Pul mablag‘lari oqimi harakati rejasi
Ойлар
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
Ой бошланишидаги пул
маблағлари
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Реализациядан
пул кирими
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Бошқа манбалардан пул кирими
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Жами пул
кирими
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Нақд пул чиқими – ходимларга харажатлар
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ишлаб чиқариш харажатларига пул чиқими
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Бошқа харажатларга пул чиқими
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Жами пул
чиқими
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ой охиридаги
пул қолдиғи
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Umumiy, yillik rejada bo‘lishi mumkin bo‘lgan mos kelmaslilik holatlarini tezkor aniqlash uchun oyma-oy pul mablag‘lari harakati rejasini har oyda aniqlashtirish va yangilab turish lozim. Agar rejadan korxonada qaysidir paytda pul mablag‘lari tugab qolishi namoyon bo‘lsa, tadbirkor tegishli choralar ko‘rishi lozim:
ёки:
|
ёки:
| |
ишлаб чиқариш харажатларини
| |
камайтириб
|
беришни чеклаш
|
нархи пастроқ таъминотчини
|
банк ҳисобидаги маблағларни
|
танлаб
|
ортиқча
|
таъминотчидан кредит олиб
|
сарфлаш
| | |
муддатини
|
сотиш
|
ўзайтиришга эришиб
|
ёки дўстидан қарзга пул сўраш
| |
орқали пул киримини
|
инвестициялар муддатини
|
кўпайтириш.
|
кечроққа кўчириб,
|
|
пул чиқимларини камайтириш.
|
Ish boshlayotgan tadbirkorlardan, ko‘p hollarda, pul mablag‘lari harakatining rejasini kelgusi 12 oyga yoki ular bankdan kredit olishni rejalashtirgan bo‘lishsa, bank kreditidan foydalanish muddatiga tuzishlarini so‘rashadi.
Naqd pul aylanishining rejasi
Masala. Naqd pul aylanishi rejasi Тo‘lqinning korxonasi misolida bizga nimani anglatishi mumkin? Birinchidan, u bizga o‘z biznesini harakatga solish uchun Тo‘lqinga qancha pul kerakligini aytadi. Mana Тo‘lqinning korxonasiga kerakli uskunalar ro‘yxati:
|
Нархи (минг сўм)
|
Юк автомобили (4 ғилдиракликка келтирилган
ҳолда)
|
60300
| |
15700
|
Ёқилғи заҳирасини сақлаш учун идиш
|
750
| |
50
| |
60
| |
4540
| |
50
| |
1050
|
ЖАМИ
|
82500
|
Uskunalar sotib olishga zarur bo‘lgan 82,5 mln so‘mdan tashqari Тo‘lqinga qurilish materiallari sotib olishga 12 mln so‘m, idora anjomlari sotib olishga 15 mln so‘m, idoraga ishlatiladigan materiallar sotib olishga
3 mln so‘m mablag‘ zarur bo‘ladi. Shunday qilib, uning dastlabki xarajatlari 112,5 mln so‘mni tashkil etadi.
Naqd pul aylanishining rejasidan biz Тo‘lqin qayerdan va qancha daromad olayotganini ko‘rishimiz mumkin. U yana bu naqd pullar qanday ishlatilayotganligini ham ko‘rsatadi. E’tibor bering, Тo‘lqindagi naqd pul oqimi mavsumiy o‘zgarib turadi. Noyabrdan martgacha pul oqimi juda kattadir. Biroq mavsumlar orasidagi bir necha oyda Тo‘lqinning korxonasi qariyb pul topolmaydi. Haqiqatan ham, bu oylarda naqd pul tushumi juda kam va Тo‘lqin oldin ishlab topgan pullari hisobiga yashashga majbur.
Shunday qilib, o‘z biznesini boshlash uchun Тo‘lqinga qancha pul zarur? Unga korxonani tuzishga ketadigan dastlabki xarajatlarni to‘lashga yetadigan hamda yana mavsumlar orasidagi davrda uning o‘zining yashashiga yetadigan miqdorda pul zarur.
Korxona ish boshlagandan beri yettinchi oy (oktabr) Тo‘lqin uchun eng kam naqd pul tushgan oy hisoblanadi, uning natijasi (minus) — 37,680 mln so‘mga tushib ketdi. Bu oyda u barcha hisoblarini to‘ladi, ammo baribir chiqim kirimdan ko‘p bo‘ldi. Agar bu holat yana saqlanib qoladigan bo‘lsa Тo‘lqinga biznesni tezda tark etishga to‘g‘ri kelardi. Biroq Тo‘lqin bozordagi o‘z mavqeyini mustahkamlashi uchun ko‘p vaqt ketishini bilardi va shu sababli bank hisobraqamida yetarlicha mablag‘ jamlagandi.
Endi ko‘p tadbirkorlar shunday degan bo‘lishardi: «Gap bunday, agar menga o‘z korxonamni tuzish uchun 150,2 mln so‘m talab qilinsa, 112,5 mln so‘m dastlabki xarajatlarga hamda yana 37,7 mln so‘m oktabr oyigacha mening tushumlarimdan ortuvchi xarajatlarni qoplashga ketadi». Shu bilan birga To‘lqin ayrim shartnomalarni bajarish bilan bog‘liq tushumlar sal kechroq bo‘lishi mumkinligini ham biladi.
Dastlabki xarajatlarini qoplashga bazo‘r yetadigan pul miqdori bilan o‘z korxonasini tuzishga kirishish o‘rniga Тo‘lqin unga bankir maslahat bergan eski, yaxshi qoidadan foydalandi: boshlash uchun zarur materiallar va uskunalar qancha tursa, shuncha pul yig‘gin (112,5 mln so‘m), unga birinchi oylarda yashash uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan bir yarimga ko‘paytirilgan pulni qo‘shgin, 37,7 mln so‘mning yarmi — bu taxminan 19,3 mln so‘m, 37,7 mln so‘m plus 19,3 mln so‘m ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga yetadigan 57 mln so‘mni beradi. O‘z biznesini «shunchaki yetadigan» pul bilan boshlash o‘rniga Тo‘lqin o‘ziga ko‘p tashvish olsa-da, muvaffaqiyatga erishishga yetadigan pul bilan o‘z biznesini boshladi. U ehtimoliy ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplashga naqd qo‘shimcha pul bo‘lishini ham rejalashtirdi. Endi, hatto unga o‘z yuk mashinasini ta’mirlashga to‘g‘ri kelib qolsa yoxud benzin narxi oshsa, yoki agar buyurtmachilardan birontasi o‘z vaqtida pul to‘lolmasa ham, u murakkab davrda o‘zini saqlab qola biladi va ishi o‘z maromida ketaveradi.
Siz ham o‘z biznesingizni ana shunday rejalashtirishingiz kerak.
«Burchaklarni kesib tashlash» uchun yo‘l izlashni boshlashdan avval yoki zarur bo‘lganidan kam pul bilan ish boshlayotganingizda, o‘ylab ko‘ring, biznesingizni to‘g‘ri olib borish qancha mablag‘ga aylanadi. Esda tuting, siz eng past nuqtaga to‘g‘ri keluvchi o‘z naqd pul oqimingizni bir yarim, ikki marta ko‘paytirishingiz kerak, bu sizga zarur bo‘lgan real pul miqdoriga qariyb yaqin bo‘ladi. Bu — o‘z biznesingizni boshlashingiz uchun sizdan talab qilinadigan real mablag‘dir. Agar siz bu qoidaga amal qilsangiz va xarajatlar tarkibini puxta o‘ylasangiz (unga naqd pul harakati qis-mini ham kiritish kerak) aylanma sarmoya yetishmasligidan azob chekmaysiz. Shunday qilib, Тo‘lqinda 112,5 mln
so‘mni dastlabki xarajatlarni qoplashga va 57 mln so‘mni aylanma mab- lag‘larni to‘ldirishga, jami 169,5 mln so‘mni safarbar qilish maqsadi bor.
Naqd pul harakatining rejasi
Naqd pul harakati rejasini belgilash uchun sizga kelgusi yil davomida biznesingizni yuritish uchun qancha pul zarurligini baholashingiz zarur. Bu hujjatni oylik foyda va zararlar haqidagi hisobot sifatida ko‘rib chiqing. (Sizning foyda va zararlar haqidagi javobingiz — bu sotishdan tushgan daromadlar, sotish bilan bog‘liq xarajatlar, qo‘shimcha xarajatlar ko‘chiriladigan hujjatdir, shunday qilib, u natijada foyda va zararlar miqdori haqida sizga ma’lumot beradi.) Yakuniy satrlarni, ya’ni oylik foyda va zararlar miqdorini jamlab siz naqd pulning jamg‘arilgan oqimiga ega bo‘lishingiz mumkin. Yakuniy satr qanday o‘zgarishini 7.7.1-jadval misolida ko‘rib chiqing.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi uchun, eng avvalo:
o‘zining o‘tgan hisobot davridagi moliyaviy xo‘jalik faoliyatini aks ettirishi, tahlil qilishi va baholashi;
tashqi (investorlar, davlat muassasalari va yuqori tashkilotlar) va ichki iste’molchilar uchun o‘zining moliyaviy xo‘jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ma’lumotlarni bir tizimga keltirgan holda yig‘ib taqdim qilishlari lozim.
Ushbu talablardan kelib chiqqan holda mulkiy va tashkiliy shakllardan qat’i nazar, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining o‘tgan davrdagi moliyaviy xo‘jalik faoliyatini yoritishi va unga baho berishi, ya’ni hisobot tuzishi shart. Chunki hisobotda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ma’lum davrdagi shart-sharoiti va faoliyatining natijasini yoritadigan ko‘rsatkichlarning tizimi aks ettiriladi. Chunonchi:
joriy hisob ko‘rsatkichlaridan olingan qisqa ma’lumotlar;
moliyaviy xo‘jalik faoliyatini yorituvchi jamg‘arma ma’lumotlar.
Hisobot buxgalteriya hisobi jadvalining tugallanuvchi bosqichi hisoblanib, joriy hisobning hamma shakllarida jamg‘arilgan ma’lumotlarga asosan tuziladi:
tezkor (operativ) hisobning ma’lumotlari;
buxgalteriya hisobining ma’lumotlari;
statistika hisobining ma’lumotlari.
Hisobot orqali sifat, miqdor va qiymat ko‘rsatkichlari yordamida subyektning faoliyatiga tavsif beriladi. Тasdiqlangan shakllardagi buxgalteriya hisobotida sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar, ishlab chiqarish xarajati, subyektning
mulki, moliyaviy holati va xo‘jalik faoliyatining natijalari bo‘yicha ma’lumotlar ma’lum tizimda aks ettiriladi.
Bizga ma’lumki, buxgalteriya hisobini yuritish jarayoni, asosan, to‘rt bosqichdan iborat:
har bir voqea (muomala) hujjatlashtiriladi;
ushbu voqea (muomala)dagi ma’lumotlar guruhlashtirilib, bir xil ko‘rinishdagi ma’lumotlarga aylantiriladi, ya’ni buxgalteriya hisobining schotlarida qayd qilinadi;
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl va mazmundagi hisobot shakllari to‘ldiriladi;
xo‘jalik faoliyatini baholash va uni yana ham rivojlantirish maqsadida tadbirlar belgilash uchun hisobot ma’lumotlari tahlil qilinadi.
Ushbu bosqichlar bir butun bo‘lib, o‘rganish jarayonida ushbu birlikka va ularning o‘zaro bog‘lanishiga e’tibor berish lozim. Buxgalteriya hisoboti subyektning kelgusidagi ishini rivojlantirish, nazorat qilish va uni baholash, jamoa, ta’sischilar, aksiyadorlar, boshqaruv muassasalari va qiziquvchi tashkilotlar uchun asosiy axborot manbayi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |