmunining insoniylik, insonparvarlik, madaniyatshunoslikka asoslanganligi;
e) ta’lim mazmunining fundamental xarakterga egaligi;
f) ta’lim mazmunining o‘quvchi salomatligini saqlash va
muhofaza qilishga yo‘naltirilganligi;
g) ta’lim mazmunining o‘quvchilarda amaliy faoliyat
ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naItirilganIigi;
h) ta’lim mazmunining darajali integratsiya asosida tanlanishi
va muayyan o‘quv bloklari, o‘quv modullaridan tashkil topishi;
i) ta’lim mazmunida faoliyatli yondashuvga ustuvor o‘rin
ajratilganligi;
k) ta’lim mazmunini optimallashtirishga ustuvor o‘rin
ajratilganligi;
e) ta’lim mazmuniga o‘zbek xalqi ijtimoiy tajribasining
singdirilishi;
m) ta’lim mazmunining tabaqalashtirilishi va sohalar bo‘yicha
ixtisoslashtirilishi;
n) shaxsni rivojlantirishning psixofiziologik va yosh xususiyatlari hisobga olinganligi;
o) o ‘quv jarayonining kutilayotgan natijaga yo‘naltirilganligi;
p) ta’limning ochiqligidan iborat.
11 yillik majburiy o‘rta ta’lim mazmunida quyidagi ta’lim
sohalari: filologiya, matematika, tabiiy-ilmiy bilimlar, inson va
jamiyat, texnologiya, jismoniy tarbiya to‘liq amal qiladi. 11 yillik
majburiy o‘rta ta’lim mazmuni tayanch о‘quv predmetlari orqali
amalga oshiriladi: ona tili va adabiyot, rus tili, chet tili, matematika,
tarix, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim asoslari, tabiyot va
geografiya, biologiya, fizika, kimyo, informatika va axborot
texnologiyalari, odobnoma, Vatan tuyg‘usi, milliy istiqlol g‘oyasi
46
va ma’naviyat asoslari, musiqa madaniyati, tasviriy san’at,
chizmachilik, texnologiya, jismoniy tarbiya. Xuddi mana shu о‘quv
predmetlari bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan
davlat ta’lim standartlari belgilab beriladi.
Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda
ushbu fanlar integratsiyalashtirilishi yoki ularning ayrim komponentlari uyg‘unlashtirilishi mumkin.
0 ‘quv predmetlari mazmuni quyidagi yo‘nalishlarda o‘zgartiriladi:
1. Atrof-muhitdagi o‘zgarishlar va tanyach fanlarda vujudga
kelgan yangiliklar bilan bogiiq holda o‘quv predmetlarining
mazmuni yangilanadi va boyitiladi.
2. Jamiyat hayoti uchun muhim bo‘lgan, umummadaniy ahamiyat kasb etgan mavzular eski mavzulami chiqarib tashlash hisobiga ta’lim mazmuniga joylashtiriladi.
3. V-IX hamda V-XI sinflar bo‘yicha o‘quv bloklari va o‘quv
mavzularini taqsimlash asosida o‘quv yuklamasini kamaytirish hisobiga ta’lim mazmuniga o‘zgartirishlar kiritiladi. 0 ‘quv muddatlarining uzaytirilganligi hamda о‘quv materiallarining qayta taqsimlanishi hisobiga o‘quv yuklamalarining hajmi kamaytiriladi.
0 ‘quv yuklamasining maksimal hajmi 0 ‘zbekiston Respublikasi
hududida o‘matilgan sanitar-gigiyenik meyorlar doirasida belgilanadi.
Boshlangich I-IV sinflarda kunlik о‘quv soatlari miqdori - 4,
V-IX sinflarda - 6, X-XI sinflarda - 7 soatdan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |