O‘LAT (CHUMA, TOUN, RESTIS)
O ‘lat – isitma, kuchli intoksikatsiya, limfatik tugunlarni jarohatlanishi, septitsemiya va pnevmoniya bilan namoyon bo‘luvchi, o‘tkir yuqumli kasallikdir.
O‘lat epidemiya va hatto pandemiya, turida tarqalishga moyil bo‘lganligi tufayli o‘ta xavfli karantin (qon vension) infeksiyalar qatoriga kiradi va unga barcha «Xalqaro tibbiyot-sanitariya qoidalari» ta’alluqlidir.
Tarixiy ma’lumotlar. Kasallikni «chuma» deb atalishi arabcha «djumba» (yirik loviya) so‘zidan kelib chiqadi. CHunki ko‘pchilik o‘latli bemorda limfatik tugunlar yallig‘lanib loviyasimon kattalashadi.
O‘latning epidemiyalari juda qadimda (eramizdan ancha oldin) ham kuzatilib turgan.
I nsoniyat tarihida o‘l atning uchta yirik pandemiyalari kuzatilgan. Birinchi pandemiya yilnom alarga «yustinian o‘lati» deb kiritilgan bo‘lib, VI asr (530-580 yillar) da, asosan YAqin SHarq va Ovrupa davlatlarida tarqalgan va 100 mln. odamning yostig‘ini quritgan. Ikkinchi pandemiya 1334 yilda Xitoydan boshlanib, Xindiston, Afrika va so‘ngra (1348 yil) Ovrupaga tarqalgan. Bunda Ovrupaning 1/4, aholisi, ya’ni 50 mln. odam nobud bo‘lgan. SHu pandemiya davrida avval Venetsiyada, keyinroq Rossiyada tarixda birinchi marotaba o‘latga qarshi karantin choralari (guarantena, guaranta giorni – qirq kun so‘zidan) ko‘rila boshlandi. Uchinchi pandemiya, 1894 yilda Kanton va Gonkongdan boshlanib, yaqin o‘n yil ichida barcha qit’alarning 87 port shaharlariga tarqaldi va bunda 12 mln. odam halok bo‘ldi.
SHu pandemiya davrida yirik kashfiyotlar qilinib, ular o‘latga qarshi ko‘rash ishlarini ilmiy asosda tashkil etishga imkon berdi. Fransuz olimi A.Iersen 1894 yilda bemor odamda, 1897 yilda yovvoyi kalamushlarda o‘lat mikroblarini aniqladi va shuning bilan o‘latni kasal kemiruvchilardan sog‘lom kemiruvchilarga va ulardan odamlarga bu rgalar orqali tarqalishini isbotladi. 1912 ylda D.K. Zabolotnыy o‘latni tabiiy o‘choqli kasallik ekanligini aniqladi. 1926 yilda V.A. Xavkin o‘latga qarshi vaksina tayorlashga muvofiq bo‘ldi.
Ko‘p yillar davomida o‘lat epidemiyasiga qarshi o‘tkazilgan, ilmiy asoslangan chora-tadbirlar tufayli er yuzida o‘lat epidemiyalarini tugallashga muvofaq bo‘lindi. XX asrning 30-yillaridan boshlab keskin kamayib kelayotgan o‘lat, keyingi yillarda sporadik holda Avstraliyadan boshqabarcha qit’alarda kuzatilmoqda.
Etiologiyasi. O‘latning qo‘zg‘atuvchisi Yersinia restis, Yersinia lar urug‘iga, Enterobacteriaseae oilasiga mansub, harakatsiz, tuxumsimon, bipolyar bo‘yaluvchi, 1,5-0,7 mkm kattalikdagi bakteriyadir. U turli shakillarda (ipsimon sharsimon, kolbasimon) bo‘lishi mumkin, grammanfiy, spora va xivchinlari yo‘q, noziq kapsula hosil qiladi, oddiy ozuqa-muhitida 28oS (0o dan 45o gacha) haroratda va 6,9-7,2 rN li sharoitda yaxshi o‘sib, virulentli R va virulentsiz – S shakilli koloniyalar hosil qiladi. Ozuqa muhitiga hayvon qoni yoki sulfit natriy qo‘shilsa mikrobning o‘sishi tezlashadi.
O ‘lat qo‘zg‘atuvchisining antigenlik tizimi ancha murakkab. U, haroratga chidamli somatik, haroratga chidamsiz kapsulasi bilan bog‘liq bo‘lgan (virulent shtammlariga xos) va boshqa30 ga yaqin immunogen faol antigenlarga ega. Uning patogenlik xususiyati, ajratadigan ekzo- va endotoksinlari bilan bog‘liq. Iersiniyalar tajovuskor fermentlar – gialuronidaza, koagulaza, gemolizin, fibrinolizin va boshqalarni ishlab chiqaradi.
Iersiniyalarning tashqi muhitda chidamliligi unga ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq. Haroratning pasayishi bilan mikrobning turg‘unligi ortadi. O‘lat mikrobi – 22oS da 4 oy, +50-70oS – 30 min, 100oS da esa 1 minut yashaydi. Oziq ovqatlarda, suvda va uy jihozlarida Y.restis 3 oygacha, bubondan olingan yiringda – 40 kun, qon va balog‘amda – 30 kun va undan ortiq saqlanadi. O‘lat mikrobi odatdagi dezinfeksiyalovchi moddalarning ishchi konsentratsiyasida (sulema 1:100, 3-5% li lizol eritmasi, 3% li karbol kislotasi, 10% li oxak suti eritmasi) va antibiotiklar (streptomitsin, levomitsetin, tetratsiklin) ta’sirida tez nobud bo‘ladi.
Epidemiologiyasi. O‘lat – tabiiy-o‘choqli transmissiv zoonoz kasallik. Uni tabiiy, birlamchi («yovvoyi o‘lat») va sinantrop, ikkilamchi (antropourgik) o‘choqlari («shahar», «port», «kema», «kalamush» o‘latlari) farqlanadi.
O‘latning tabiiy o‘choqlari, Y.restis ning tabiiy rezervuari bo‘lmish – yovvoyi kemiruvchilar va ularning burgalari bilan bog‘liq bo‘lib, insonning xayotiy jarayoniga aloqador emasdir. Tabiatda o‘lat mikrobini tashib yuruvchi kemiruvchi hayvonlarning 300 ga yaqin turlari ma’lum. YOvvoyi kemiruvchilardan tashqari ba’zan epizootik jarayonga kalamushlar, sichqonsimonlar, shuningdek quyonsimonlar va tulkilar ham qo‘shilib qolishi mumkin. Qish uyqusiga ketuvchi kemiruvchi hayvonlarda o‘lat surunkali kechadi va epidemiyalar oralig‘ida latent infeksiya sifatida saqlanadi.
Sinantrop o‘choqlarda infeksiya manbai va rezervuari bo‘lib asosan uy kalamushlari va sichqonlari xizmat qiladi. Ularda ham o‘lat infeksiyasi qo‘pincha surunkali kechadi yoki klinik belgilarsiz in feksiyani tashib yuruvchi sifatida namoyon bo‘ladi.
K asallik asosan burgalar orqali yuqadi. Ularni 120 dan ortiq turlarida Y.restis topilgan. Bularning ichida eng faol yuqtiruvchilari – kalamush burgalari, odamlar xonadonlarida yashovchi burgalar va surka burgalari hisoblanadi. Kasallangan kemiruvchi qonini so‘rgan bo‘rganing jig‘ildonida o‘lat mikrobi ko‘payib tiqilib (“blok”) qolganidan so‘ng u kasallikni boshqahayvonlarga yuqtira oladi. SHunday qilib – “kemiruvchi-burga-kemiruvchi” halqasi hosil bo‘ladi va tabiyatda o‘latning doimiy o‘chog‘i saqlanadi.
Kasallikdan o‘layotgan kemiruvchini tashlab qochgan burgalar boshqahayvonlarga va odamlarga ham o‘tib ularga kasallikni yuqtiradi. Aniqlanishicha o‘latni yuqishi zararlangan bo‘rgani chaqishidan ko‘ra ko‘proq, uni teriga tushgan qusuq va najasini chaqilgan joyga surkalishi (qashlash) tufayli sodir bo‘ladi.
O‘latni odamlarga yuqishini bir necha yo‘llari mavjud: t r a n s m i s - s i v – zararlangan burgalarni chaqishi; k o n t a k t – zararlangan ho‘jalik kemiruvchilarini terisini shilish yoki so‘yilgan tuyani cho‘shti bilan ishlash; a l i m e n t a r – infeksiya bilan zararlangan oziq-ovqatni iste’mol etish; a e r o g e n – o‘latni o‘pka turi bo‘lgan bemorlardan yuqishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |