11-mavzu. sitoplazma - sitozol - hujayra matriksi:
Sitoplazma (hujayra matriksi) suv va suvda erigan anorganik va organik moddalar, shu jumladan fermentlar va oqsillardan tashkil topgan. Hujayra matriksida moddalar almashinuvidagi oraliq birikmalarning diffuziyasi va muhim metabolik jarayonlar (masalan, glikoliz, pentozofosfat sikli va h.) sodir bo‘ladi.
12-mavzu. Ribosomalarning strukturasi va funksiyasi:
Ribosoma hujayrada oqsil sintezini amalga oshiruvchi organoid bo‘lib, membranasiz organoidlar qatoriga kiradi. Ribosomaning kattaligi 20-30 nm. bo‘lib, ikkita – biri katta, biri kichik birlikdan tuzilgan. Bu zarrachalar ribosomal RNK va oqsillardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |