3-qism: Har bir topshiriq 2,6 balldan baholanadi
20.Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati ancha rivojlangan edi. Birgina Buxoro shahrining o‘zida usta hunarmandlar tomonidan necha turdagi cholg‘u asboblari yasalgan?
A) o‘n besh turdagi B) yigirma turdagi C) o‘n turdagi D) o‘ttiz turdagi
21. Qaysi tarixchi o‘z qaydnomalarida Amir Temur qo‘shinlarida ayollardan iborat bo‘linmalar bo‘lganligini yozib qoldirgan?
A) Ibn Arabshoh B) Ibn Xaldun C) Ibn Battuta D) Abu Bakr Kalaviy
22. Eftallar yozuviga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.
1) Baqtriya yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 2) Baqtriya yozuvi asosida shakllangan; 3) o‘ngdan chapga, tepadan pastga qarab yozilgan; 4) 25 harfdan iborat bo‘lgan; 5) Sug‘d yozuvi asosida vujudga kelgan; 6) chapdan o‘ngga tomon ko‘ndalangiga yozilgan; 7) 22 harfdan iborat bo‘lgan; 8) Toxariston yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 9) Oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan.
A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6 C) 5, 6 D) 2, 3, 7, 8
23. Yevropalik olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqoti qaysi asarda aks etgan?
A) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” B) “Buyuk Temur tarixi”
C) “Amir Temur hikmatlari” D) “Ikki buyuk sarkarda”
24. Quyidagilardan Kiyev Rusidagi vaziyatni yanada murakkablashtirgan omilni aniqlang?
A) qonli urushlar B) qipchoqlar hujumlari
C) iqtisodiy inqiroz D) nemislar hujumi
25. “Temur tuzuklari”ga ko‘ra, Amir Temur vazirlarda qanday sifatlar bo‘lishi kerakligi haqida to‘xtalib o‘tgan?
A) Asillik, toza nasllilik, aql-farosatlilik, sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lishlik, sabr chidamlilik va tinchliksevarlik
B) Xalqni sevuvchi, ardoqlovchi, xushmomila bo‘lishi
C) Aqlli, farosatli, raiyat ahvolidan xabardor bo‘lishi
D) Sabr matonatlilik, chidamlilik, aqil farosatlilik, aholi orasida e’tiborga sazovor bo‘lgan shaxslar
26. O‘nboshi qo‘li ostidagilardan biri botirlik ko‘rsatsa, birinchi galda uni
qanday lavozimga tayinlaganlar?
A) O‘nboshi B) Yuzboshi C) Mingboshi D) Amir
27. O‘rta asr Yevropasida qanday universitetlar to‘la mustaqil bo‘lganligini aniqlang?
A) xususiy universitetlar
B) qirol tomonidan tashkil qilingan universitetlar
C) qiroldan maxsus yorliq olgan
D) grafliklarda tashkil qilingan universitetlar
28. Buxoro xonligida eng muhim tabiiy fanlar o‘qitilmasligi sababini aniqlang.
1) diniy mutaassiblikning kuchayganligi;
2) darsliklar yetishmasligi;
3) tashqi aloqasi o‘zi kabi kam taraqqiy etgan davlatlar bilan cheklanib qolganligi;
4) ilg‘or Yevropa davlatlari bilan aloqani yo‘lga qo‘ya olmaganligi;
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4
29. “Sening ortingda islomning dushmani turgani sir emas. Sen butun musulmonlarning sultonisan. Men bunday paytda senga qarshi bo‘lishni istamayman. Taqdir qo‘lida senga qarshi qurol bo‘lishni xohlamayman. Men kabi odam seningdek insonga qarshi qilich ko‘tarishi kechirilmas holdir!” deb yozilgan maktubni Jaloliddin Manguberdiga kim yo‘llaydi?
A) Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish
|
B) Misr sultoni Barquq
|
C) Bag‘dod xalifasi Nosir
|
D) Mo‘g‘ul xoni Chingizxon
|
30. “Amir Temur Rusning Oltin O‘rda zulmidan xalos bo‘lishini hamda bu davlatning yuksalishini tezlashtirdi”. Ushbu fikr qaysi kitobdan keltirilgan?
A) “Ikki buyuk sarkarda”
B) “Temur tuzuklari”
C) “Buyuk Temur”
D) “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli”
Do'stlaringiz bilan baham: |