I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan qarorlarga asosan respublikamizda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, ularni xalq xo‘jaligida samarali qo‘llash dolzarb masalaga aylangan. Telekommunikatsiya tarmoqlari, berilganlarni uzatish, Internet xizmatlariga kirish vositalari rivojlanib takomillashtirilmoqda. Fanning mavzusi va xajmi Davlat ta’lim standartidagi “Biologiya va
ekologiya" ta’lim soxasida bakalavrlar tayyorlashga qo‘yilgan malakaviy talablar asosida belgilanadi va talabalarga zamonaviy dasturiy vositalar yo‘nalish sohasidagi - biologiyaga oid masalalarni echishda, modelini qurishda, jadval, grafik va rasmlar ko‘rinishidagi tajriba natijalarini qayta ishlashda kerakli programma vositalaridan, xamda internetdan foydalanish kabilarga xam katta e’tibor berish ko‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |