Oksazol
MUNDARIJA:
Kirish …………………………………………………………………………..…..3
I Bob. Adabiyotlar sharhi…………………………………………………….…4
1.1. Bеsh a’zоli ikki gеtеrоatоmli gеtеrоtsiklik birikmalar.....................................4
1.2. Oksazolning tuzulishi va tabiatda tarqalishi …….……………………..........12
II Bob.Tajriba qismi…………………………………………………..………...15
2.1. Oksazolning olinishi……………………………………………………..…...15
2.2. Oksazolning fizik va kimyoviy xossalari…..………………………………..19
III Bob. Olingan natijalar va ularning muhokamasi………………………….25
3.1. Geterohalqali birikmalarning ishlatilishi va ahamiyati………..……………..25
Xulosa ……………………………………………………………………….……29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….…30
Kirish
Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar sanoatning yetakchi yo‘nalishlarini izchil rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilayotgani, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi O‘zbekiston bilan Rossiya hamkorligi barcha sohada jadal rivojlanib borayotganining yorqin namunasi ekanini qayd etdi.Yangi korxona viloyat iqtisodiyoti uchun o‘ziga xos lokomotiv bo‘libgina qolmasdan, butun mamlakatimizni uglevodorod mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini tubdan yaxshilash va eksport hajmini oshirish imkonini beradi. Davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 sentabrdagi «2016 – 2020 yillarda uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida bu boradagi ishlar izchil rivojlantiriladi. Umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod ushbu ulkan loyihada Janubiy Koreyaning "Xyunday injenering" kompaniyasi asosiy quruvchi-pudratchilardan bo‘ldi. Hech shubhasiz, bu yangi sanoat kompleksi nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi noyob sanoat obyektlaridan biriga aylandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev alohida ta’kidlaganidek, O‘zbekiston faqat tabiiy xomashyosi bilan cheklanmay, uni chuqur qayta ishlashda Qandim majmuasi katta imkoniyat yaratadi[2].
Besh a‘zoli ikki geteroatomli geterohalqali birikmalarga pirazol, imidazol, oksazol, tiazol va ularning hosilalari kiradi. Bu birikmalarning ba‘zi hosilalari tibbiyotda keng ishlatiladi. Oksazol imidazolga o’xshash birikma bo’lib, imidazoldagi ikkilamchi azot O atomiga almashgan. Shuning uchun bu moddaning xossalari furannikiga o’xshab ketadi:
Oksazol – piridin hidini eslatadigan rangsiz suyuqlik;
-85º C da suyuqlanadi;
-69-70ºC da qaynaydi;
-kuchsiz asos xossasiga ega;
-suvda va ko‘plab organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Oksazol va ularning ba‘zi birikmalari dorivor moddalar, vitaminlar va antibiotiklarning tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |