1-tajriba. Nitrat kislotaning oksidlovchilik xossasi. a) Ikkita probirka olib, ularning biriga lakmus, ikkinchisiga esa fuksin eritmasidan 1 ml qo`ying. Har ikkala probirkaga konsentrlangan nitrat kislota eritmasidan 3-4 tomchidan tomizib, chayqating. Fuksin va lakmusning rangsizlanishini kuzating.
Chinni kosachaga 1 g qizil fosfor solib, ustiga nitrat kislotaning suyultirilgan eritmasidan 15 ml qo`ying. Kosacha qizdirilganda ortofosfat kislota va azot (II)-oksid hosil bo`ladi. Reaksiya natijasida ortofosfat kislota hosil bo`lishini kuzating. Buning uchun kosachadagi eritma sovigach, undan 1 ml olib, probirkaga quying va ustiga 2-3 tomchi kumush nitrat eritmasidan
tomizib, chayqating. Sariq loyqa hosil bo`lishi eritmada fosfat anioni borligidan dalolat beradi.Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing. Xuddi shu tajribani oltingugurt bilan ham o`tkazish mumkin. Bunda nitrat kislota oltingugurtni sulfat kislotagacha oksidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |