Oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy pedagogika


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Download 0,62 Mb.
bet146/234
Sana01.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#601589
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   234
Bog'liq
китоб

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan, madaniyat, ta’lim-tarbiya
taraqqiyoti nimalarda namoyon bo‘idi?
2. Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va didaktik qarashlarining
ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?
3. Abu Nasr Forobiy yashagan davrda ijtimoiy tuzum qanday
edi?
4. Beruniyning fozil insonni shakllantirishga oid qarashlarining hozirgi davrdagi ahamiyatini izohlang.
5. Ibn Sino oilada bola tarbiyasi haqida qanday fikrlami ilgari
surgan?
383
XV BOB. SHARQ PEDAGOGIK TA’LIMOTIDA
ТА’ LIMIY-AXLOQI Y QARASHLAR
Yusuf Xos Hojib
Ma’lumki, Sharq Uyg‘onish davrida ma’naviy-ma’rifiy sohada
asosiy masala inson muammosi bo‘lgan. Shuning uchun ham ta’limtarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharqqa xos boigan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi
yuksalish muammosi yetakchi g‘oya bo‘lgan. Insoniylik, insonni
ulug‘lash g'oyasi ta’lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlaming asosiy
o‘zagi sanalgan. Bu g‘oyani, ya’ni insonparvarlik g‘oyasini amalga
oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy
munosabatlar va xislatlami tarkib toptirishga olib keluvchi ta’limtarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo‘yilgan. Zero,
insoniylik g‘oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham
Sharq Uyg‘onish davri falsafasi va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy
yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflaming
ham, buyuk mutafakkirlaming ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo‘ldi. Ta’limiy-axloqiy risolalar
paydo bo‘lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil
etildi. “Qutadg‘u bilig”, “Axloqi Nosiriy”, “Qobusnoma”, “Hibbat
ul-haqoyiq”, “Guliston”, “Bo'ston”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Muhsiniy”, “Mahbub ul4julub” kabi Yusuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy,
Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylaming ta’limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta’kidlaganimiz inson
shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish
sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga
ega. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga
yetishida yuksak axloqqa egabo‘lishi ilm-fanni egallashi asosidagina
amalga oshishi mumkin, degan g‘oya ilgari surildi. Chunki biz
nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o‘rgatish “Qur’on” va
“Hadis”lami o‘rganish va ulardagi ko‘rsatmalami o‘zlashtirib olib
384
bilan birga olib borilgan. Shunga ko‘ra, “Qur’on” va “Hadis”lardagi
pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir etgan. Hadislaming ta’siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida urg‘u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehru-oqibat, ehson, shaim-hayo, ilm izlash,
muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o‘z ifodasini
topgan va Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga
ta’sir etgan. Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g‘oyalar asosida yaratiidi. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg‘u bilig” asaridan boshlanib, Kaykovusning “Qobusnoma”,
Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq”, Sa’diyning “Guliston”,
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” va boshqa asarlar negizida
ko‘rinadi. Ham g‘oya, ham mazmun, ham shakl buning dalilidir. Masalan “Qur’on”da ham, “Hadis”larda ham, ta’limiy-axloqiy dostonlarda ham ilm ta’rifi bilan birga, xulq-odob qoidalari, turmush odobi
yoritiladi. Xullas, Sharq ta’lim-tarbiyasida ilmni targ‘ib etish, xulqodob qoidalari islomiy tamoyillarga asoslangan, ta’limiy-axloqiy
asarlardagi mundarijalaming o‘xshashligi ular tayangan ma’naviy
zaminga bog‘liqdir.
Tadqiqotchilaming fikrlariga ko‘ra Yusuf Xos Hojibning taijimai holini faqat uning o‘z asarida yozib qoldirgan ma’lumotlardan
bilamiz, xolos:
Mo‘nuqi tarug‘laq Qo‘z o‘rdu eli,
Tub-asli nasabdin yurishish tili
Bu tug‘mish elindin chiqib borgoni,
Kitobni qo‘shubon tugal qilg‘oni.
Barusin bitimish, yeturmish nizom,
Bu Qoshg‘ar elinda qo‘shulmish tamom.
Qo‘z o‘rdu oclkasi aslida eli,
Tub asli nasabdan so‘z ochdi tili,
Tug‘ilgan ehdan chiqib borgani
Kitobni jam etib tugal qilgani.
Borini bitibdir ne esa kalom,
Bu Qashqar elida tugadi tamom1.
1Юсуф Хос Хржиб. Кутидгу билиг (Саодахга йулловчи билим). Транскрипция ва х;оз^?гн узбек тилнгв тавсиф.
Нашрга тайёрловчи Каюм Каримов. Тошкент, «Фан» нашристи, Т., 1971, 57-бет.
385
Yuqoridagi misralardan Yusuf Xos Hojibning tugcilgan joyi
Qo‘z o‘rdu (ya’ni Bolasog‘un) ekanini, ammo uni yozishda turli
o‘lkalarga safar qilgani, va nihoyat uni vatani Qashqarda tugatgani
taxmin qilinadi.Demak, Yusuf Xos Hojib Bolasog‘unda tug‘ilgan,
o‘z asarini yoshi ellikdan o‘tganda yozgan. Asaming hijriy 462-
(1069-1070) yozib tugallanganligi, uni o‘n sakkiz oyda, ya’ni 461
yilning birinchi yarmida boshlab, 462-yilning o‘rtalarida
tugatganligi, agar bu davrda Yusuf Xos Hojib 50 yoshlar atrofida
bo‘lsa, 410 (1019 milodiy)-yillarda tug‘ilganligi taxmin etiladi.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari 6500 baytdan yoki
13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir as ami yozib tugatgach,
qoraxoniylar hukmdori Tavg‘achxon (kitobda Tavg£och Ulug‘
Bug‘ra Qoraxon (xoqon), Abo Ali Hasan binni Sulaymon Arslon
Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan) huzuriga kelib, unga
taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo‘lib, uning muallifiga Xos
Hojiblik unvonini beradi. “Qutadg‘u bilig” asari katta shuhrat
qozonadi. Shuning uchun ham “Qutadg‘u bilig”ni chinliklar
(Xitoy) “Adab ul-muluk” (‘Hukmdorlar odobi”), mochinliklar
(Sharqiy Turkiston) “Anis ul-mamolik” (“Mamlakatning tartib
usuli”), eronliklar “Shohnomai turkiy”, Sharq elida “Ziynal ulumaro” (“Amirlar ziynati”), turonliklar “Qutadg'u bilig”, ba’zilar
esa “Pandnomai muluk” (“Hukmdorlar nasihatnomasi”) deb
atagani kitob muqaddimasida keltiriladi. Qutadg‘u bilig - baxt va
saodatga eltiluvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak,
asar nomidan ham uning pand-nasihatlar, ta’lim-tarbiyaga oid, har
tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk didaktik asar
ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish