1-tajriba. Ammiakli selitraning olinishi. Probirkaga suyltirilgan (1:2) nitrat kislotadan 4-5 ml quyilib, unga lakmusli qog’oz tushiriladi. Eritmadan to lakmusli qog’oz ko’k tusga kirguncha ammiak o’tkaziladi (ammiakni probirkada novshadil bilan ohak aralashmasini qizdirish yo’li bilan olish mumkin). Ammiakli selitrani qattiq holatda ajratib olish uchun olingan eritma chinni kosachaga ag’dariladi-da, spirt lampa alangasida ohista bug’lantiriladi. Tuzning dastlabki kristallari paydo bo’lishi bilanoq qizdirish to’xtatiladi. Eritmani qattiq qizdirish yaramaydi, chunki bunda selitra parchalana boshlaydi (buning belgisi- kosacha ustida oq tutun to’planishidir). Kosacha sovitiladi. Tuz quritilib bo’lgandan keyin uni shisha tayoqcha bilan qirib filtr qog’ozga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |