Davlatimizning yosh avlodni sog‘lom qilib tarbiyalash yo‘lida olib borayotgan ishlari.
Ta`lim jarayonida sog`likni muhofaza qiluvchi muhit yaratish dolzarb pedagogik muammo sifatida Agar ta`lim logikasi “Nima uchun o’qitamiz?” degan savolga, ta`lim mazmuni “Nimani o’rgatamiz?” degan savolga javob bersa, pedagogik 7 texnologiyalar “Qanday o’qitamiz?” degan savolga javob beradi. Salomatlikni muhofaza qilish nuqtai nazaridan esa: ta`limni shunday tashkil etish kerakki, bunda o’qituvchi va o’quvchlarning salomatligiga ziyon etmasin, deymiz. SHunga ko’ra salomatlikni muhofaza qiluvchi texnologiyalarni istalgan ta`limiy texnologiyalarning sifat ko’rsatkichi, ya`ni “salomatlik uchun xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi sertifikat” deb ham, pedagogik faoliyatning salomatlikni muhofaza qilish vazifalari bilan to’ldirilgan printsip, usul, metod va vositalar yig`indisi deb ham qarash mumkin. Ta`lim jarayonida salomatlikni muhofaza qilish vazifalarining qo’yilishini ikki aspektini belgilash mumkin: vazifa-minimum, vazifa-optimum. Vazifa minimum meditsina va pedagogikaning fundamental printsipi – “Zarar etkazma!” degan printsipiga javob beradi hamda o’quvchilarning salomatligiga zarar etkazmaydigan ta`lim, tarbiya va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutadi. Bu vazifa o’quvchi mehnatini muhofaza qilish vazifasi bilan bir xil bo’lib hisoblanadi. Odatda, mehnat muhofazasi ishlab chiqaruvchining salomatligini asrash, uning shikastlanishi, sog`ligiga zarar etkazilishining oldini olishga qaratiladi. O’quvchining “ishlab chiqarishdagi ish joyi ” – bu parta, sinf, maktab; faoliyati –
o’qish bo’lib, bunda ta`lim muassasasi rahbari va har bir o’qituvchining vazifasi – o’quvchini maktabda bo’lgan vaqtida jismoniy va ruhiy jihatdan unga shikast etkazishi mumkin bo’lgan omillardan asrashdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga taqdim etgan Murojaatnomasida yoshlar masalasiga alohida urg‘u berdi.
Ushbu murajaatnomada yoshlar haqida keltirilgan maqtovlar va biz yoshlarga bo‘lgan ishonch kuchimizga-kuch hamda g‘ayratimizga- g‘ayrat qo‘shdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Murojaatnomada yoshlarni sog‘lom va barkamol tarbiyalash borasida belgilangan chora-tadbirlar, xususan, Nukus shahrida Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi, Urganchda “Yoshlik” sport majmuasi, Toshkent, Andijon, Samarqand, Buxoro shaharlarida universal sport komplekslari, Qarshi shahrida sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, ko‘p tarmoqli yopiq suzish havzasi barpo etilishi kelgusida sport sohasida ko‘plab yoshlarimizni yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishga zamin yaratishi shubhasiz.
Chetda ishlayotgan va tahsil olayotgan yoshlar borasida Yurtboshimiz tomonidan berilgan takliflar O‘zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratish, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini o‘tkazish hamda chet ellarda yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan o‘zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish kabilar, o‘ylaymanki xorijdagi yurtdoshlarimiz bo‘lmish yoshlarni vatanparvarlik tuyg‘usini saqlab qolish bilan bir qatorda tajriba almashish maydonini xosil qilishda poydevor vazifasini o‘taydi.
Shuningdek, yosh tadbirkorlar uchun 2018 yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi ayni muddao bo‘ldi. Murojaatnomada kelasi yildan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona ko‘rigida xavf-xatardan ogoh etish tizimi, ya’ni, tadbirkorlar qanchalik halol ekaniga qarab, ularni “yashil” va “qizil” yo‘laklar orqali o‘tkazish joriy etilishi, barcha tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish ikki yilga to‘xtatilishi, internet tarmog‘ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibi o‘rnatilib, 2018 yildan elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo‘yicha elektron tizim tashkil etilishi va shu kabi bir qator imtiyozlar berilgani tadbirkorlar, ayniqsa yosh va yangi innavatsion g‘oyalar bilan o‘zining mustaqil tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |