3-rasm. Benzin yengil fraksiyasini oksidlanish sxemasi:
1-reaksiya sodir bo`ladigan kolonna; 2-rektifikatsiya kolonnasi; 3-bug' generatori; 4-issiqlik almashtirgich; 5-sovutgich; 6-detander; 7-nasos; 8- deflegmetor; 9- qaynatgich.
Reaksiya aralashmasi 2-kolonnaga keladi, u yerda neytral moddalar va reaksiyaga kirishmagan benzin haydaladi va reaktorga qaytariladi. Ushbu kolonnadagi kub suyuqligi kislotani ajratish uchun yuboriladi.
Ortiqcha havo organik moddalar bug'i bilan birgalikda reaktorning tepa tomonidan 3-bug' generatoriga yuboriladi va kerakli bosim hosil qilinadi. Gazning issiqligi 4- issiqlik almashtirgichda suvni isitish uchun foydalaniladi, 6-detanderda gaz bosimi yordamida sovuq hosil qilinadi, uning yordamida 5-sovutgichda gaz bilan birga kelgan benzin kondensatsiyalanadi. Umumlashtirilgan kondensat oksidlash kolonnasiga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |