O‘yinni amaliy qismiga e’tibor berish.
Ishtirokchilar o‘yinda o‘z yo‘lini tanlaydi va bu amalda ularga ko‘mak beradi.
O‘yinishtirokchilari:
tadbirkor;
uning eri yoki xotini;
uning otasi yoki onasi;
uning qaynonasi yoki xolasi;
biznes bilan shug‘ullanuvchi do‘sti;
o‘rtog‘i;
o‘qituvchisi;
rasmiy shaxs;
bankir;
mol yetkazib beruvchi;
baholovchi.
«Minora qurish» ish o‘yini qoidasigaizoh.
Тadbirkor ko‘zlari bog‘langan holda chap qo‘li bilan qutilarni shunday taxlashi kerakki, natijada bitta ustun (minora) hosil bo‘lsin. «Start» komandasi berilmaguncha, gugurt qutilariga tegish taqiqlanadi. Qutilarni taxlashdan oldin tadbirkor to‘rt minut ichida nechta gugurt qutisini taxlay olishini aytishi lozim va bu son flip chart yoki doskaga yozilishi kerak. Agar minora to‘rt minut bo‘lmasdan qulasa, u holda bu tur to‘xtatiladi va ustun (minora)da qolgan qutilar soni flip chart yoki doskaga yozib qo‘yiladi.
Тadbirkorningvazifasi.
Тadbirkor, albatta, nechta quti taxlashi haqida qaror qilishi va bu qaror flip chart yoki doskaga yozilishi kerak. So‘ng u ko‘zlari bog‘langan holda minora qurishni boshlaydi. Berilgan vaqt (to‘rt minut) tugagandan keyin minoradagi qutilar soni aniqlanadi va flip chart yoki doskaga yoziladi. Agar minora vaqtdan oldin qulasa, u holda minorada qolgan qutilar soni flip chart yoki doskaga yoziladi.
O‘yinchilarvazifasi.
O‘yinchilar uch guruhga bo‘lingan holda har bir turda tadbirkorga gugurt qutisidan minora qurishga yordam berishadi. Har bir o‘yinchi qutilar sonini ichida o‘ylab, qaror qabul qiladi. Keyin jamoa birgalikda aniq bir sonni rejalashtiradi. Oxirgi qaror doska (flip chart)ga yoziladi. Shundan so‘ng tadbirkor minorani qurishni boshlaydi. O‘yinchilar qutilarga tegmagan holatda, faqat maslahat berish orqali yordamlashadi.
Birinchi tur (tadbirkor vazifani o‘zibajaradi).
Тadbirkor nechta quti taxlashini rejalashtirganini aytadi va bu doska (flip chart)ga yoziladi. Keyin tadbirkorning ko‘zlarini bog‘lab, minora qurishga start berishadi. Berilgan to‘rt minut tugagandan so‘ng taxlangan qutilar soni belgilanadi. Agar minora vaqtdan oldin qulasa, u holda tur to‘xtatiladi va minorada qolgan qutilar soni belgilab qo‘yiladi.
Ikkinchi tur (tadbirkor vazifani yaqinlari bilanbajaradi).
Ikkinchi turda tadbirkorga vazifani bajarishda yaqinlari yordam berishadi:
eri yoki xotini;
otasi yoki onasi;
qaynatasi yoki qaynanasi.
Тadbirkorga yaqinlari jismoniy yordam berolmaydi, gugurt qutilarga tegish taqiqlanadi. Ular faqat maslahat berish orqali minora qurishga yordam berishi mumkin.
Uchinchi tur (tadbirkorning topshiriqni hamkasblari bilanbajarishi).
Uchinchi turda tadbirkorga uning hamkasblari yordam beradi:
tadbirkor hamkasbi;
mol yetkazib beruvchi;
o‘qituvchi.
Hamkasblari unga jismoniy yordam bera olmaydi, balki bir qancha ko‘rsatmalar berish bilan yordam beradi.
Тo‘rtinchitur.
Bu turda tadbirkorga rasmiy shaxs yordam beradi:
bankir;
rasmiy shaxs;
baholovchi.
Rasmiy shaxs unga jismoniy yordam bera olmaydi, balki ko‘rsatmalar berib yordam beradi.
Mulohaza uchunsavollar:
Qaysi tur omadli o‘tkazildi?
Bunga sabab nima?
O‘yinchi qanday o‘ynadi?
Тadbirkorga o‘yinchilar qanday ta’sir ko‘rsatgan?
Qaysi yordam ko‘proq muvaffaqiyat qozondi?
O‘yinchilardan qaysi biri foydaliroq bo‘ldi?
Тadbirkorga qaysi tur yoqdi?
Тadbirkor o‘zi yoki jamoa bilan o‘ynashni tanladimi?
Nimaga bunday natijaga erishildi?
Тadbirkorga atrofdagi nimalar ta’sir etdi?
Qanday qilib tadbirkor ularni bartaraf etdi? Olingan ballarni hisoblash.