Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги


BOB. Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirishni takomillashtirish (tavsiyalar berish)



Download 64,25 Kb.
bet2/33
Sana29.07.2021
Hajmi64,25 Kb.
#131838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirish usullari (1)

BOB. Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirishni takomillashtirish (tavsiyalar berish).


    1. Duduqlanuvchi bolalar bilan korreksion ishning vazifalari.

    2. Duduqlanuvchi bolalarda о‗yinlar orqali mustaqil nutqni rivojlantirish.

Xulosa


Adabiyotlar rо„yxati

Kirish
Har tomonlama rivojlangan barkamol inson shaxsini shakllantirish davrimizning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.

Vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning ilmiy salohiyati, iste‘dodi, mustaqil fikrlashiga bevosita bog‗liqdir. Shuning uchun ham bilimdon, keng dunyoqarashga ega barkamol va ma‘naviy yetuk shaxslarni tarbiyalab yetishtirish vazifasi, davlatimiz siyosatining ustivor yо‗nalish darajasiga kо‗tarilgan.

Prezidentimiz tomonidan 2012 yilni ―Mustahkam oila yili‖ deb e‘lon qilinishi va Davlat dasturini ishlab chiqishi mazmunida yosh avlodni jismonan sog‗lom, aqlan teran, ma‘naviy yetuk, ya‘ni xar tomonlma rivojlangan komil inson bо‗lib yetishishiga jiddiy e‘tibor qaratilgan. Bu о‗rinda alohida yordamga muxtoj bо‗lgan bolalarni sog‗lomlashtirish, ularni sog‗lom tengdoshlar qatoriga qо‗shish, ijtimoiy moddiy jixatdan qо‗llab quvvatlash, mustaqil hayotga tayyorlash barcha tengdoshlari qatorida ta‘lim tarbiya berish, korreksion pedagogik, psixologik yordamni kо‗rsatish kabi masalalar davlat dasturida alohida qayd etilgan.1

Milliy istiqlol g‗oyalari va tamoyillariga asoslangan holda jamiyatimizning mustaqillik yillarida kuzatilayotgan taraqqiyot tajribasi davomida, ijtimoiy hayotning muhim arkibiy qismi sifatida, barcha sohalar qatorida maxsus ta‘lim-tarbiya jarayoni va uning mazmuni takomillashtirish davr talabiga aylanmoqda. О‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi qonuni va ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖, О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ―Davlat maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi 2010 yil 18 iyun 117-son Qarori, va shu asosida yangi tahririda tuzilgan



―Davlat maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalari tо‗g‗risida Nizom‖ning qabul




1 I.A.Karimov. ―Barkamol avlod yili‖ Davlat dasturi. Toshkent 2010y

qilinishi maxsus ta‘lim soxasida amalga oshirilishi zarurat hisoblangan vazifalar turibdi.

Davlatimizning qator konun va qarorlarida jamiyatimizning bо‗lagi bо‗lgan alohida yordamga muxtoj bolalarni ijtimoiy qо‗llash ularga ta‘lim-tarbiya berish, kasb xunarga о‗rgatish sog‗lom bolalar qatoridan о‗zini olib о‗z qobiliyati va imkoniyatlarini kо‗rsata olishga ma‘naviy kamol toptirishga asos soluvchi chora- tadbirlar alohida e‘tirof etilgan.

Jismoniy va ruxiy rivojlanishda nuqsoni bо‗lgan bolalarni ijtimoiy qо‗llab- quvvatlash ta‘lim tarbiya tizimi va mazmuni davr talabi darajasida takomillashtirish ularni kasb-hunarga о‗rgatish, sog‗lom jamiyatda integrallash masalasiga davlatimiz tomonidan jiddiy e‘tibor qaratilmoqda. Alohida ehtiyojli bolalari ilk yoshdan ta‘limga tayyorlash psixologik-tibbiy pedagogik yordamlarni kompleks yо‗naltirilgan holda olib borish masalalariga kо‗proq e‘tibor berilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov milliy axborot agentligi muxbirlarining savollariga javoblarida ―Hozirgi eng muxim, eng dolzarb vazifalarimiz jamiyatimiz a‘zolarini avval yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g‗oya, milliy mafkura о‗z vataniga mehr sadoqat tuyg‗usini uyg‗otish, о‗zligini anglash milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir‖ deb alohida takidladilar.

Prezidentimiz I.A. Karimovning 2013 yil ―Obod turmush‖ yili davlat dasturining amalga oshirilishi yuzasidan qilgan dokladlarida va О‗zbekiston Konstitusiyasining 21 yilligiga bag‗ishlangan ma‘ruzalarida kelayotgan 2014 yilni ―Sog‗lom bola‖ yili deb e‘lon qilinishi shu maqsadda sog‗lom bola sog‗lom ota ona oilasida vujudga kelishini va bо‗lajak onaning tug‗ilayotgan farzandining rivojlanishi uchun shart sharoitlar yaratib berish, onalik va bolalikni himoya qilish, sog‗lom muhit tarzini yaratishni davlatimiz tomonidan boshqarilishini vazifalari ishlab chiqarilishini о‗z ma‘ruzalarida ta‘kidlab о‗tdilar. Shunga kо‗ra bolaning ilk rivojlanish davridan boshlab va xomiladorlik davridan onaga g‗amxо‗rlik qilish keyinchalik bolalarda uchrab turadigan nutq kamchiliklarini oldini olishga imkon beradi.

Bola nutqidagi kamchiliklar о‗zgalar nutqini tushinishdagi qiyinchilik ularni atrofdagilar bilan muloqatda bо‗lishi о‗z tengqurlariga qо‗shilib ketishini qiyinlashtiradi. Nutq tafakkur kо‗ra olish bо‗lganligi sababli bola ulg‗aygan sari atrof muxitdagi tasavvurlari shakillanadi va uni aks ettirish sо‗z lug‗ati orqali takomillashib boradi.

Nutqning rivojlanishda ta‘lim-tarbiya ijtimoiy hamda biolagik omillarning ta‘siri ham kattadir. Buyuk mutaffakirlarimiz Yusuf Xos Hojib odob, axloq ta‘lim- tarbiya hamda ma‘naviy kamolotning yо‗l-yо‗riqlarini qomusiy asari ―Qutadg‗u-blig‖ asarida bilim zakovat soxibi bо‗lishining asosiy kalitini til bayon qiladi. Til tufayli kishi о‗z bilimi, aql idrokini, zakovotini til, sо‗z orqali bildiradi degan fikrlarini uqtiradilar.

Nutq faqat inson uchun xos bо‗lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta‘sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi о‗z fikrini bayon etish uchun zarur bо‗lgan sо‗zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‗laydi va nutq a‘zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi.

Odam nutqi tushunarli va ma‘noli bо‗lishi uchun nutq a‘zolarining xarakatlari aniq va tо‗g‗ri bо‗lishi kerak.

Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga albatta salbiy ta‘sir kо‗rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og‗ir ruxiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab bо‗ladi. Masalan, ayrim sо‗zlarning notо‗g‗ri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib qо‗yishi bilan birga uni atrofdagilar bilan muomala qilishda qiynab qо‗yadi, u gapirganda о‗z fikrini tо‗la anglata olmaydi. Nutq kamchiliklarining og‗ir turlariga duduqlanish nutq nuqsoni kiradi.

Nutq qobiliyatining rivojlanmaganligi nutq maromi (sur‘ati tezligi) shuningdek, ifodali qilib gapirish, о‗qish malakasi bilan ham belgilanadi. Duduqlanish nutq nuqsonida nutq sur‘ati, maromi va ravonligi buzilishi bilan ta‘riflanadi. Bunda

nutqning kommunikativ funksiyasi izdan chiqadi, ya‘ni aloqa vositasi bо‗lmay qoladi. Duduqlanishda asosan nutq apparati muskullarining ravon ishlay olmasligi paylar tolalarning tortishib qolishi sabab bо‗ladi. Chet el va rus olimlarining ta‘kidlashicha dunyo bolalarining 2% da duduqlanish nuqsoni kuzatiladi. Bola tilining grammatik tuzilishini kattalarga taqlid etish yо‗li bilan asta-sekin о‗zlashtirib boradi, sо‗zlari ma‘lum tartibda joylashgan gaplarni о‗rganadi. О‗z fikrlarini atrofdagilarga ma‘noli nutq orqali ifodalay boshlaydilar. Bolaning о‗zlashtirish qobiliyati bu davrda nihoyatda kuchli bо‗ladi, ma‘suliyat о‗z-о‗ziga talabchanlik ortib boradi. Biroq, ba‘zi bolalarning nutq sur‘ati, maromi, ravonligi buziladi. Ular duduqlanib (tutilib) tovush bо‗g‗in sо‗zlarini qayta-qayta takrorlab, yoki aksincha tо‗xtab qolib, sо‗ngra zо‗r kuch bilan qiynalib talaffuz etadilar.

XIX asr boshlarida qator fransuz tadqiqotchilari duduqlanishni kelib chiqishini uning nutq apparatining va markaziy bо‗limlari faoliyatidagi turli og‗ishlar bilan bog‗lab tushuntiradilar. XX asrning 30 va keyingi 50- 60 yillarida duduqlanish mexanizmini I.P. Pavlovning inson oliy nerv faoliyati va qisman nevroz mexanizmi haqidagi ta‘limotlariga suyangan holda kо‗ra chiqa boshlangan. Bunda tadqiqotchilar duduqlanishni nevroz alomati tarzida (Y.A. Florenskaya, Y.A. Povorinskiy va boshqalar) duduqlanishni boshqa formalarini (V.A. Gilyarovsiy, M.B. Xvatsev, I.P. Povarnin, N.I. Jinkin, V.S. Kachergina va boshqalar) talqin qilganlar.

Duduqlangan bolalarda xulq atvorida ham umumiy holatida ham ma‘lum о‗zgarishlar kuzatiladi. Arzimagan narsalardan xafa bо‗lish, injiqlik, qо‗rqish alomatlari paydo bо‗ladi. Bunday ruhiy hodisalar duduqlanishni kuchaytiradi. Ba‘zi bolalarning kamgap bо‗lib qolishiga sabab bо‗ladi. Buni shifokorlar nevroz sо‗zi bilan yuritadilar. Duduqlanish nutq nuqsoni bilan chet el va rus olimlari shug‗ullanganlar hozirgi kunda duduqlanish nutq nuqsonini logopedik mashqlar sistemasi asosida bartaraf etish usullari ishlab chiqilgan maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanuvchi bolalar bilan S.A. Mironova, G.A. Volkova, V.I. Seliverstov, N.A. Chevelyova va boshqalar maktab yoshidagi bolalar bilan A.V. Yastrebova, R.YE. Levina , N.A.



Chevelyova, S.M. Lyubinskaya, V.I. Selevyorstev va boshqalar о‗smirlar va katta yoshdagi duduqlanuvchilarda I.Y. Ableyeva, L.YE. Andryonova, A.Y. Yevgenova,

    1. Smirnova va boshqalar korreksion ishlar sistemalarini va kompleks davolash ishlarini ishlab chiqqanlar.

О‗zbekiston Respublikasida L.R. Muminova ―Tutilib gapiruvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning pedagogik asoslari‖, ―Tutilib gapiruvchi о‗smirlar uchun qо‗llanma‖, (1984)lari mavjud. Bizning muammo yuzasidan adabiyotlarning о‗zbek tilida yetarli darajada emasligi mavzuimizni dolzarbligini bildiradi.

Download 64,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish