Олий таълим йўналишлари ва мутахассисликларининг давлат таълим стандартлари асосида фанлар бўйича ўқув дастурларини ишлаб чиқиш ва татбиқ этиш Тартибига


-Maruza. TOPSHIRIQ VA TAQQOSLASH ELEMENTLARI



Download 11,57 Mb.
bet43/51
Sana30.12.2021
Hajmi11,57 Mb.
#89416
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
Bog'liq
Boshqarish tizimlari ma`ruzalar matni

16-Maruza. TOPSHIRIQ VA TAQQOSLASH ELEMENTLARI.
Reja:

1.Umumiy tushunchalar.

2.Elektrik, elektromexanik, gidravlik va pnevmatik topshirish

va taqqoslash qurilmalari.

3.Analogli, raqamli topshirish va taqqoslash qurilmalari.

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun avtomatik boshqarish sistemalaridan nazorat qilinayotgan parametrlarni bir xil ushlab turish, (stabillashtiruvchi sistema) yoki avvaldan berilgan topshiriq bo`yicha parametrlarni o`zgartirish (dasturlovchi sistemalar), yoki kirishda avvaldan ma`lum bo`lmagan o`zgaruvchiga bog’liq xolda parametrlarni boshqarish (izdan boruvchi sistema) talab qilinadi. Ko`rsatib o`tilgan sistemalarda boshqaruvchi buyruqlarni ishlab chiqish uchun topshirish va taqqoslash qurilmalaridan foydalaniladi.

Avtomatik sistemalarda topshirish qurilmalarni vazifasi boshqariluvchi miqdorni berilgan qiymatini yoki uni talab qilingan o`zgarish qonunini o`rganishdir. Avtomatik sistemalarning taqqoslash qurilmalari boshqariluvchi miqdorlarni xaqiqiy qiymatlarini berilgan qiymati bilan taqqoslaydi va ularda farq bo`lgan xol larda xosil bo`lgan farqni bartaraf qilish maqsadida boshqarish sistemasiga birlamchi signal beradi.

Taqqoslash sistemalari sifatida ko`prik sxemalardan nul’-indikatorlardan, difmanometrlardan va sh.o`.lardan foydalaniladi.

Topshirish va taqqoslash qurilmalari datchik signali va topshirish boshqarish signalini fizik tabiatiga bogliq xolda elektrik, elektromexanik, gidravlik va pnevmatiklarga bo`linadi.

Ishlab chiqarilayotgan signallarning ko`rinishi bo`yicha topshiriq qurilmalari analogli (uzluksiz va diskret) va raqamlilarga bo`linadi. Topshiriq qurilmalari rostlagichlar bilan konstruktiv birlashtirilgan bo`ladi, topshiriq pereklyuchateli esa rostlagichni yuza paneliga yoki masofadan boshqarish shitiga chiqarib qo`yiladi.

2.Elektrik, elektromexanik, gidravlik va pnevmatik topshirish va taqqoslash qurilmalari.

Uzluksiz ta`sir etuvchi elektrik topshiriq qurilmalari bo`lib o`zgaruvchan qarshilikli potentsiometrlar (1-rasm), qo`zgaluvchan o`zakli induktivliklar (2-rasm) yoki o`zgaruvchan sig’imli kondensatorlar (3-rasm) xizmat qilishi mumkin.



54-rasm. elektrik topshirish qurilmalari.


Boshqariluvchi miqdorni berilgan qiymati potentsiometr dastasini jildirib yoki dasturli qurilma yordamida, g’altak o`zagini yoki konden sator bo`ldagini jildirib o`rnatiladi. Ko`pchilik xollarda topshiriq qurilmasi ko`prikli taqqoslash organining elkalaridan biriga o`rnatib qo`yiladi. Bunga misol qilib don quritish qurilmasi xaro-ratni avtomatik rostlash sxemasini olish mumkin (20-rasm).


55-rasm. Don quritkichdagi xavo xaroratini avtomatik rostlash sxemasi.

1-termodatchik,2-to`siq, 3-reversiv eD, 4-kuchaytirgich.Qs– so-vuq xavo, Qi-issiq xavo, Rs-toprirish rezistori (xaroratni berilgan miqdorini o`tkazuvchi rezistor).

Bunday topshirish qurilmalari asosan stabillovchi boshqarish sistemalarida qo`llaniladi.

Elektromexanik topshirish qurilmalariga misol qilib dasturli relelarni olish mumkin. Ular dasturli boshqarish sistemalarida qo`llaniladi. Bunda perfolenta berilgan dasturni ta`minlovchi xisoblanadi (56-rasm). U ijrochi organni ulash-uzish vaqti va uni davomliligini belgilashuchun xizmat qiladi. Masalan, ulanish vaqti davomliligini va vaqtini, perforatsiya teshigini uzunligini va lentani yoritkich va fotorezistor F orasidagi tezligi (boshqarish signali beradigan) bilan aniqlanadi.



56-rasm. Topshirish perfolentasiga misol.
a) turli uzunlikdagi teshiklar bilan, b) teshiklar orasidagi turli masofalar bilan.
Gidravlik va pnevmatik topshirish qurilmalarida berilgan miqdor prujinalardagi zo`riqishni, to`siqni va qopqoqlarni xolatini, zolotniklarni boshqaruvchi o`tish kesim yuzalarini o`zgartirish orqali bajariladi.
3.Analogli, raqamli topshirish va taqqoslash qurilmalari.

Analogli va raqamli topshirish va taqqoslash vositalari sifatida avtomatikani xisoblash qurilmalaridan xam foydalansa bo`ladi. Analogli qurilmalarda matematik miqdorlar fizik analoglar (asosan kuchlanish) bilan amalga oshiriladi, ular esa uzluksiz o`zgarishlari mumkin. Demak ular uzluksiz qurilmalar xisoblanib, ularda matematik miqdorlar bilan xisoblar fizik miqdorlar orqali xisoblash bilan almashtiriladi.

Raqamli qurilmalarda matematik miqdorlar qurilma elementlari xolatini ma`ldum kombinatsiyalashgan raqamlar ko`rinishida ifodalaydi. Raqamli qurilmalar murakkabroq bo`lib analogli quril malarga nisbatan kam xatoga yo`l qo`yadi. Analogli mexanizmga logarifmik lineykani misol qilib olish mumkin, raqamli qurilmaga esa arifmometrni misol qilish mumkin.

Avtomatikada asosan analogli xisoblash qurilmalardan foydalaniladi. Bunday xollarda xisoblash qurilmasi XK topshirish elementi vazifasini bajaradi va u taqqoslash organi TO ga ulanadi (57-rasm, a).

Bunday sxema bo`yicha turli dasturli boshqarish sxemalari ish laydi va bunda xisoblash qurilmasi XK dastur asosida boshqarish ob`ekti BO da paramert U ni boshqarish signalini ishlab chiqaradi.

Boshqa xollarda xisoblash qurilmasi taqqoslash organi vazifasini bajaradi (22-rasm b). Bu erda u X1-U farqini xisoblaydi, buni asosida rostlagich R boshqarish ob`ekti BO ga ta`sir qiluvchi ta`sir X ni ishlab chiqaradi.



X0 X1 X 2 X U


Download 11,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish