50-rasm. n-butanni suyuq fazada oksidlash bilan olingan mahsulotlar yig‘ilishini konversiya darajasiga bog'liqligi: l. СН3СООН; 2. СН3СОС2Н5; 3. CH3COOC2H5.
n-butannioksidlanishreaksiyasihavodasirkakislotaeritmasida 160-190°Cva 6 MPabosimdakatalizatorsizyokikobaltyokimarganestuzlariishtirokidaolibboriladi. Bujarayondagikamchiliklardanbiri, buxosilbo’ladiganko’pkomponentlimaxsulotlarniajratishxisoblanadi. To’g’rixaydashorqaliolinadiganyengilbenzinfraksiyasini (C5-C8) oksidlashjarayonin - butanganisbatankengqo’llaniladivaanchaarzongatushadi. U normal va izoparafinlar aralashmasidan iborat bo’lib, reaksiya borishini va maxsulotlar tarkibini murakkablashtiradi. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin: kislotalar (chumoli, sirka, propion, kaxrabo kislota) va neytral moddalar (spirt va ketonlar). Oxirgilari ancha uchuvchan bo’lganligi uchun (o’zi aloxida yoki suv bilan azeotrop aralashma xolida oksidlash maxsulotlari tarkibida bo’ladi), bu esa kislotalardan neytral moddalarni ajratib olish va ularni oksidlash jarayoniga qaytarish imkoniyatini yaratadi. Kislota fraksiyasidan toza chumoli, sirka, propion va qaxrabo kislotalar ajratiladi; ularning 100 kg benzinga nisbatan chiqimi 20, 70 - 75, 10 - 15 va 5 - 10 kg teng. Benzinning oksidlanishi termik yoki katalizator ishtirokida 170-2000C va 5 MPa bosim ostida olib boriladi. Hosil bo’lgan maxsulotlar keyingi oksidlashda barqaror bo’lganligi sababli oddiy barbartaj kolonnalaridan foydalanish mumkin (1-rasm). Bunda ajralayotgan issiklik benzinni bug’lanishi va neytral maxsulotlarni oksidlanishi xisobiga tashqariga chiqariladi. Reaksiya aralashmasi 2-kolonnaga keladi, u yerda neytral moddalar va reaksiyaga kirishmagan benzin xaydaladi va reaktorga qaytariladi. Ushbu kolonnadagi kub suyuqligi kislotani ajratish uchun yuboriladi.
1-rasm. Benzin yengil fraksiyasini oksidlash sxemasi: 1-reaksiya sodir bo’ladigan kolonna; 2-rektifikatsiya kolonnasi;
3-bug‘ generatori; 4—issiqlik almashtirgich; 5-sovutgich; 6-detander; 7-nasos;
8- deflegmetor; 9-qaynatgich.
Ortiqcha havo organik moddalar bug’i bilan birgalikda reaktorning tepa tomonidan 3-bug’ generatoriga yuboriladi va kerakli bosim xosil qilinadi. Gazning issikligi 4-issiklik almashtirgichda suvni isitish uchun foydalaniladi, 6-detanderda gaz bosimi yordamida sovuq xosil qilinadi, uning yordamida 5-sovutgichda gaz bilan birga kelgan benzin kondensasiyalanadi. Umumlashtirilgan kondensat oksidlash kolonnasiga qaytariladi.
Mavzu bo’yicha savollar: Oksidlash jaryonlari tavsifi
Oksidlash vositalari.
Radikal zanjirli oksidlash.
Suyuq fazada oksidlash reaktorlari.
Radikal zanjirli oksidlash reaksiya kinetikasi va katalizi.
Tashqariga chiqarib sovutish bilan davriy ravishda ishlaydigan kolonnali reaktor.
Ichki sovutish bilan uzluksiz ishlaydigan kolonnali reaktor.
Fenol sintezi.
Izopropilbenzolni oksidlash bilan fenol va aseton olish.
Izopropilbenzolni oksidlanish mexanizmi.
Izopropilbenzolni oksidlashdagi zanjirni o'sishi va uzilishi.