6.3.1-jadval
«Mikrokreditbank»ning mikromoliyalashtirish xizmatlari
Микромолиялаш- тириш турлари
|
Крeдит суммаси
|
Йиллик фоиз
|
Муддат и
|
Кимга бeрилади
|
Микрокрeдит
|
Энг кам иш ҳақининг 50 баробаригача
|
3, 0
|
18 ой
|
Юридик шахс мақомига эга бўлмаган хусусий
тадбиркорларга
|
Микрокрeдит
|
Энг кам иш
ҳақининг 100 баробаригача
|
3, 0
|
18
|
Микрофирмалар,
дeҳқон хўжаликларига
|
Микрокрeдит
|
Энг кам иш
|
3, 0
|
18
|
Фeрмeр
|
|
ҳақининг 200
баробаригача
|
|
|
хўжаликларига
|
Микрокрeдит
|
Энг кам иш ҳақининг 500 баробаригача
|
7,0 (ЎзР Мбнинг қайта молиялаштириш
% ставкаси ярмидан кам бўлмаган миқдорда)
|
24
|
Кичик бизнeс субъектлари-га айланма маблағларни тўлдириш ва бизнeсни ривожлантириш
учун
|
Лизинг
|
Энг кам иш ҳақини 2000
баробаригача
|
5, 0
|
3
йилгача
|
Кичик бизнeс субъект-ларига
|
Bundan tashqari, kichik korxonalarga budjetdan tashqari jamg‘ar- malar kredit liniyalari hisobidan ham mikrokreditlar ajratiladi. Jumladan, ularga boshlang‘ich sarmoyani shakllantirish uchun mikrokreditlar beriladi. Mazkur mikrokreditlar yangidan ochilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan 6 oydan oshmagan davr mobaynida kredit olish uchun bankka buyurtma bergan, yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxonalarga aylanma mablag‘larni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, asbob-uskunalar sotib olish maqsadlariga uch yilgacha muddatga beriladi. Bunda foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining oltidan bir qismi miqdorida belgilanadi.
Mikrokredit summasi yuridik shaxs maqomini ko‘rsatayotgan mikrofirmalarga eng kam oylik ish haqining 150 baravarigacha va kichik korxonalarga eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha bo‘lgan miqdordagina tashkil etadi.
Shu bilan birga, budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kichik korxonalarda ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirishga, xususan:
mahsulotlar ishlab chiqarish, xomashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan hamda mikrofirma va kichik korxonalarga eng kam oylik ish haqining 1000 baravari miqdorida, qayta moliyalash stavkasining 40 % (bugungi kunda yillik 5,6 %) bilan, 3 yilgacha bo‘lgan muddatga;
xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan, mikrofirma va kichik korxonalarga eng kam oylik ish haqining 1000 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, Markaziy bankning amaldagi
qayta moliyalash stavkasining 45 % (bugungi kunda yillik 6, 3 %) bilan, uch yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.
Mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalash- tirishni yaxshilash, mikromoliyalash sohasini rivojlantirish maqsadida tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi ham tashkil etilgan. Mazkur jamg‘arma mablag‘lari asosan olis va yetib borish qiyin bo‘lgan tumanlarda, shuningdek, mehnat resurslari keragidan ortiq bo‘lgan tumanlar hamda shaharlardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida, ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik korxonalar, dehqon hamda fermer xo‘jaliklarida yuqori texnologik va innovatsion loyihalarni moliyalash uchun ajratiladi1.
Imtiyozli kreditlash maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subektlariga kreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 % dan (yillik 7) yuqori bo‘lmagan foiz stavkasi bilan:
xomashyo va materiallar, yarimtayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larni to‘ldirishga 1 yil muddatgacha;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kamida 2 yil muddatga;
investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun 5 yil muddatga ajratiladi.
Imtiyozli kreditlash maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kredit olish uchun tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim qilinishi lozim:
qarzdor tomonidan imzolangan va kredit berilishidan oldingi sana qo‘yilgan, kreditdan foydalanish maqsadlari bayon etilgan va kredit ta’minlangan holda garov mavzusi ko‘rsatilgan ariza;
imtiyozli kreditning butun muddati uchun pul oqimlari prognozi majburiy tartibda ko‘rsatilgan biznes-reja;
qarz oluvchi (yuridik shaxslar uchun) ro‘yxatga olingan joydagi davlat soliq inspeksiyasining balans qabul qilinganligi to‘g‘risidagi yozuv mavjud bo‘lgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, shuningdek, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlik bo‘yicha taqqoslash dalolatnomalari.
Тijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar qaytarilishini ta’minlash sifatida kredit shartnomasi bo‘yicha sotib olinadigan minitexnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar ular qiymatining 80 % miqdorida garov uchun qabul qilinadi. Imtiyozli kreditning minitexnologiyalar va ixcham
asbob-uskunalar garovi bilan qoplanmagan qismi uchun qarz oluvchi ta’minlashning quyidagi turlaridan bir yoki bir nechtasini taqdim etadi:
mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;
bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati;
uchinchi shaxslar kafilligi;
qarz oluvchining kreditni so‘ndirmasligi xavfi sug‘urtalangani to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polisi.
Ko‘plab salohiyatli tadbirkorlar balandparvoz tadbirkorlik g‘oyalariga va rejalariga egadir. Ammo ularning rejalarini hayotga tatbiq etish uchun zarur bo‘lgan sarmoyani topish unchalik oson bo‘lmasligi mumkin. Buning natijasida ko‘plab potensial kichik korxonalar o‘z ishlarini boshlamaydilar ham. Kichik biznes egasi qandaydir miqdordagi o‘z shaxsiy mablag‘ini o‘z korxonasini tuzishga investitsiya qilishi kerak. Ammo yaxshi tayyorgarlik ko‘rilsa va rejalashtirilsa, moliyaviy mablag‘larni boshqa manbalardan ham olish mumkin. Mulkdorning o‘z sarmoyasi va kredit muassasalaridan olingan qarz yangi korxona tuzishni moliyalashtirishning ikki asosiy manbayi bo‘lishi mumkin.
Тadbirkorlarning shaxsiy jamg‘armalari ularning ko‘pchiligi uchun o‘z sarmoyasini investitsiyalash yo‘li bilan moliyalashtirishning asosiy manbayi hisoblanadi. Ekspertlar o‘z korxonasini tuzish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ning yarmi bo‘lg‘usi mulkdor hisobidan sarflanishi kerak, deb hisoblashadi. Bu shuni anglatadiki, bo‘lg‘usi tadbirkor o‘z korxonasini tuzish uchun qo‘lida yetarli mablag‘ bo‘lishidan avval, bir necha yil jadal ishlashi va pul to‘plashi kerak.
Oila a’zolari va do‘stlarining pullari o‘z sarmoyasini investitsiyalash yo‘li bilan moliyalashning eng ommalashgan manbayi hisoblanadi. Lekin o‘ylab ko‘rish va quyidagi qator savollarga javob berish kerak: «Ular korxonani boshqarishda ishtirok etishni xohlashmaydimi?», «Agar korxona inqirozga uchrasa, nima bo‘ladi?», «Bu o‘zaro munosabatlaringizni buzmaydimi?»
O‘z sarmoyasini investitsiyalash yo‘li bilan moliyalash korxonaning bir qismini bir yoki bir necha sheriklarga sotish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Sheriklar o‘z pullarini investitsiya qilishsa, zarur umumiy mablag‘ni to‘plash oson kechadi. Biroq sheriklar bir-birlari bilan til topishishlari kerak, bu har doim ham oson bo‘lavermaydi. Chunki o‘z biznesini boshlovchi ko‘p kishilar mustaqil qaror qabul qilishni xohlashadi, shirkat kabi muqobil yo‘l noreal bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |