Qo‘zg‘almas faza qattiq modda bo‘lsa, tahlil qilinayotgan modda (sarbat) qattiq faza (sorbent) bilan o‘zaro ta’siri yana:
adsorbsiya akti – molekulyar adsorbsion xromatografiyasi bo‘lishi mumkin.
qattiq faza ionlarini eritmalardagi ionlarga almashishi ionalmashinuv xromatografiyasi.
xromatografik tahlilida qiyin eruvchi moddalarni kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘lishi va bir biridan ajralishi cho‘ktiruvchi xromatografiyasi. 13.Qog‘oz tolalarining kapillyar quvvati hisobiga qo‘zg‘aluvchi erituvchi sistemasi qog‘oz tasmasi bo‘ylab sekin asta shimilib yuqoriga ko‘tariladi va u o‘zi bilan start nuqtasiga qo‘yilgan aniqlanuvchi aralashma komponentlarini ham xarakatlantiradi. Zarur kenglik va uzunlikda qirqib olingan xromatografik qog‘ozni bir uchidan start chizio‘i belgilanib, u erga nuqta xolida (yoki chiziqli xolda) aniqlanuvchi namuna aralashmasi kapillyar naycha yordamida shimdiriladi va nuqta dog‘i quriguncha kutiladi. So‘ng qog‘oz tasmasi start chizig‘i tomoni bilan oldindan tayyorlab qo‘yilgan, organik erituvchi sistemasi qo‘yilib, uning bug‘i bilan 20-30 daqiqa to‘yintirilgan kameraga tushiriladi va maxsus moslama yordamida osib qo‘yiladi. 14.Xromatografik jarayonni bajarish uchun zarur bo‘lgan qog‘oz o‘lchami qirqib olingach, uning bir tomoniga (start), qirg‘og‘idan 2-3 sm yuqorida nuqtalar belgilanib, tekshiriluvchi namuna eritmasi kapillyar naychalar yordamida shimdi-riladi, bunda shimilishdan hosil bo‘ladigan namlik diametri 0,5 sm dan oshmasligi kerak. Nuqta qurigach xromatografik lenta avvaldan qo‘zg‘aluvchi faza porlari bilan 20-30 daqiqa davomida to‘yintirilgan kolonkaga joylashtiriladi. 15.Qo‘zg‘aluvchi faza gaz bo‘lsa, u gaz suyuqlik xromatografiyasi deyiladi. Qo‘zg‘aduvchi faza modda bo‘lsa, u xolda bu fazada eriydigan qattiq suyuqlik moddalar tekshirilishi mumkin. Agar qo‘zg‘aluvchi faza gaz bo‘lsa, tahlil qilinayotgan moddalar gaz yoki bug‘ xolatida bo‘lishi lozim.
16.Qog‘oz xromatografiyasida moddani qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas fazalar orasidagi miqdoriy proporsiya bilan aniqlash katta xatoliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun Rf qiymati asosida xisoblab topish mumkin.
17. Rf - ko‘rsatkich.Ikkita turli qutbli erituvchilarni aralashtirib har xil ajratish xususiyatiga ega sistema tayyorlash mumkin. Ammo xromatografiya qilinayotgan moddaning Rf-ko‘rsatkichi 0,5 ga teng bo‘lgan hamma erituvchilar sistemasi ham bu turdagi moddalarni yaxshi ajratavermaydi. SHu sababli ba’zi xollarda bir necha sistemalarni qo‘llab ko‘rib, komponentlarni maksimal ajratishga erishgan sistemani tanlash kerak. Bunday sistemalar jumlasiga xloroform, efir va etanolning benzoldagi 5% eritmasi, bo‘lishi mumkin. Bularda xloroform vodorod donori, efir vodorod akseptori, uchinchi sistema esa donor va akseptorlik xususiyatiga ega. 18.Ikkilama qog‘oz xromatogrammasi variant,Xromatografiyani ba’zi bir variantlari asboblarda qo‘zg‘almas fazani joylashishi bilan farq qiladi. Eng tarqalgan varianti, (kolonkali) nayli usuldir. Qo‘zg‘aluvchi faza va tahlil qilinayotgan modalarni bir – biriga tegishli sorbent zarralarini ustki qavatini aralashma komponentlarini qo‘zg‘aluvchi fazadagi eritmasi bilan yuvilishi va bu moddalarni sorbent qavatl ari orasiga joylashishi orqali sodir bo‘ladi. 19.Qog‘oz xromatografiyasi variantlari bir tomonlama yuqoridan pastga, bir tomonlama pastdan yuqoriga, ikki tomonlama xromatografik usulda, aylana (radial) xromatografik usulda, qog‘oz kolonkali xromatografiyasi hamda elektroforetik xromatografik taqsimlanish usullaridan iborat.
20.Ikki tomonlama xromatografik jarayonlar variantlari bu usul aralashmasi eng qulay (original) usul hisoblanadi. Bunda aniqlanuvchi modda aralashmasi to‘rt burchak shaklidagi xromatografik qog‘oz varaqning bir burchagiga nuqta xolida shimdirilgan, bir sistemada xromatogramma boshqa modda joylashishi tarkibiga asoslangan xolda ikkinchi erituvchiga boshqa qirg‘og‘i bo‘yicha joylashtiriladi. Bunda birinchi galda olingan xromatogramma dog‘lari boshlang‘ich nuqta xolatida bo‘lib, ikkinchi erituvchida qaytadan taqisimlanadi. Xromatografik qog‘oz quritilib, so‘ng aniqlovchi reaktiv purkaladi va rangli dog‘lar hosil qilinadi. 21.Aylanma (radial) xromatografik jarayon bu aniqlanuvchi modda aralashmasi aylana disk xolidagi xromatografik qog‘oz markaziga nuqta bo‘yicha qo‘yiladi va shu erga osma pilik orqali qo‘zg‘oluvchi faza doimiy shimdirib turiladi. Moddalar aralashmasi aylana bo‘yicha shimilib ajraladi.
Xromatogramma qog‘oz radusi bo‘ylab qirqib olinadi va har bir sektor ayrim reaktivlar bilan ishlov berilib, modda aniqlanishi mumkin.
22.Qog‘ozdagi kolonkali xromatografik jarayoni bu usulda xromatografik taqsimlanish xromatografik qog‘oz aylanmasi bo‘ylab bajariladi. Aniqlanuvch modda aralashmasi xromatografik qog‘oz aylanmasi bo‘ylab shimdiriladi va shu yo‘sinda qo‘zg‘aluvchi erituvchi shimdiriladi. Tajriba oxirida qog‘oz aylanmasi yoziladi va xromatogramma asosida har bir modda ayrim-ayrim o‘rganiladi.