Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги


I Bob. Muammoni о„rganishni ilmiy-nazariy



Download 64,25 Kb.
bet5/33
Sana29.07.2021
Hajmi64,25 Kb.
#131838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirish usullari (1)

I Bob. Muammoni о„rganishni ilmiy-nazariy


asoslari.

    1. Muammoni о„rganish yuzasidan pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlar taxlili.

Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillariga ta‘rif bergan dastlabki tadqiqotchilardan biri R.YE.Levina hisoblanadi. Bundan oldin ham kо‗pchilik olimlar nutq buzilishlari, ularning kelib chirqish sabablarini, bartaraf etish hamda fiqo- mulohazalar bildirganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotining nutq buzilishlarini о‗rganish borasida qо‗lga kiritgan muvaffaqiyatlarining katta ta‘siri bо‗lib, A.Kusmaul nutq buzilishlarining dastlabki turlari haqidagi yig‗ilgan tasavvurlarini tanqid ostiga oldi; ularni sistemalashtirdi, atamalarni tartibga keltirdi. XX asr boshida chet ellik va rus tadqiqotchilari V.Oltushevskiy, G.Gutsman,(5) E.Freshels, S.M. Dobrogayevlarning ishlarida asos qilib olindi. Buning umumiy tomoni kо‗p edi; etlopotogeneztik mezon bilan tо‗ldirilgan klinik yondashuv, buzilishlarning alohida turlari bilan kasallikning u yoki bu patalogik shakli о‗rtasidagi bog‗lanish, bunday xollarda nutq buzilishlari kо‗pincha u yoki bu kasallikning alomati sifatida talqin qilinar edi, shuningdek, tasnif tili bunda lotin va grekcha sо‗z yasovchi elementlaridan tashkil topgan atamalardan qо‗llanilgan. Tasniflar о‗rtasida buzilishlarni guruhlashning turli prinsiplari, shuningdek, u yoki bu mezonni tasniflashning muhimlik darajasiga bо‗lgan qarashlaridagi ayrim qarama-qarshiliklar bilan bog‗liq nomutanosibliklar ham kuzatiladi.

Nutqiy sistema bosh miya a‘zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri nutq faoliyatining о‗ziga xos vazifasini bajaradi. A.R.Luriya miya faoliyatini uchta funksional blokka ajratadi.



  1. blok - bosh miya pо‗stlog‗i osti haqidagi bilimlarni о‗z ichiga oladi. U bosh miya qatlami tonusining normalligi va uning tetiklik holatini ta‘minlaydi.

  2. blok - orqa miya qatlami katta yarim sharlari bо‗laklarni о‗z ichiga oladi, tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul qiladi, qayta ishlaydi va saqdaydi. U bilish jarayonining amalga oshiradigan asosiy miya apparati hisoblanadi.

Uning tuzilishi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajratadi. Birlamchi doira - miya qatlamlarining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori darajada о‗ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi a‘zolaridan sezgi axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi. Miya qatlami apparatlarining birlamchi doiralari ustidan ikkilamchi doiralar qurilgandir. Ular birlamchi doira orqali olingan qо‗zg‗alishlarni tahlil qiladi. Ikkilamchi doiralar kabi о‗zining ixtisosiy modelligi (kо‗rish, eshitish)ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizatorlar (kо‗rish, eshitish)ning bosh miya qatlami birikmasini о‗zida namoyon etadi. Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya kqtlami bо‗linmalarini о‗zgartirish doiralari hisoblanadi. Ular turli modallikda olingan sezgi axborotlarini tahlil, sintez, integratsiya qilish vazifasini о‗taydi. Ularning faoliyati asosida sintezlarning beqaror va tashqi darajasidan simvolik darajaga e‘tiborni qaratish munosabatlari murakkab logik-grammatik sо‗zlar qurilish haqidagi bilimlar bilan ish kо‗rishga о‗tish sodir bо‗ladi.

  1. blok katta yarim sharlar qobig‗ining oldingi bо‗limlari (motor, motor oldi va old frontal soxa) doirani о‗z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatining rejalashtirish, moslashtirish va nazorat qilishni ta‘minlaydi. U, shuningdek, miya qobig‗i ostidagi a‘zolar faoliyati barcha sistemalarning tonusi va tetik holatini ular faoliyati oldiga qо‗yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi. Nutq faoliyati barcha bloklarning birgalikda ishlash natijasida vujudga keladi. Shu bilan birga har bir blok nutq jarayonida alohida maxsus о‗ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi.

Rossiyada kо‗pchilik tadqiqotchilar duduqlanishni nutq sohasidagi funksional buzilish, nutq nevrozi (I.A.Sikorskiy; I.K.Xmelevskiy; E.Anders va boshqalar) deb qaradilar yoki uni nutq apparatidagi g‗ayriixtiyoriy harakatda ifodalanadigan sof ruhiy xastalik deb (Xr. Laguzen; G.R.Netkachev), psixoz deb (Gr. Kamenka,) belgiladilar.

XX asr boshlariga kelib duduqlanish mexanizmlari haqidagi barcha tushunchalarni uchta nazariy yо‗nalishga ajratish mumkin:



  1. Duduqlanish nutq markazlarini muvofiqlashtiruvchi apparatning qо‗zg‗aluvchanligi zaiflashuvi oqibatida sodir bо‗ladigan koordinatsion nevrozdir. Bu G.Gutsman, I.A.Kussmaulning, keyinchalik I.L.Sikorskiyning ular duduqlanishni nevrotizm jarayoni: duduqlanish, bu – pay tortishiga о‗xshash spazmalardir, deb tushuntirishdi.

  2. Duduqlanish – ruhiy harakterdagi assotsiativ buzilishidir. Bu yо‗nalish T.Gefner va E.Freshels tomonidan olg‗a surilgan. A.Libmann, G.D.Netkachyov, Y.A.Florenskaya (6) uning tarafdori edilar. Duduqlanish mexanizmlarini tushunishga nisbatan psihologik yondoshuv о‗zining navbatdagi taraqqiyotini davom ettirdi.

  3. Duduqlanish ruhiy jarohatlanishda atrof-muhit bilan bо‗ladigan turli ziddiyatlar natijasida rivojlanuvchi g‗ayrishuuriy kо‗rinishdir. A.Adler, Shneyder bu nazariya tarafdorlari edilar. Ularning fikriga kо‗ra duduqlanish bir tomondan, shaxs atrofdagilar bilan muloqotda bо‗lishining turlicha imkoniyatlaridan yiroqlashish xohishida, boshqa tomondan – atrofdagilarda bunday namoyishkorona xastalikka nisbatan hissiyot tuyg‗ularini jumbushga keltirish istagida namoyon bо‗ladi.

Shunday qilib, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida duduqlanish bu murakkab psixofizik buzilishdir, degan fikrga kelina boshlandi. Ayrimlarning e‘tirofiga kо‗ra, uning asosida fiziologik harakterdagi buzilish yotadi, ruhiy jihatlar esa ikkilamchi xarakterga ega (A.Gutsman; A.Kussmaul; I.A.Sikorskiy va boshqalar). boshqalar ruhiy jihatlarni birlamchi, fiziologik kо‗rinishlarni esa – ruhiy notо‗kisliklarning oqibati, deb hisobladilar (Xr. Laguzen ; A.Koen; Gr. Komenka; T.D.Netkachyov va boshqalar). Duduqlanishni hatto kо‗tilish nevrozi, qо‗rquv nevrozi, notо‗kislik nevrozi, bog‗lanishsiz nevroz va boshqalar sifatida kо‗rib chiqishga о‗rinishlar ham bо‗ldi.

XX asrning о‗rtalariga kelib duduqlanish mexanizmini I.P.Pavlovning inson oliy nerv faoliyati va, qisman, nevroz mexanizmi haqidagi ta‘limotlariga suyangan

holda kо‗rib chiqa boshlashdi. Bunda ayrim tadqiqotchilar duduqlanishni nevroz alomati tarzida (Y.A.Florenskaya, Y.A.Povorinskiy va boshq.), boshqalar – uning alohida formasi sifatida (V.A.Gilyarovskiy, M.B.Xvatsev, I.P.Povarnin, N.I.Jinkin, V.S.Kochergina va boshq.) talqin qildilar. Lekin ikkala holatda ham duduqlanish rivojlanishining bu murakkab va turlicha mexanizmlari nevroz mexanizmlari rivojlanishi uchun umuman yagonadir. Duduqlanish boshqa nevrozlar kabi qо‗zg‗alish, tormozlanish va patologik shartli refleksning shakllanish jarayonlaridagi zо‗riqishni keltirib chiqaradigan turli sabablar natijasida paydo bо‗ladi. Duduqlanish, bu – alomat ham, alomatlar yig‗indisi ham emas, balki markaziy nerv sistemasining umuman xastalashuvidir (V.S.Kochergina).

Tadqiqotchilar bolalardagi nutq buzilishlari tasnifi masalalarini ishlab chiqishda ikkita yо‗nalishga ajraladilar. Birinchi yо‗nalish tarafdorlari nutq buzilishlarining umumiy logopediyaga daxldor an‘anaviy nomenklaturasini saqlab qoldilar. Lekin uni yangi mazmun bilan boyitdilar. Boshqa yо‗nalish tarafdorlari an‘anaviy bо‗lgan nomenklaturani inkor etdilar va nutq buzilishlarining yangi guruhini tuzdilar. Shunday qilib, nutq buzilishining ikki turi tibbiy-pedagogik va psixolo-pedagogik va pedagogik turini R.YE.Levina asoslab berdi. Nutqning tо‗liq rivojlanmay qolishi - turli xil murakkab nutqiy kamchilikdir, bunda nutq sistemasining tovush chiqarish va ma‘noli tomonlariga taalluqli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni buzilgan bо‗ladi. Umumiy alomatlar sifatida quyidagilar qayd qilinadi; nutq rivojlanishining kech boshlanishi, lug‗at boyligining kamligi, agrammatizm, talaffuzdagi nuqsonlar, falmalar tuzilishidagi nuqsonlar. Nutqning bunday rivojlanmay qolishi turlicha darajalarda aks etishi mumkin; nutqning yо‗qolishi yoki uning noaniq bog‗lanishsiz holatidan mukammal holatigacha, lekin bunda fonetik va leksik grammatik rivojlanmay qolish elementlari bо‗ladi. Bolada nutq vositalarining shakllanganlik darajasiga qarab tо‗liq rivojlanmay qolishi uch darajaga bо‗linadi. P.K.Anoxin, A.N.Leontyev, A.R.Luriya va boshqa olimlarning olib borgan tadqiqotlariga kо‗ra, har qanday psixik funksiyalarning asosi alohida "markazlav" bо‗lmay, balki markaziy

asab sistemasining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar tuzumi hisoblanadi. Odam nutqi tushunarli va manoli bо‗lishi uchun nutq azolarining harakatlari aniq va tо‗g‗ri bо‗lishi kerak. Qadimgi grek faylasufi va shifokori Gippokrat bir qator nutq buzulishlarining sababini kо‗rsatib о‗ttan. Yana boshqa grek faylasufi Aristotel nutq hosil bо‗lish jarayonini periferik nutq apparatining anatomik tuzilishi bilan bog‗lab, anatomik tuzilishdagi kamchiliklarni nutq buzilishiga sabab qilib kо‗rsatgan. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkin-ki, antik davr olimlarining tadqiqotlaridayoq nutq buzilishi sabablarini tushunishda ikki yо‗nalishga bо‗lishgan. Birinchi yо‗nalish Gippokrat nuqtai-nazari bо‗lib, bosh miyaning jarohatlanishi nutq buzilishlarining kelib chiqishiga sabab bо‗luvchi bosh omil ekanligi takidlangan. Ikkinchi yо‗nalish Aristotelga tegishli bо‗lib, periferik nutq apparatining buzilishlarining sababi etib kо‗rsatilgan. Nutq buzilishlari etiologiyasida bosh miya jarohatlanishining "о‗z о‗rni" borligini eramizdan 400 ming yil avval Gippokrat tomonidan aytilgan bо‗lsa, bunga haqiqiy ilmiy tasdiq fransuz shifokori Pol Broka tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jarohatlanish buzilishini keltirib chiqaruvchi omillarni kо‗rsatib berilgandan sо‗ngina berilgandir. Xuddi shunga о‗xshash kashfiyot yilda Vernike tomonidan ham amalga oshirilgan.

S.M. Dobrogayev nutq buzulishlari sabablari orsida quyidagilarni ajratib kо‗rsatdi.



    1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari.

    2. Anatomik nutq apparatida patalogik о‗zgarishlar.

    3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmasligi.

    4. Organizmning umumiy nevropatik holati.

M.YE.Xvatsev nutq buzulishi sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratadi. Shu bilan birga organik (anatomik-fiziologik), (morfologik) funksional (psixogek) ijtimoiy psixologik va psixo-nevrologik sabablarni ajratib kо‗rsatdi. Funksional sabablarni M.YE.Xvatsev, I.P.Pavlov ta‘limoti orqali tushuntirdi. Bu talimot markaziy nerv sistemasida qо‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlarining о‗zaro

munosabatini buzilishi haqida bо‗lib, M.YE.Xvatsev bu orqali organik va funksional, markaziy va periferik sabablarning о‗zaro munosabati mavjudligini takidlaydi.



Nutq buzilishlari sababi deganda - organizmga tashqi yoki ichki zararli omilning ta‘sir etishi yoki ularning о‗zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki, bu nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi. Nutq buzilishining umumiy kо‗rinishi kо‗pchilik olimlar va tadqiqotchilar har xil fikrlarida isbotladilar. Bolalarda va kattalarda uchraydigan eng kо‗p duduqlanish nutq nuqsoni bо‗lib bu nuqson bо‗yicha о‗tgan asrlarda ham kо‗p olimlar bu muammoga qiziqqanlar va davolash ishlarini olib borganlar. Duduqlanish - bu nutq apparati muskullarining tortishish natijasida nutqning sur‘at - ohangining buzilishidir.

Qadimgi davrlarda duduqlanishni kо‗proq bosh miyada namlikning tо‗planib qolishi (Gippokrat) yoki artikulyatsion apparat qismlarning о‗zaro notо‗g‗ri munosabati (Aristotel) bilan bog‗lik holdagi kasallik deb qarashgan. Duduqlanish paytida nutk apparatining markaziy yoki periferik (sirtqi) bо‗limlarida buzilish bо‗lishi mumkinligini Galen, Sels va Ibn Sino e‘tirof etdilar.



XVII - XVIII asrlar arafasida duduklanishni tashki nutk apparatining yetilmaganligi okibati sifatida talqin etishga urinishgandi. Masalan, Santorimining ta‘kidlashicha, duduklanish qattiq tanglayning yorilgan paytida vujudga keladi va gо‗yo shu yorik orkali tilga suyuqlik tushadi hamda nutkni kiyinlashtiradi. Vutser esa buni pastki jag‗ning notо‗g‗ri chuqurlashuvi va unda kichik tilcha borligi bilan; Erve - de - Cheguan - til uzunligi va ogiz bо‗shlig‗ining hajmi orasidagi о‗zaro munosabat yoki uning kalta yuganchaga nihoyatda zich yopishib turishi bilan bog‗liq holda, deb tushuntirdi.

Boshqa tadkiqotchilar duduklanishni nutk a‘zolari harakatlarining buzilishi: ovoz kovagining gayriixtiyoriy yopilishi (Arnot, Shultess); haddan tashqari tez nafas chiqarish (Bekkeral); muskullarning tilni og‗iz bо‗shlig‗ida ushlab qoladigan darajada spazmatik qiskarishi (Itar, Li, Diffenbax); tafakkur

va nutk jarayonining nomuvofiqligi (Blyume); kishi irodasining nutk harakati mexanizmi muskullari kuchiga ta‘sir etadigan darajada mukammal emasligi (Merkel) va boshkalar bilan bog‗laydilar.



XX asr boshlariga kelib duduqlanish mexanizmlari hakidagi barcha tushunchalarni uchta nazariy yо‗nalishga ajratish mumkinligi aniklandi;

  1. Duduklanish nutq markazlarini muvofiklashtiruvchi apparatning qо‗zg‗aluvchanligi, zaiflashuvi okibatida sodir bо‗ladigan korreksion nevrozdir. G.Gusman, I.A.Kussmaulning, keyinchalik I.L.Sikorskiylar duduqlanishni nevrotik jarayoni: duduklanish, bu - pay tortishishiga о‗xshash spazmalardir;

  2. Duduqlanish - ruhiy xarakterdagi assotsiativ buzilishdir. Bu yо‗nalish T.Gifner va YE.Freshels tomonidan olga surilgan A.Libmann, G.D.Netkachyov, Y.A.Florenskaya uning tarafdori edilar. Duduqlanish mexanizmlarini tushunishga nisbatan psixologik yondashuv о‗zining navbatdagi taraqqiyotini davom ettirdi.

  3. Duduqlanish ruhiy jarohatlanishda atrof - muhit bilan bо‗ladigan turli ziddiyatlar natijasida rivojlanuvchi, g‗ayrishuuriy kо‗rinishdir. A.Adler, Shneyder bu nazariya tarafdorlari edilar. Ularning fikrlariga kо‗ra duduqlanish bir tomondan shaxs atrofdagilar bilan muloqotda bо‗lishning turlicha imkoniyatlaridan yiroqlashish xohishida boshqa tomondan atrofdagilarda bunday namoyishkorona xastalikka nisbatan his tuyg‗ularini junbushga keltirish istagida namoyon bо‗ladi.

Shunday qilib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida duduqlanish - bu murakkab psixofizik buzilishdir, degan fikrga kelina boshlandi. Ayrimlarning e‘tirofiga kо‗ra, uning asosida fiziologik xarakterdagi buzilish yotadi, ruhiy jihatlar esa ikkilamchi harakterga ega (A.Gusman; A.Kussmaul; Sikorskiy va boshqalar). Boshqalar ruhiy jihatlarni birlamchi, fiziologik kо‗rinishlarni esa ruhiy notо‗kisliklarning oqibati, deb hisobladilar (Xr. Laguzen; Gr.Komenka;

T.D.Netkachyov va boshkalar) (5). Duduqlanishni hatto kutish nevrozi, qо‗rquv nevrozi, bog‗lanishsiz nevroz va boshqalar sifatida kо‗rib chiqishga urinishlar ham bо‗lgan.

Duduqlanish patogenezini о‗rgangan kо‗pgina mualliflar duduqlanuvchi kishilarda turli xil vegetativ о‗zgarishlar bо‗lishini aytishadi. Masalan, M.Zeyman hisobiga kо‗ra, 84 % duduklanuvchi kishilarda vegetativ distoniY.

Vegetativ asab sistemasining og‗ir buzilish hollarida, xususan duduqlanish ikkinchi planga kо‗chadi, qо‗rquv, hayajonlanish, vahima, badgumonlik, umumiy zо‗riqish yuz beradi, kishida titrashga, terlashga, qizarishga moyillik paydo bо‗ladi. Bolalik yoshida duduqlanuvchilarda uyquning buzilishi, kо‗z ilinishi paytida chо‗chib tushish, zerikarli, notinch, yuzaki uyqular, tungi vahimaga tushishlar kuzatiladi. Kattaroq yoshdagi duduqlanuvchilar bu kabi kechinmalarni nutq buzilishi bilan bog‗lashga urinadilar. Uning buzilganligi tо‗g‗risidagi fikr kayfiyatning doimiy buzuqligi bilan bog‗liq holda, turg‗un xulq - atvorni keltirib chiqaradi. Umumiy qо‗zg‗aluvchanlik, ozib - tо‗zish, beqarorlik va doimiy shubhalik, hollarida, nutq odatda qisqa vaqt yaxshilanishi mumkin. Mashg‗ulot paytlarida duduqlanuvchilarda bir maqsadga qaratilganlik va qat‘iylik tez - tez yо‗qolib turadi. Ular о‗z imkoniyatlariga, erishgan natijalariga yetarlicha baho bermaydilar, chunki nutqning yaxshilanishi ularning umumiy kayfiyatini kam miqdorda yengillashtiradi.

Duduqlanish muammosiga nisbatan turli nuqtai nazarlarni kо‗rib chiqib, duduqlanishning paydo bо‗lish mexanizmlari bir xil emas, degan asosiy xulosaga kelish mumkin.

Ayrim hollarda duduqlanish murakkab nevrotik zaiflashuv sifatida e‘tirof etiladi, u esa bosh miya kobig‗idagi nerv jarayonining izdan chiqishi, qobiq va qobiq osti о‗zaro munosabatlarining buzilishi umumiy nutqiy harakatlar (ovoz, nafas olish, artikulyatsiya) sur‘atining zaiflashuvi oqibati hisoblanadi.

I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati tiplari haqidagi ta‘limotidan kelib

chiqqan holda duduqlanish nutq nuqsoni oliy nerv faoliyatidagi funsional о‗zgarishlarning belgilaridan biridir.

Bu nuqson qо‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanati buzilishlaridan kelib chiqadi.



    1. Download 64,25 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish