O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BMTNING AHOLISHUNOSLIK JAMG‘ARMASI TASHKILOTI (UNFPA) BILAN O‘ZARO HAMKORLIK MUNOSABATLARI
BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi tashkiloti (YUNFPA) xalqaro rivojlanish bo‘yicha agentlik hisoblanib, har bir ayol, har bir erkak hamda har bir bolaning teng huquqli sog‘lom hayotga bo‘lgan huquqini ilgari suradi. Jamg‘arma 1969-yil tahkil topgan.
UNFPAning ijrochi direktori Natalya Kanem. Tashkilotning shtab-kvartirasi Nyu-York shahrida joylashgan.
YUNFPA rivojlanayotgan davlatlarga barqaror rivojlanishni taminlovchi, individual tanlov va milliy siyosatni shakllantirish asosida reproduktiv salomatni yaxshilashga yordan ko‘rsatadi
Jamg‘arma 1994-yilda aholishunoslik va rivojlanish bo‘yicha Qohira xalqaro konferensiyasida shakllangan strategiyani targ‘ibot qiladi. Strategiya demografik maqsadlarga erishishga emas, balki ma’lum bir insonlarning talablarini qondirishda qaratilgan. Bu yondashuv ayollarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish, ularga ta’lim, tibbiy hizmatlari orqali tanlov imkoniyatini yaratishga asoslangan. Qohira xalqaro konferensiyasi repraduktiv salomatlik hizmatlaridan foydalanish uchun keng ommaga imkoniyatlar yaratishga chaqiradi.
Butun dunyo bo‘yicha YUNFPA ning 130 dan ortiq missiyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jamg‘armaning budjeti BMT va donorlik yordamlari hissalari hisobiga shakllanadi.
YUNFPANING O‘zbekistondagi vakolatxonasi 1993-yildan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kunda idoraning rahbari Mieko Yabuta (Yaponiya) Qizg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi missiyalarining ham rahbari hisoblanadi.
2005-yilda YUNFPA 2005-2009-yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirishni boshladi. Dasturning maqsadlari reproduktiv salomatligini yaxshilash orqali turmush sifatini oshirishni ta’minlash; reproduktiv salomatlik hizmatlari, zamonaviy kontrasepsiya vositalari va ma’lumotlariga keng omma uchun erkin foydalanish inkoniyatlarini yaratish; gender tenglik tamoyili ilgari surish; ayollarning sog‘lig‘ini va jamiyatdagi rolini yaxshilashga qaratilgan huquqiy-normativ bazani takomillashtirish; mahallalardagi rahbarlar, OAV hamda boshqa boshqaruv organlarning joriy aholishunoslik moammolarga nisbatan sergaklikni oshirishdan iborat.
2005-2009-yillar davomida 4 mln. AQSh dollari hajmida yordam ko‘rsatilgan. Asosiy faoliyatni Namangan, Xorazm, Andijon va Jizzax viloyatlarida amalga oshirdi.
2016-yiling yanvar oyida O‘zbekiston uchun 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan Mamlakat dasturi qabul qilingan bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iboratdir:
1. Reproduktiv salomatlik;
Tibbiy muassasalarda sifatli reproduktiv va onalik salomatligini ta’minlash xizmatlariga oid imkoniyatlarni yanada kengaytirish ushbu yo‘nalishning asosiy vazifalaridan biridir.
2. Aholishunoslik va rivojlanish strategiyalari;
Ushbu yo‘nalishdagi dasturning maqsadi aholishunoslikka oid turli ma’lumotlarni to‘plash va taxlil qilish hamda ushbu sohada salohiyatni oshirishdan iboratdir.
3. Gender tengligi masalalari;
Ushbu yo‘nalish “Xotin-qizlar huquqlarini kamsitilishining barcha shakllariga barham berish” to‘g‘risidagi konventsiyaning (CEDAW) nazorat etilishi va ayollar maqomining oshirilishiga qaratilgan.