Harakatli о„yinlar
“Quyonlar va bо„ri” о„yini. Bitta bola bо‗ri, qolgan bolalar esa quyonlar bо‗lishadi bо‗lishadibо‗lishadibо‗ladilar.
bо‗lishadi. Quyonlar yarim doira shaklda stulda о‗tiradilar. Logoped quyonlarga qarata shunday deydi.
―Qani quyonchalar sizlar о‗rmonda sakrab о‗ynab yuribsizlar‖. Bolalar sakrab quyon harakatiga taqlid qiladilar.
Logoped: ―Quyonlar qaranglarchi о‗rmonda bо‗ri kо‗rinyapti‖. Xonaning burchagida bо‗ri kela boshlaydi. Shunda barcha quyonlar ―uychalariga‖ stullariga
о‗tiirib oladi. Kim о‗tirishga ulgurmasa, bо‗ri ushlab oladi va shu bola bо‗ri rolini о‗ynaydi. О‗yin bir necha marta takrorlanadi.
Harakatli о‗yinlarni о‗tkazishda sherlar bilan о‗ynaladigan о‗yinlardan ham foydalaniladi.
Bolalar va kattalardagi duduqlanishni bartaraf etishda kompleks yondoshuvni talab etiladi. Korreksion ishlar bosqichiga logopedik ritmikani kiritish va unda duduqlanuvchi bolalarda ritmika asosida mustaqil nutqni tarbiyalash bolalar uchun yengillik tug‗diradi.
Mustaqil nutq bosqichi qayta hikoya qilish materialida tayyorlangan nutqning tarbiyasi va hikoya materialida mustaqil nutqni tarbiyalashni о‗ziga kiritadi. Bu bо‗limlarning har birida о‗zining vazifalari bor. Mustaqil nutq ustidagi qayta hikoya qilish ishida bolalar tayyorlangan matnni qayta hikoya qilishni quyidagicha dramalashtirish bilan о‗rganadilar: voqealarni, harakatlarni turlicha о‗yin materiallari asosida hikoya qiladilar. Mashg‗ulotlarda faollik, mustaqillik, о‗yinning hamma kо‗rinishlarida (harakatli, didaktik, dramalashgan о‗yinlar, syujeti-rolli) xulqning erkinligi tarbiyalanadi; tovush talaffuz qilishdagi buzilishlarning korreksiyasi bо‗yicha, nutqning leksik-grammatik qurilishini rivojlantirish bо‗yicha ish davom etadi. Bu davrda pedagog umumiy vazifalarni hisobga olgan holda logoritmik mashg‗ulotlarni quradi. Mashg‗ulotlarga katta hajmda nutq vazifalari, о‗yinlar, musiqa jо‗rligisiz mashqlar, hamda musiqali-ritmik tarbiya bо‗yicha materiallar (xorovodli va musiqali kompozitsiyalar, raqsli, musiqa ostida yodlanganlari ham, harakatli improvizatsiyalar ham) kiritiladi.
Hikoya materialida mustaqil nutqni tarbiyalash bolalarni tasviriy hikoya qilishga, xotira bо‗yicha hikoya qilishga, ijodiy hikoya qilishga о‗rgatishni mо‗ljallaydi. Bu davrdagi logoritmik mashg‗ulotlar ommaviy bolalar bog‗chasi bolalarini musiqali-ritmik tarbiyasi bilan moslikda quriladi. Korreksion о‗qitish va tarbiyalash bosqichining oxirida duduqlanadigan bolalar shu qadar korreksiyalangan bо‗lishlari muhimki, ommaviy bolalar bog‗chasi dasturi talablarinieplashlarikerak.
Shuning uchun logopedik ritmika bо‗yicha mashg‗ulotlar nutq materiali, ijodiy holatlar va yetarlicha harakat vazifasibilan boyitiladi.
Faol hulqni va erkin muloqotni mustahkamlash bosqichi logopedik va logoritmik mashg‗ulotlar bolalarda teng meyorda kelgusida tashkilotchilik sifatlarini, faol, shaxsning ijodiy boshlanishini, turli vaziyatlarda har qanday nutq murakkabligida muloqotni uddalashni musthkamlash masalalarini hal qiladi.
Kattalar va о‗smirlar bilan logoritmik mashg‗ulotlar ham logopedik ish vazifalari va nutq muassasasining turiga sabab bо‗ladi. Duduqlanadiganlar 1 oydan 3 oygacha bо‗ladigan shifoxonada logoritmika kursi nutq korreksiyasi uchun zamin yaratishga quriladi: mashg‗ulotlar umumiy harakatlarning tempi va ritmini, mimikali muskullarni, oral praksisini, relaksatsiyani, muskullar tonusini tartibga solishni tarbiyalash uchun kо‗p vazifalarni kiritadi. Kuy deklamatsiya keng qо‗llaniladi: maxsus tanlab olingan musiqa ostida duduqlanadiganlar logopeddan olgan nutq materialni ifodali gapirib beradilar. Shifoxona sharoitida logoritmika kursi 35–60 kunga mо‗ljallangan va uchta bosqichga bо‗linadi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |