1-tajriba.Fosforni oksidlab fosfat kislota olish. (Tajtiba mo`rili shkafda o`tkaziladi). Chinni kosachani temir shtativ halqasiga o`rnating. Unga no`xat kattalaligida qizil fosfor solib, ustiga konsentrlangan nitrat kislota (d=1,4) eritmasidan 5-6 ml qo`yib, qizdiring. Shunday qilingki, qizil fosforning hammasi reaksiyaga kirsin. Agar fosfor ortib qolsa yana ozroq nitrat kislota eritmasidan qo`shib qizdirishni davom ettiring. Fosforning hammasi reaksiyaga kirishgandan keyin, ortiqcha nitrat kislota bo`lmasligi uchun eritmani bug`lating. Qoldiqni suv bilan suyultirib, eritma kuchsiz kislotali muhitga ega bo`lguncha soda eritmasi bilan neytrallang va ustiga kumush nitrat eritmasidan quyib chayqating. Tajriba natijasiga qarab qanday kislota hosil bo`lganligi va yana qanday moddalar hosil bo`lishi haqida xulosa chiqaring. Reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |