O'ktam: Assalomu alaykum Akram amaki nima qilayapsiz?



Download 28,5 Kb.
Sana10.06.2023
Hajmi28,5 Kb.
#950410
Bog'liq
sahna ko\'rinishi huquq


Boshlovchi: O'ktam tong chog'i yon qo'shnisi tomondan kelayotgan shovqin sabab sergak tortdi. Bu diqqatni tortuvchi tovush bolta tovushi edi. O'ktam yaqinroq borib qanday hodisa ro'y berayotganiga diqqat bilan e'tibor berdi.
O'ktam: Assalomu alaykum Akram amaki nima qilayapsiz?
Akram: Vaalaykum assalom yasha bir yordamchi kerak deb turgandim mana sen kelib qolding. Kel beriroq? Shu desang bu la'nati daraxtlarni deb yerimda na hosil unadi na bir uyimni chiroyi ochiladi na yo'lni ko'rasan na hovlini. Ildizi bilan qo'porib tashlamasammi bu tarashalarni?
O'ktam: Akram amaki axir bu daraxtlar sizniki emasku nega chopasiz? Ular yo'l bo'yida ko'chadagi chang to'zonni yutib o'tkinchilarga saratonda soyabon bo'lishdan boshqa ayb qilmabdiku. Bahor kelsa dovuchcha ham beradi (labini yalab qo'ydi)
Akram: Haa tirrancha! Hali hammadan aqlliman dersanam. Bolasanda bola. Hozirgi bolalar shu aqlli g'ij-g'ij qo'yib bersa quloq burnidanam tomadi-ya. Nega menikimas ildizi meni yerimdami? Meni arig'imdan suv ichadimi? Demak meniki-da. Tirranchayey xuddi buni xazonini kuzda sen supurib qo'ygandingga. Innankeychi bularni meni rahmat otam qurib ketgan xoppi. Chopaman!!!
O'ktam: Akram amaki chopmang mayli men xazonini o'zim har kuni supurib qo'yaman. Meva solsa bolalar bilan sizga terib beramiz ham.
Akram: Voy dastyorey ayyorligini qara. Senlar-a! Men necha millionga uyimni remont qildim daraxt ortida bilinmay qolsinmi. Ordona qolsin mevasi. Yemadimda shuni. Qani aqlli bor bu yog'i polvon boltam gapiradi
O'ktam: Sizning bunday qilishga haqqingiz yo'q!
Akram: Jo'na! Jo'na ana menga haqparast. O'rgildim takasaltang undan ko'ra devorim ostida to'p tepishni bas qil! Devorni ravso qilasan!
O'ktam: Sizning bunday qilishga haqqingiz yo'q siz qonunni buzayapsiz O'zbekiston Respublikasida 2021-yil daraxtlarni kesishga cheksiz muddatga moratoriy joriy etilgan! Ishingizni to'xtatmasangiz siz huquqbuzar sifatida jazolanasiz!
Akram: voy zakunchiyey sen kimsan. Daraxt meniki moratoriy bo'lsa bo'lar meni daraxtimga men xo'jayinman!
O'ktam: Unday emas tabiat xususiy mulk emas siz qonunga ko'ra o'z yeringizdagi daraxtni kesa olmaysiz men bunga yo'l qo'ymayman. Agar to'xtamasangiz tabiatni muhofaza qilish tashkilotlariga murojaat qilaman! Qonun xohishlarimizda ustun va adolatli!
Boshlovchi: Shu payt O'ktam qatnaydigan maktabning o'qituvchisi dhu yo'ldan ishga ketayotgan edi. U qo'shnilarga yaqin kelish so'rashdi.
Akrom: Haa domlajon biz bolalarimiz tarbiyali bo'lsin deb sizlarga yuborsak betgachopar qo'rs qilib qaytaryapsizlarmi. Qani kattalarga hurmat? Shumi ahvol? Mani sizning tarbiyangiz? Barakallo! Yashang! Mana ko'rib qo'ying! Ko'ring!
O'ktam: Ustoz bu amaki yo'l bo'yidagi meva solgan navqiron daraxtlarni chopmoqchi. Ko'chamizni soyadan va toza havodan ayirmoqchi!
Akram: Hamma yoq soya havoyam tiqilib yotibdi mana. Meni devorimga ketgan pulchi ozmuncha ish qilindimi qayoqdagi qiyshiq daraxtlar panasida qolsinmi boreee
O'qituvchi: Haa essiz shunday remont Akrom aka toki biz sarmoya ilmga emas devorga yopishtirsak daraxtlarni hali ko'p kesamiz. Jimitdek bola bilganini siz bilmabsiz-a remont deysiz remontingiz sog'liq beradimi. Qonunni remont qildim deb buzaverarkanda. Siz kap-katta bo'la turib huquqbuzarlik qilsangiz yosh avlod nima qilsin aql o'rgatmay!
Akram: Domla qo'ying daraxt otamdan qolgan kesaman dedimmi kesaman!
O'ktam: Kesmang amaki iltimos?
Domla: Otangizga rahmat shu daraxtni siz kesing deb ekibdilarda. Vatan ham ota-bobomizda qolgan Akrom aka har ikkisini asrasak yashnaymiz vayron qilib emas.
Qolaversa siz qonundan ustun emasssiz bu daraxtlar bu yashillik qonun himoyasidadir. Qonun sizning har qanday injiqlaringizdan ustundir. Sizdaylarni o'zbishimchaligiga chek qo'yish uchun bu unsiz o'simliklarni himoya qilish uchun hurmatli prezidentimizning shaxsiy tashabbuslari bilan 2019-yilda Respublikamizda ekologik partiya tashkil etilgan. Yurtimizda ayni zamonda bir million ko'chat dasturi ketayotgan bir paytda sizning na mantiqqa va na qunuga to'g'ri keladi. Unutmang qonunni bilmaslik jazodan ozod etmaydi. Qonun nafaqat daraxtlarni balki otangizdan qolgan xotirani o'tkinchilarni doularini ham sizdan asrayapti.
Akram endi sal hovuridan tushdi aql bilan o'ylay boshladi ayniq so'nggi so'zlar unga ta'sir qildi. Remont haqidagi gapi endi unga axmoqona maxtanchoqlik bo'lib tuyuldi.
Aslida devorini ham yam-yashil bo'yab olganini endi sezdi. Inson tabiatdan ajrala olmaydi baribir!
Akram: Jahl qursina! (Boshini qashladi) Domla uzr! Remont debman aslida shu devorniyam changdan asrayotgan shu beozor daraxtlarim emasmi?!
Men sal qolsa ham gunoh ham jinoyat qilib qo'yar ekanman. Rahmatli otamning yaxshiliklariga bolta uribman-a
Domla: Haa yashang Akrom aka keling maqolniyam qonunniyam buzmaylik yaxshidab bog' qolaversina nima deysiz?
Akrom: Haqsiz domla rahmat sizga. Ayniqsa mana bu kichkinaga bu zakunchi hali o'hho' odam bo'ladi hozirdan bilinib turibdi. Yasha!
O'ktam: Rahmat amaki endi o'zim sizga yordam beraman
Akram: Haaa yasha!
Boshlovchi: Azizlar har bir yashillik davlat himoyasidadir biz esa ana shu yashil tabiat himoyasidamiz tabiatga ko'tarilgan bolta tabiatnigina emas bir kuni bizni ham halok qiladi chunki inson tabiatdan ayro emas uning bo'lagidir. Mantiqan fikrlang qununlarni hurmat qiling chunki qonunlar mantiqqa tayanadi. Qonun sizni himoya qiladi hatto sizni sizning o'rningdan ham!
Download 28,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish