Eng qadimgi urug`chilik tuzumi – insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo`lgan, hamma odamlar hamkorlikda mehnat qilgan bir davridir.
Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning ibtidoiy to`daga birlashuvi bo`lib, bu to`da o`zida qadimgi odamlarning katta jamoasini mujassam etgan edi.
Ibtidoiy to`da – turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan qadimgi odamlar jamoasidir.
Eng qadimgi to`da asta-sekin bo`linib ketdi, qarindoshlarning alohida uyushmasiga – urug` jamoasiga aylana bordi.
Urug` – birgalikda yashagan va hamkorlikda mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yaroqqa ega bo`lgan qarindoshlar jamoasidir. Dastlabki urug` jamoalari ayol, ya`ni ona tevaragida jipslasha boshlagan. Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug`i davri – matriarxat deb ataladi.
Matriarxat – eng qadimgi tuzum rivojidagi bir bosqich bo`lib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilangan, urug`ga va oilaga ayol kishi sardorlik qilgan.
Ancha keyinroq, mehnat qurollari va xo`jalik yuritish shakllari takomillashgani sayin jamoadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o`ta boshladi, endi erkak kishi urug`ga sardor bo`lib qoldi. Olimlar insoniyat tarixidagi bu davrni patriarxat deb atashadi, patriarxat bilan eng qadimgi urug`chilik tuzumi ham nihoyasiga yetdi.
Patriarxat – eng qadimgi jamoa tuzumining bir davri bo`lib, unda erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqega ega bo`lgan, qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan.
Eng qadimgi odam dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani tufayli arxeologlar insoniyat tarixi ibtidosini «tosh asri» deb atashadi, tosh asri ancha uzoq davom etgan va shuning uchun ham uni quyidagi bosqichlarga ajratishadi, jumladan:
Olduvay – miloddan 3-2 million yil avval.
Ilk paleolit – miloddan l million – l00 ming yil avval .
O`rta paleolit – miloddan l00-40 ming yil avval .
So`nggi paleolit – miloddan 40-l2 ming yil avval.
Yer yuzidagi dastlabki odamlar qaddi-qomatini tik tutib yurgani, mehnat qurollarini yasash va ularni ishlatishni bilgani uchun hayvonot dunyosidan farqlanib turishgan.
Qadimgi odamlarning yashagan hududlari
Yer yuzida iqlim iliq bo‘lgan davrlarda odamlarning makonlari a)kichik daryolar yoki b)buloqlar yaqinidagi tepaliklarda joylashgan. Ilk paleolitning oxirlariga kelib Buyuk muzlik davri boshlandi. Ibtidoiy odamlar o‘ta qattiq sinovga duch keldi. Bu hol odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga undadi. Bunday paytda kuchlilargina yashab qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |