Programmalashtiriladigan mantiqqa ega vositalar unversal strukturaga ega bo`lib, ular yordamida xar qanday masalani xal kilish uchun shu masalani yechish algoritmini qurish va uni amalga oshiruvchi programmani tuzib ishga tushirish yetarlidir. MP lar va ular asosidagi qurilmalar ikkinchi guruxga mansub. Ma’lumki, mikroprotsessor EXM-ning markaziy qurilmasi bo’lib, raqamli axborotlarning berilgan algoritm bo’yicha avtomatik ishlashini ta’minlaydi. So’zlarni qabul qilish, saklash va ular ustida amallarni bajarish uchun registrlar, jamlagichlar va boshqa uzellardan tashkil topgan protsessorning operatsion qismi deb ataluvchi arifmetik – mantiqiy qurilma ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |