Oksidlanish-
qaytarilish
reaksiyalari
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari — elektronlarning atomlardan atomlarga butunlay yoki
qisman oʻtishi bilan bogʻliq kimyoviy reaksiyalar. Elektronlar chiqarilishi oksidlanish,
elektronlar biriktirib olinishi qaytarilish deyiladi. O.-q.r. atamalari dastlab metall oksidlarining
hosil boʻlish va parchalanish reaksiyalarida qoʻllaniladi. Cu+’/2O2=CuO metallarning
oksidlanishiga, CuO+H2=Cu+H2O metall oksidlaridan metall hosil boʻlishi (qaytarilishi)ga
misol boʻladi.
Atom yoki ionlari reaksiya jarayonida elektron biriktirib oladigan moddalar oksidlovchilar,
elektron beradigan moddalar esa qaytaruvchilar deb ataladi. Oksidlovchi reaksiya vaqtida
oksidlanadigan moddadan elektronni tortib olib, oʻzi qaytariladi, qaytaruvchi esa elektronlar
yoʻqotib, oʻzi oksidlanadi. Har qanday oksidlanish qaytarilishsiz boʻla olmaydi, chunki
kimyoviy reaksiyada atomlar oksidlanish dara-jasi (p)ning yigʻindisi doimiydir. N2+S12=2NS1
reaksiyasida p (N) 0 dan + 1 gacha oʻzgaradi, binobarin, vodorod (N) oksidlanadi; p(S1) 0 dan
— 1 gacha oʻzgaradi, binobarin, xlor S1 qaytariladi.
O.-q. jarayoni keng tarqalgan kimyoviy reaksiyalar jumlasiga kiradi, uning tabiatda va
texnikada ahamiyati katta. Barcha turdagi yoqilgʻilarning yonishi, turli metallarning rudalardan
ajratib olinishi O.-q.r. jarayoniga asoslangan. Metallarning korroziyaga uchrashi, koʻpgina
muhim kimyoviy mahsulotlarning hosil boʻlishi ularning oksidlanishi tufaylidir. Elektr-kimyo
sanoati O.-q.r.ga asoslangan. Mis, nikel, oltin, rux va boshqa eritmalardan elektrolitik
qaytarilish yoʻli bilan olinadi yoki tozalanadi. Kimyoviy tok manbalari — akkumulyatorlar va
galvanik elementlar O.-q.r. tufayli ishlaydi va h.k.
Sayfullo Hamroyev.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Oksidlan
ish-qaytarilish_reaksiyalari&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Oksidlanish-
qaytarilish_reaksiyalari&oldid=2
394710
" dan olindi
Manbalar
Soʻnggi tahrir 9 kunlar avval ZI Jony tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Do'stlaringiz bilan baham: |