okO’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
Rudalarni boyitish fanidan
MA'RUZALAR MATNI
Navoiy - 2013 y.
«Rudalarni boyitish» fanidan ma'ruzalar matni. N.A. Doniyarov, O.E.
Toshev, A.A. Saidaxmedov. Navoiy davlat konchilik instituti, 2013y. -132 bet.
Mazkur ma'ruzalar matnida hozirgi zamon fan va texnika yutuqlarini inobatga olgan holda mineral tog’ jinslarini boyitish usullari: gravitatsiya, flotatsiya, magnit va elektr maydonlarida foydali qazilmalarni boyitish jaryonlarining nazariyalari keltirilgan. Har bir jaryon uchun sanoatda ishlatiladigan dastgohlar to'g’risida qisqacha ma'lumot keltirilgan.
Ushbu ma'ruzalar matni Oliy o'quv yurtining 5310300- «Metallurgiya» yo’ nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavrlar uchun mo'ljanlangan.
Navoiy davlat konchilik instituti O’quv Uslubiy Kengashining 2013 yil 10 maydagi № 5 sonli qaroriga muvofiq nashr etishga ruxsat etildi.
Taqrizchilar:
Normurotov R.I.- GMZ-1 KB innovatsion-texnik xizmat boshligi, t.f.n.
Abduraxmonov E. - Navoiy davlat konchilik instituti, t.f.n., dotsent.
KIRISH
«Rudalarni boyitish» fani 5310300 - Metallurgiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’qitiladigan talabalarni kasbini belgilovchi fanlardan biri hisoblanadi. Foydali qazilma konlarini topish, ularni qayta ishlab metall holiga keltirish insoniyatni dastlabki ish faoliyatlaridan biriga kiradi. Hozirgi zamon fan texnikasini, sanoatni to’xtovsiz rivojlanishi metallarni ishlab chiqarishga yangi talablar qo’ydi. Bu o’z navbatida metallurg-muxandis kadrlarga bo’lgan talabni kuchaytirdi.
Mazkur ma'ruzalar matnida hozirgi zamon fan va texnika yutuqlarini inobatga olgan holda mineral tog’ jinslarini boyitish usullari: gravitatsiya, flotatsiya, magnit va elektr maydonlarida foydali qazilmalarni boyitish jaryonlarining nazariyalari keltirilgan. Har bir jaryon uchun sanoatda ishlatiladigan dastgoxlar to'g’risida qisqacha ma'lumot keltirilgan.
Hozirgi kunda o’zbek tilida o’qitilishga o’tish munosabati bilan metallurgiya sohasi fanlarini o’zlashtirish borasida qo’shimcha qiyinchiliklar yo’zaga keldi. Boyitish sohasiga tegishli o’zbek tilida yozilgan adabiyotlar juda oz bo’lgani uchun talabalar rus tilida yozilgan darsliklardan foydalanishga majbur bo’layaptilar. Bu esa bilimni o’zlashtirish jarayonini murakkablashtirmoqda. Shuni hisobga olgan holda, o’zbek tilida qisqa, aniq va tushunarli qilib ushbu ma’ruzalar matni yaratildi.
Shu kungacha «Rudalarni boyitish» fanidan o’zbek tilida yozilgan adabiyotlarning umuman yo’qligi, birinchi marta chop etilayotganligi, ayrim texnik atamalarni tarjimasi hali qabul qilinmaganligi sababli, ushbu ma’ruzalar matnida yo’l qo’yilgan so’z to’zilishlaridagi kamchiliklarni e’tirof etib, ular haqida fikr va mulohazalar, istaklar bildirilsa, mualliflar mamnuniyat bilan qabul qilgan bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |