Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги муқимий номидаги қЎҚон давлат педагогика институти ўзбекистон табиий географияси фани бўйича



Download 19,02 Mb.
bet11/84
Sana30.04.2022
Hajmi19,02 Mb.
#595667
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84
Bog'liq
Ўзбекистон мажмуа 2021

Ko`llari va suv omborlari. O`zbekiston hududida ko`llar nisbatan kam bo`lib, ular notekis’ joylashgan. Respublikamizda joylashgan ko`llarning aksariyati kichik bo`lib, mahalliy ahamiyatga ega. O`zbekiston hududidagi ko`llar qozonining (kotlovinasining) paydo bo`lishi jihatidan bir xil emas. Lekin ularning ko`pchiligi tekislik qismida daryo vodiylarida joylashgan qayir ko`llaridir. Aksincha, Respublikamiz tog’li qismidagi ko`llar esa to`siq (to`g’on), morena va tektonik ko`llardir.
O`zbekiston hududidagi ko`llarii 100% desak, shuning 56,5% uning tekislik qismida, 43,5% esa tog’li qismida joylashga. Lekin suv yuzasi maydonining kattaligi jihatidan tekislikdagi ko`llar oldiida bo`lib, 67% ni tashkil etadi.
O`zbekiston hududidagi ko`llarning ko`pchiligi uning tekislik qismida, xususan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, CHirchiq kabi daryo vodiylarida, asosan, ularning quyi qismlarida joylashgan.
O`zbekistonning tekislik qismida eski daryo o`zanlarida ko`llar ham vajud. Bunday ko`llar Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, qashqadaryo kabi daryolarning quyi qismidagi qadimiy o`zanlarida joylashgan. Bu turdagi ko`llarning suvi agar daryodan tamomila, ajralmagan bo`lsa, chuchuk bo`ladi, agar daryodan ajralib qolsa, sho`r bo`ladi. Bunday turdagi ko`llarning rejimi daryo rejimiga bog’liqdir.
O`zbekiston hududidagi asosiy ko`llar Orol, Mirzacho`ldagi Ariasoy, Aydar, Tuzkon, Zarafshon daryosinint quyi qismidagi Dengizko`l, Somoiko`l, Kuntako`l, SHo`rko`l, qoraqir, Hojiobko`l; Farg’ona vodiysidagi Axsikentko`l, Damko`l; quyi Amudaryodagi Sariqamish, Kari, Ziyko`l, Abilko`l, Oqko`l, Sudoch’e, Bo`zatovko`l, Zokirko`l, Tubonko`l va boshqalar. Bu ko`llar kichik bo`lib, maydonining kattaligi bir necha gaz gektardan 10,0 km2 gacha etadi.
O`zbekiston hududidagi eng katta tektonik yo`l bilan vujudga kelgan ko`l Orol dengizidir.
O`zbekiston er osti suvlari umumiy suv resursining bir qismi sifatida xalq xo`jalik taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Bu suv resurslaridan ota-bobolarimiz juda qadimdan (quduq va buloq suvlaridan) foydalanib kelganlar.
Ma`lumotlarga ko`ra O`zbekiston yer osti suvlarining dinamik zahirasi (miqdori) sekundiga 1038,1 m3 ni tashkil etadi. Lekin ularning hammasida ham suvning miqdori, sifati bir xil emas. Bu esa eng avvalo O’shaajoyning komileks tabiiy sharoitiga geologik tuzilishiga, rel’efiga, iqlimiga va tabiatning boshqa uisurlari xususiyatlariga bog’liqdir.
O`zbekiston hududidagi er osti suvlarini joylashish sharoitiga qarab grunt suvi, qatlamlar orasidagi suv va mineral issiq suvga bo`lish mumkin.
1. Grunt suvlari yer osti suvining eng ustki qatlami hisoblannb, er betiga yaqin joylashgan. U odatda suv o`tkazmaydigan qatlamning ustida yig’iladi. Bu erga suv yer yuzidan yog’inlardan, daryo, ko`l, ariq, suv omborlaridan sizib keladi va to`yin-tirib turadi. CHunki grunt suvining ustki qismida suv o`tkazmaydigan jinslar deyarli yo`q, grunt suvlari bosim kuchiga ega emas, ular faqat og’irlik kuchi ta`sirida sizib goradi.
O`zbekiston hududida grunt suvlari uning tabiiy sharoitiga, xususan litologik tarkibi va rel’efiga bog’liq holda quyidagi uchta mintaqada (zonada) hosil bo`ladi: tog’ mintaqasi; tog’ oldi va tog’ oraliqlaridagi mintaka; cho`l (teknslik) mintaqa.
Tog’ mintaqasidagi grunt suvlari qor, muz, yomg’nr suvlarining shimilishidan vujudta kelib, asosan chuchuk, toza bo`ladi. SHu sababli grunt suvning toplanish miqdori tog’larning hamma qismida bir xil emas. eng ko`p grunt suvining to`planishi O`zbekiston tog’larining 1500 m. dan 3000—3500 m. balandliklariga to`g’ri keladi. CHunki bu balandliklarga eng ko`p yog’in tushadi, natijada grunt suvining eng ko`p oqnm moduli shu mintaqaga to`g’ri kelib, bir kv. km. maydondan sekundiga 3 litrdan 12 litrgacha etadi. Aksincha, bu ko`rsatkich 1500 m. balandlikkacha bo`lgan joylarda 0,10 dan 1—3 l (sek) km2 tashkil qiladi.
O`zbekiston tog’li mintaqasida grunt suvining miqdori ancha katta. Agar O`rta Osiyo tog’larida uning miqdorn sekundiga 1250 m3 (yiliga 39,4 km3) bo`lsa, shuning sekundiga 105 m3 O`zbekistoi tog’lari zimmasiga tushadi. O`zbekiston tog’laridagi 105 m3g’sek. er osti suv miqdorining 80% buloq tariqasida yokv daryo vodiylariga sizib chiqadi.
O`zbekistonning tog’li qismida bir sekundda vujudga kelgan 105 m3 er osti suvini 100% desak, O`shani 31,4% Toshkent oldi, 23,8% Surxondaryo, 13,5% qashqadaryo, 11,6% Zarafshon, 6,7% Nurota-O`rta Osiyo, 5,25% Mirzacho`l, 5,9 Farg’ona va 2% g’a yaqini Markaziy qizilqum gidrogeologik mintaqasiga (Rayoniga) to`g’ri keladi.
Tog’ oldi va tog’ oralig’idagi mintaqadagi grunt suvlari ham yog’inlardan, daryo, kanal (ariq), ko`l, suv omborlardan sizgan suvlardan hamda tog’ mintaqasidan oqib (sizib) kelayotgan suvlardan to`yinadi. Bu mintaqadagi grunt suvning (tabniy sharoitga bog’liq holda) bir qismi chuchuk, bir qismi esa sho`r. Rel’efi nishab grunt suvning siljishi nisbatan tez bo`lgan Farg’ona, CHirchiq-Ohangaron, Zarafshon, qashqadaryo va Surxondaryo vodiylaridagi grunt suvlari toza va chuchuk. Aksincha, rel’efi tekis grunt suvning siljishi sust, iqlimi quruq, issiq bo`lgan Markaziy Farg’ona, Mirzacho`l, qarshi cho`li va quyi Zarafshon kabi joylardagi grunt suvi sho`rlashgan.
Tog’ oldi va tog’ oralig’idagi mintaqada grunt suvining miqdori ancha katta. Fakat tog’ oldi mintaqasidagi er osti suvining Dinamik miqdori sekundiga 295 m3 ni tashkil etadi. Farg’ona vodiysining O`zida yillik miqdori 3,0 km3 bo`lib, shuni 60% ga yaqini O`zbekiston hududiga to`g’ri keladi.
Tekislik-cho`l mintaqasidagi grunt suvlari asosan tog’ va tog’oldi mintaqadan sizib kelayotgan suvlardan, bosim ostida pastki qatlamlardan sizib chiqayotgan er osti suvlaridan, qisman oqar suvlardan bo`layotgan sizishidan va yog’in suvlaridan to`yinadi. Tekislik-cho`l mintaqasida yog’in kam, bug’lanish katta bo`lganligidan uning miqdori grunt suvning to`ynnishida katta salmoqqa ega emas.
Tekislik-cho`l mintaqasida grunt suvning bir erdan ikkinchi erga siljishi juda sekin, yiliga bir necha metrga boradi, aksincha, bug’lanish katta, binobarin, uning tarkibida har xil tuzlar mavjud bo`ladi. Bu mintaqadagi grunt suvlari tarkibida natriy xlorid tuzi eng ko`p uchraydi, shunnngdek, gidrokarbonatlq va sul’fatln suvlar ham mavjud. SHu sababli tekislik-cho`l mintaqadagi grunt suvlari ichishga yaramaydi. CHunki uning har litrida 9-10 grammgacha har xnl erigan tuzlar bor. Bunday grunt suvlari qizilkumda, Sanduqli kumligi, Ustyurtda, Orol atrofida, quyn Amudaryoning sug’oriladigan erlari atrofida keng tarqalgan. Ma`lumotlarga qaraganda Amudaryoning quyi qismidagi va Orol atrofidagi bir litr grunt suvlari tarkibida 100 grammgacha, qizilqumda 50 grammgacha har xil tuzlar borligi aniqlangan.
2. qatlamlar orasidagi suvlar.Nisbatan chuqurda, suv etkazmaydigan ikki qatlam jinslar orasidagi bo`shliqlarda sizib yuruvchi suvga qatlamlar orasidagi suvlar deyiladi. Bunday suvli qatlamlar ikki uch va hagto O`n-O`n beshdan ortiq qatlamlardan iborat bo`lishi mumkin.
Artezian suvlari ancha chuqurdan, 100—400 m va undan ham chuqurdan chiqqanligi tufayli sifati (chuchuk va sho`rligi, sovuq va isspqligi) hamma erda bir xil emas. Agar artezian suvlari er yuzasiga yaqin qatlamlar orasida joylashsa (suv qatlamlardan o’tib almashinib tursa), suvi chuchuk va sov bo`ladi.

Download 19,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish