17-topshiriq: Qizilqum tabiiy-geografik okrugining shimoldan janubga 64° sharqiy uzunlik bo'ylab, g'arbdan sharqqa xohlagan kenglik bo'ylab kompleks tabiiy-geografik profil tuzing. Unda tabiat unsurlarining bir-biriga bog'liqligiga, ayniqsa, o'simlik qoplami iqlimiy sharoitga qanchalik moslashganligiga alohida e'tibor bering.
18-topshiriq:«Qizilqum tabiiy-geografik okrugining tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish» mavzusida ma'ruza tayyorlang. Bunda tabiiy boyliklardan qanchalik oqilona foydalanilayotganligiga, noratsional foydalanish oqibatida kelib chiqayotgan salbiy o'zgarishlarga, xususan, qayta cho'llashish jarayoniga alohida e'tibor bering. Shuningdek, okrug tabiati muhofazasida Qizilqum qo'riqxonasining ahamiyati nimalardan iborat ekanligini yoritish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Baratov P. «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» (Oliy o’quv yurti talabalari uchun o’quv qo’llanma) T. «O’qituvchi» 1996.
Baratov P. O’zbekiston tabiiy geografiyasidan amaliy mashg’ulotlar. T. «Cho’lpon» 2005.
Baratov P. «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» T. «O’zbekiston» 1983
Baratov P. O’rta Osiyo daryolari. Toshkent, 1991
AMALIY MASHG’ULOT -5
Mavzu: Quyi Zarafshon okrugi
Zarafshon okrugining mutlоq bаlаndligi Sаmаrqаnd shаhri 727 m, Kаttаqo`rg`оn shаhri 450 m, Nаvоiy shаhri 347 m. Оkrug pаlеоgеn, nеоgеn, аntrоpogеn dаvr cho`kindi jinslаridаn tаrkib tоpgаn. U Хаzаr yo`lаgidа tоrаyib, so`ng Аbusаlim tеpаligidа kеngаyib, Shоptоli qishlоg`idа jаnubi – g`аrbgа qаrаb kеngаyib Buхоrо dеl`tаsini hоsil qiladi. Dеltаning uzunligi 102 km. o`rtаchа kеngligi 50 – 55 km, eng kеng еri 70 km.
Maqsad: Qizilqum okrugini tabiiy geografik o`rnini, rel`efini, geologik tuzilishini, iqlimini, suvlarini, flora va faunasini, tabiatini muhofaza qilish masalalarini o`rganish.
Dars jixozi:O’zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish xaritasi O`zbekistonning tabiiy xaritasi,O`zbekiston respublikasi atlasi. Qizilqum okrugini tabiiy geografik xaritasi.
1-topshiriq; Yozuvsiz kartada Zarafshon okrugini kartasini ishlang.
2-topshiriq; Zarafshon okrugini tabiiy geografik o`rnini, rel`efini, geologic tuzilishini, iqlimini, suvlarini, flora va faunasini, tabiatini muhofaza qilish masalalarini amaliyot daftariga yozing.
3-topshiriq; O'zbekistonning paleogeografik karta sxemalarini tahlil qiling. So'ngra Quyi Zarafshon okrugini tabiiy geografik o`rnini, rel`efini, geologik tuzilishini, iqlimini, suvlarini, flora va faunasini, tabiatini muhofaza qilish masalalarini o`rganish. O’zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish xaritasi O`zbekistonning tabiiy xaritasi,O`zbekiston respublikasi atlasi. Quyi Zarafshon okrugini tabiiy geografik kartasi. tabiiy-geografik okrug hududida qaysi davrda quruqlik bo'Igan, qaysi davrda uni suv bosgan va qaysi davrda yana quruqlikka aylanganligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |