Savol va topshiriqlar
1. Logopsixologiyaning nazariy va metodologik asoslarini yo-
ritib bering.
2. Logopsixologiya fani predm eti, m aqsadi, vazifalari va t a m o -
yillari n im a la rd a n iborat.
3. N orm al va nuqsonli rivojlanishning um u m iy va o'ziga xos
qonuniyatlarini ochib bering.
5.
Nutq kamchiligi bo'lgan b o lalarning um um iy psixologik tav-
sifnomasini tuzing.
i6i
IX bob. N U T Q K A M C H IL IG I B O ‘L G A N B O L A L A R N IN G
B IL IS H FAOLIYATI
9.1. Nutq kamchiligi bo‘lgan bolalar idroki
Idrok sezgi a ’zolarimizga ta’sir qilib turgan narsalarni ongda be-
vosita aks ettirishdir. Biz narsa va hodisalarni yaxlit holicha idrok
qilamiz, ayrim xossalarni esa sezamiz. Masalan, quyoshni biz idrok
qilamiz, uning yorug'ini esa sezamiz. Idrok qilish his qilish bilan
birgalikda bilish jarayonida teng ishtirok etadi.
Bilish jarayonining sharti sifatida, idrok qilish jarayoni fikrlash
jarayoni bilan birga keladi. Idrok qilishning bir necha xil turlari
mavjud bo'lib, ular muayyan shakllari bo'yicha farqlanadi: anali-
zatorlarning ishtirokiga ko'ra (ko'ruv idroki, eshituv idroki, sezish
idroki, hid bilish idroki, kinestetik idrok va h.k.); materiyaning mav-
judligi shakliga ko'ra: atrof-borliqni idrok etish, vaqtni idrok etish,
harakatlarni idrok etish; psixik faolligiga ko'ra: oldindan o'ylangan,
oldindan o'ylanm agan idrok etish.
Ulug' qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy «Minerologiya» asari-
da sezgi va idrok haqida quyidagi fikrlarni keltirib o'tgan: «Sezgilar
beshta bo'lib, ... ular quloq bilan eshitish, ko'z bilan ko'rish, burun
bilan hidlash, til bilan tatib ko'rish va teri bilan tegib bilishdan ibo-
ratdir... ilm va m a ’rifat faqatgina o'shalar orqali hosil bo'ladi».
«Sezgilar o'z qo'zg'atuvchilari orqali qo'zg'aladi. Agar ular
m e ’yorida bo'Isa, yoqimli va zararsiz bo'ladi, m e’yoridan ortiq
bo'Isa, dardli va halokatli bo'ladi.
Ko'rish sezgisini n ur qo'zg'atadi, eshitishni havo orqali keluvchi
ovozlar qo'zg'atadi, hidlash havo bilan b urunga uriladigan hidlar
orqali paydo bo'ladi, ta ’m o zuqaning mazasi bilan vujudga keladi.
A m m o nam lik bunda shartdir. Bu to'rt sezgini his etuvchi maxsus
organlar mavjuddir. Beshinchi sezgi — sezish esa butun badanda
voqedir, a m m o dastavval uni teri sezadi».
Sezgilar bilganlaridan bir bo'lagini fikrga yetkazsa, fikr uni yang-
lishlardan tozalab aqlga topshiradi. Aql uni umumiy ishga aylantiradi.
Faqatgina sezgi organlari yordamida o'zlashtirilgan bilimlar xatolarga
olib kelishi m um kin. Agar inson sezgilardan fikrlash va xulosa chiqa-
162
rish yordamida foydalansa, ana shu sezgilar orqali idrok qilinadigan
narsalarni o'rganishda ju d a katta yutuqlarga erishmog'i mumkin.
Shunday qilib, Abu Rayhon Beruniy o'sha davrdayoq sezgi va
idrokning faoliyat ko'rsatish m ex anizm larini, b u n d a analizatorlar-
ning rolini, sezgi va idrokning xususiyatlari va o 'zaro bog'liq jihat-
larini aniq ko'rsatib berdi.
Idrokning o'ziga xos xususiyatlari quyidagicha tasniflanadi:
1) aralash va um umlashtirish: predmet va hodisalarni idrok etar
ekan, inson nim a la rni idrok etayotganini tushunadi va anglaydi;
2) predmetlilik: predm etlarning obrazlarini real predm etlar sifatida
anglaydi; 3) yaxlitlilik: borliqdagi predmet va hodisalarning alohida
sifatlari va belgilari doimiy m u stahk am bog'Iiqlikda bo'ladi; 4) ti-
zimlilik: kishi turli predm etlar yoki hodisalarning belgilarini yaxlit
va m u stah k am tizim sifatida anglaydi; 5) tanlash: bir necha pred
metlar va k o'rinishlar orasidan inson faqat bir nechtasinigina ajratib
oladi, bu uning qanday faoliyat bilan shug'ullanayotganiga, muayyan
vaqtda unga qanday narsalar kerak ekaniga va qiziqishlariga bog'liq
bo'ladi; 6) o'zgarmaslik: xuddi o'sha predm etlar inson tom onidan
o'zgargan sharoitlarda h am bir xil qabul qilinadi (turli xil yoritilishi-
da, turli xil qarashlarda, turli masofalarda). Lekin predm etlarning
obyektiv xususiyatlari o'zgarmagan holda qabul qilinadi.
Sezgilar o da tda sodda, elem entar jarayonlar bo'lib hisoblanadi,
idrok esa m urakk ab psixik jarayondir. Biz idrok qilayotgan narsalar
g'oyatda xilma-xildir. Bular jumlasiga avvalo turli b u y u m la r (bino-
lar, daraxtlar, m ashinalar, uy jihozlari va h.k.) kiradi. Biz sa n ’at
asarlari, musiqa, rasm larni idrok qilamiz. Og'zaki va yozma nutqni
idrok qilamiz. Bu narsalar va hodisalar bir-biridan ajralgan holda
emas, balki boshqa ko'plab narsalar bilan m akon va vaqt jihatdan
bir-biri bilan bog'langan holda idrok qilinadi.
Bola dunyoga kelganda sezgilari shakllanib bo'lgan bo'ladi. Le
kin ushbu sezgilarning m e ’yordagi funksiyasi atrof-borliqni idrok
etishlarini t a ’minlaydi.
Idrok etish jarayoni to'g'ri shakllanishi uchun, maqsadga
yo'naltirilgan pissiy tarbiya zarur va m uhim dir. Bolaga ko'rishni,
barm oqlar bilan paypaslashni, obyektlarni eshitishni o'rgatish ke
rak, ya’ni u nd a idrok qilish harakatlarini shakllantirish kerak.
Idrok qilish jarayonida bolada asta-sekinlik bilan ko'rish, eshi
tish, harakat, bilish obrazlarini o rttirib boradi. Lekin bun d a bola
p redm etlarning m unosabatlari va belgilarini idrok qilishi ja ra y o
nida, bu m unosabatlar va belgilar so'zlar bilan izo hlangan bo'lishi
kerak. Bu esa p red m etn ing obrazlari haqida tasavvurlarni mus-
tahkam laydi, ularni yana ham aniqlashtiradi. Agar idrok qilin-
gan obrazlar so'zlar bilan m u sta h k a m lan g a n bo'Isa, bir qancha
vaqt o 'tg an id a n keyin ham bu obrazlar bola tasavvurida tiklanishi
m u m k in .
Do'stlaringiz bilan baham: |