Okoz: 14. 00. 00. 00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14. 01. 00. 00 Sog‘liqni saqlash / 14. 01. 08. 00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14. 01. 08. 04 Tibbiy ko‘rik] [tsz



Download 335,01 Kb.
bet2/3
Sana13.11.2019
Hajmi335,01 Kb.
#25859
1   2   3
Bog'liq
2982 15.03.2018


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA


Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvali bandlarini qo‘llash bo‘yicha

IZOHLAR

1-bob. Ruhiy buzilishlar



Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:

1-bandi — og‘ir va o‘rta darajadagi aqliy zaiflik diagnozi har tomonlama isbotlangan bo‘lishi lozim. Aqliy zaiflik yaqqol alomatlarida yaroqsizlik masalasi statsionarda tekshiruvlarsiz hal qilinishi mumkin.

Rivojlanayotgan organizmlarda kuzatiladigan ruhiy infantilizm alomatlarida kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining 16-bandiga muvofiq qaror chiqariladi.

2-bandi — simptomatik epilepsiya va uning boshqa turlari (narkolepsiya, katalepsiya) bo‘yicha ushbu band bo‘yicha qaror chiqarilmaydi. Epileptik tutqanoq mutaxassis shifokor nazorati va guvohlar dalolatnomasi bilan tasdiqlanishi lozim. Zaruratga qarab, yashash va o‘qish joylaridan kerakli ma’lumotlar olinadi. O‘quvchida avval kuzatilgan epileptik tutqanoq haqidagi ma’lumotlar mavjudligi ushbu bandni qo‘llashga asos bo‘ladi.

3-bandi — reaktiv psixozlarni, nyevrotik, dissotsiativ va somatik shakldagi buzilishlarni, psixogen depressiv holatlar va reaksiyalarni, o‘quvchining nyevrotik rivojlanishini, surunkali reaksiyadan keyingi shaxs o‘zgarishlarini hamda jarohatdan keyingi stress buzilishlarini nazarda tutadi.

4-bandi — shizofreniya diagnozini qo‘yishga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim. Shizofreniya kasalligiga gumon bo‘lgan har bir holatda, yuqori malakali mutaxassislar shifokorlar jalb qilinib, statsionar sharoitda tekshirish lozim, chunki ayrim hollarda o‘quvchining individual xususiyatlariga xos bo‘lgan fe’l va xulq-atvorning biron-bir kasallik jarayoniga aloqasi bo‘lmagan ba’zi belgilari shizofreniya belgilari deb qabul qilinadi.

6-bandi — intoksikatsion (psixoaktiv moddalarni iste’mol qilishdan keyingi holatlardan tashqari) va yuqumli kasalliklar hamda somatogen psixozlarni nazarda tutadi. Ushbu bandga radiomagnit, yuqori chastotali nurlanish manbalari va boshqalar ta’siridan kelib chiqqan ruhiy buzilishlar ham kiradi.

7-bandi — shaxs buzilishlari, psixopatiyalar, o‘quvchining patologik rivojlanishi, ruhiy infantilizmni (barcha shakllarini, bundan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining 16-bandida ko‘rsatilgan holatlar mustasno) nazarda tutadi.

Shaxs o‘zgarishlarining diagnostikasi uchun sinchkovlik bilan va obyektiv yig‘ilgan anamnez hamda ruhiy kasalliklar statsionarida o‘tkaziladigan har tomonlama tekshiruv natijalari zarur.

Mazkur bandga eng chuqur va turg‘un kasallik ko‘rinishlariga ega bo‘lgan uzoq muddatga mehnat qobiliyatini yo‘qotadigan va xizmat majburiyatlarini bajarishga xalaqit beradigan, yaqqol ifodalangan, kompensatsiya qilib bo‘lmaydigan, yadro shaklidagi psixopatiyalar deb ataladigan shakllar va shaxsning patologik rivojlanishlari (paranoyal, obsessiv-fobik va boshqalar), turg‘un, to‘satdan paydo bo‘ladigan hissiy-irodaviy affektiv buzilishlari, reaktiv holatlarning rivojlanishi, vegetativ asab tizimining turg‘unsizligi bilan namoyon bo‘ladigan o‘rtacha darajada shaxs buzilishlarining shakllari, kompensatsiyali psixopatiyalar va shaxsning patologik rivojlanishi hamda turg‘un va ifodalangan patologik reaksiyalarga moyil bo‘lgan ruhiy infatilizmi, hissiy-irodaviy va boshqa ko‘rinishlari, shu jumladan shaxsning aksentuatsiyalashgani, tranzitor shaklidagi, tashqi zararlar (infeksiya, intoksikatsiya, jarohatlar va boshqalar) bilan sababiy bog‘liq bo‘lgan psixopatiyaga o‘xshash holatlar kiradi.

O‘quvchining o‘ziga qasddan yetkazgan tan jarohati alomatlari aniqlanganda, o‘qishga qabul qilishga yaroqsizligi haqida xulosa chiqariladi. “Shaxsning aksentuatsiyasi” diagnozini qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq emas.

O‘quvchining sog‘lig‘i holatidan kelib chiqmagan, maqsadli xulq-atvor xatti-harakatlarining o‘zgarishi hamda intizomsizlik ko‘rinishlarini kasallik alomatlari deb baholab bo‘lmaydi.

8-bandi — ushbu bandga asosan emotsional-vegetativ buzilishlar bilan kechadigan yengil darajada nyevrotik holatlar kiradi. Shuningdek, mazkur bandga birlamchi, qisqa muddatda shakllangan, sezilarsiz darajada ifodalangan o‘zgarishlar, nyevrotik, hissiyotga asoslangan, moslashuv reaksiyasining buzilishi holatlari kiradi.

9-bandi — bosh yoki orqa miyaning jarohat tufayli kelib chiqqan markaziy asab tizimining o‘zgarishlari va uning faoliyati buzilishi mavjudligi, markaziy asab tizimining shikastlanishi hamda portlash to‘lqini va boshqa tashqi omillar ta’siri tufayli zararlanishining asoratlarini nazarda tutadi. Davolanish muolajalari tugaganidan keyingi sezilarsiz asoratlar mavjudligida kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining 12-bandi bo‘yicha qaror chiqariladi.

2-bob. Asab tizimi kasalliklari va kasallik asoratlari

Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:

10-bandi — ushbu band oddiy va talvasali hushidan ketishlar bilan kechadigan, krizlari mavjud bo‘lgan vegetativ tomir distoniyasi hamda vegetativ asab tizimidagi o‘zgarishlarda qo‘llaniladi.

11-bandi — ushbu bandning “b” kichik bandiga o‘rtacha darajada kasallik vaqtida mavjud bo‘lgan ko‘ngil zaifligi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqu buzilishi, xushdan ketish, ish qobiliyatining pasayishi, markaziy asab tizimi tomonidan boshlangan ayrim turg‘un organik kasallik belgilari mavjud bo‘lgan emotsional sohadagi faoliyat buzilishi aniq ko‘rinib turgan gipomimiya, anizorefleksiya, ko‘z qorachig‘ining nurga nisbatan reaksiyasi, piramidal kasallik simptomlari va boshqalar tegishli hisoblanadi.

Ushbu bandning “v” kichik bandiga markaziy asab tizimining virusli infeksiyalari, bakteriyalari va infeksion-allergik kasalliklaridan keyingi asoratlari, bosh miya va orqa miya infeksiyalari tufayli davolangandan keyingi holatlar kiradi.

12-bandi — ushbu bandning “b” kichik bandida bosh miya va orqa miya jarohatlarining oqibatlari, markaziy asab tizimida sodir bo‘lgan jarohatlarning asoratlari, shuningdek havoda sodir bo‘lgan portlash to‘lqini ta’siri natijasida yuz bergan jarohat oqibatlari, bosh miya va orqa miya jarohatlanishi oqibatida nyevrologik kasalliklarning organik belgilari mavjudligi (burun-labning burmalarida sezilarsiz assimetriya alomatlari hamda anizorefleksiya belgilari, sezuvchanlikning yengil tarzda buzilishi va boshqalar), ularning vegetativ tomir kasalliklari va turli nyevrotik holatlar bilan birga kelishi nazarda tutiladi.

Ushbu bandning “v” kichik bandiga jarohatlanishdan keyin markaziy asab tizimi faoliyatining to‘liq asoratsiz tiklangan holatlari kiradi. Bosh miya va orqa miya jarohati o‘tkazgan o‘quvchilarning yaroqliligi statsionar davolashdan keyin aniqlanadi.

14-bandi — ushbu bandning “b” kichik bandi asab tolalarining jarohatlanishi davolash natijasida, ularning faoliyati to‘liq tiklangan, ayrim sezuvchanlikning yengil darajada hamda jarohatlangan asab tolalari bilan bog‘liq bo‘lgan mushaklar kuchining biroz zaiflashuvchi, oyoq-qo‘llar faoliyatining cheklanmagan holatlarida qo‘llaniladi.

15-bandi — pereferik asab tizimi kasalliklari va kasallik asoratlarini davolash natijasida ularning faoliyati to‘liq tiklangan, asab tolalari bilan bog‘liq bo‘lgan mushaklar kuchining biroz zaiflashuvchi, oyoq-qo‘llar faoliyatining cheklanmagan holatlarida ushbu bandning “b” kichik bandi qo‘llaniladi.

3-bob. Ichki a’zolar kasalliklari

Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:

16-bandi — tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchining mushaklar tizimi, bo‘yi va vazni, ko‘krak qafasining aylanasi, qomati hamda yoshi hisobga olingan holda qat’iy ravishda jismoniy rivojlanishining darajasi haqidagi xulosa individual beriladi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchining jismoniy rivojlanishini baholashda uning yoshiga e’tibor beriladi, chunki organizm jadal o‘sayotgan vaqtda uning vazni bo‘yiga nisbatan orqada qolishi mumkin.

Inson vazni va bo‘yining nomutanosibligi tana rivojlanishining salbiy ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin emas. Tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchining jismoniy rivojlanish xulosasi mushak tizimining rivojlanish darajasiga baho berish asosida qat’iyan individual hal etiladi.

Mushak tizimining rivojiga baho berishda teri osti yog‘ to‘qimasining to‘planish darajasi hamda ayrim tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilarning mushaklarining rivojlanish xususiyatlari inobatga olinadi. Bo‘y ko‘rsatgichi 150 sm dan pastligida, tana vazni 40 kg dan kamligida ushbu band qo‘llaniladi.

17-bandi — o‘tkir yuqumli, parazitar kasalliklar, intoksikatsiyalar natijasida vaqtinchalik funksional buzilishlar mavjudligida, bemor shifoxonadan chiqqanidan keyingi umumiy astenizatsiya, quvvatsizlik, oziqlanish buzilgan holatlar ko‘zda tutiladi.

O‘tkir virusli gepatit “A” bilan davolangan, jigar faoliyati to‘liq tiklangan, statsionarda davolanganiga 6 oy muddat o‘tgan o‘quvchilar o‘qishga yaroqli deb e’tirof qilinadi.

19-bandi — ushbu bandda ko‘rsatilgan kasalliklar aniqlangan tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilar tibbiy ko‘rikdan faqat statsionar tekshiruv va davolanishdan so‘ng o‘tkaziladi.

Endokrin a’zolarda aniqlangan kasalliklar va jarrohlik amaliyotlari orqali davolangan o‘quvchilarga ushbu bandning “b” kichik bandi bo‘yicha qaror chiqariladi.

20-bandi — qonning tizimli kasalligi sababchi bo‘lmagan, biroq ozib ketish va mehnat qobiliyatining pasayishi bilan kechadigan, xar xil sabablar keltirib chiqaradigan, o‘rtacha namoyon bo‘ladigan anemiya, leykoyeniya va trombotsitopeniya kasalliklariga chalingan tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilarga ushbu bandning “b” kichik bandi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

24-bandning “b” kichik bandiga kelib chiqishi sil bilan bog‘liq bo‘lmagan surunkali o‘pka-bronx kasalliklari, shuningdek bronxlar, o‘pka, plevraning o‘tkir shamollashdan keyingi, tashqi nafas faoliyatining yengil, o‘rta, og‘ir darajada buzilgan qoldiq asoratlari kiradi.

28-bandi — mazkur bandda nazarda tutilgan neyrodiskulyator distoniya diagnozi statsionar sharoitida, nyevropatolog, okulist va zaruratga qarab boshqa mutaxassis shifokorlar ko‘rigi natijasida jismoniy, ortostatik, sinamalar, giperventilyatsiya va boshqa tibbiy ko‘rik usullari orqali aniqlanishi kerak.

29-bandi — ushbu bandga yurak tomirlari o‘tkir kasalliklarining asoratlari, shuningdek qon aylanishi va shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan yurak ritmining vaqtinchalik buzilishlari kiradi. Bu band yurak tug‘ma nuqsoni bilan og‘rigan, faol shakllanmagan revmatizimdan, infeksion-toksik miokarditdan, yurak ishemik kasalliklarining o‘tkir shakllari holatini nazarda tutadi.

30-bandi — ushbu band qizilo‘ngach, oshqozon, ichak, qorin pardasi, jigar, o‘t qopi, o‘t yo‘llari, oshqozon osti bezi, taloq kasalliklarini nazarda tutadi.

Ushbu bandning “b” kichik bandiga qorin bo‘shlig‘i a’zolari ovqat hazm qilish, oziqlanish, holsizlik kabi faoliyatini buzmagan o‘tkir kasalliklari, surunkali gastritlar va duodenitlar kiradi.

Xavfsiz bilirubinemiya alomatlari aniqlangan tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilarga nisbatan yaroqsiz hisoblanadi.

4-bob. Jarrohlik kasalliklari

Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:

33-bandi — ushbu bandga jarohatlar, jarrohlik amaliyotlari, katta hajmdagi tatiurovka, kelloidli, gipertrofik, atrofik chandiqlar, bosh, gavda yoki oyoq-qo‘llar harakatini o‘rtacha cheklab turadigan yoxud kiyim kiyishga, poyabzalda yurishga yoki qurol, aslaha anjomlari ko‘tarishga qiyinchilik tug‘diradigan turli chandiqlar kiradi. Shuningdek, bosh, yuz, bo‘yin sohalari husn buzuvchi chandiqlar, turli ma’nodagi hamda katta hajmdagi ko‘p sonli tatuirovkalar mavjudligi ushbu bandni qo‘llashga asos bo‘ladi.

34-bandi — ushbu band ko‘krak qafasidagi, qorin bo‘shlig‘idagi, kichik tos va qorin bo‘shlig‘i ortidagi a’zolarning yaradorlik, jarohat yoki jarrohlik muolajalari oqibatida vujudga kelgan asoratlarni nazarda tutadi.

Ushbu bandning “b” kichik bandiga ko‘krak qafasidagi, qorin bo‘shlig‘idagi, kichik tos va qorin bo‘shlig‘i ortidagi a’zolarning yaradorlik, jarohat yoki jarrohlik muolajalari oqibatida vujudga kelgan vaqtinchalik o‘zgarishlari kiradi.

36-bandi — umurtqa pog‘onasining ko‘ndalang yoki o‘tkir qirralarning asoratsiz sinishi, beshinchi bel umurtqasining birinchi dumg‘aza umurtqasiga qo‘shilib ketishi, sokralizatsiyasi, shuningdek umurtqa pog‘onasi va orqa miyaning faoliyati buzilishi hollari kuzatilmagan umurtqa pog‘onasining besh gradusgacha qiyshayishi aniqlangan tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilar yaroqli hisoblanadi.

39-bandi — suyaklar sinishi holatlarida yaroqlilik haqidagi harbiy tibbiy komissiya qarori davolanish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

40-bandi — sonning ichki o‘siqlari orasidagi masofa 9 sm dan yuqori bo‘lgan oyoqlarning O simon egriligida yoki boldirning ichki to‘piqlari orasidagi masofa 9 sm dan yuqori bo‘lgan oyoqlarning X simon egriligi aniqlangan tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilar yaroqsiz deb topiladi.

42-bandi — ushbu bandda qo‘l barmoqlari yoki panjalari yo‘qligi, nuqsonlari, egriligi, kasalligi natijasida faoliyati buzilishi holatlari ko‘riladi.

Barmoqlar paylari, asab tolalari jarohatlanishi natijasidagi to‘liq qiyshayishi yoki harakatsizlanishi barmoqning yo‘qligi deb qabul qilinadi.

43-bandi — ushbu bandda oyoq barmoqlari yo‘qligi, nuqsonlari, egriligi, kasalligi natijasida faoliyati buzilishi holatlari ko‘riladi.

Oyoq barmoqlari paylari, asab tolalari jarohatlanishi natijasidagi to‘liq qiyshayishi yoki harakatsizlanishi barmoqning yo‘qligi deb qabul qilinadi.

Oyoq panjasi faoliyatini buzmaydigan, birinchi barmoqdan tashqari, boshqa bitta barmoqning tirnoq falangasi yo‘qligi aniqlangan tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilar yaroqli deb topiladi.

44-bandi — ushbu band oyoq panjasi va tovonlaridagi tug‘ma, shuningdek orttirilgan deformatsiya holatlarini hamda yassi tovonlik yoki bolalik yoxud o‘smirlik davridagi yassi tovonlik natijasida uning mushaklardagi asoratli o‘zgarishlarni nazarda tutadi.

Ushbu bandning “b” kichik bandiga, yassi tovonlikning II darajasi, osteoartrozning boshlang‘ich alomatlari aniqlangan holatlari taalluqli bo‘ladi.

Oyoq panja suyaklarining osteoartroz asorati kuzatilmagan I va II darajali yassi tovonlik aniqlangan tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilar yaroqli hisoblanadi.

47-bandi — ushbu bandga tugunli yoki kistoz buqoq kasalligi kiradi. Endokrin kasalliklari mavjud bo‘lganda kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining 19-bandi qo‘llanadi.

A’zo faoliyatining buzilish alomatlari bo‘lmagan qalqonsimon bezning I darajali diffuz tarzdagi kattalashuvida ushbu band qo‘llanilmaydi.

49-bandi — xavfsiz o‘smalar: lipomatoz, gemangiomalar, nevuslar, dermoidli kista pufaklar, xondromalar va boshqa shu singari standart poyabzal, kiyim kiyishga, anjomlar olib yurishga xalaqit bermaydigan kasalliklar, oshqozon-ichak traktidagi yakka holda o‘sgan poliplar, qovuqdagi xavfsiz, ichki a’zolar faoliyatini buzmaydigan papilomalar aniqlangan tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilar yaroqli hisoblanadi.

50-bandi — aorta, magistral, periferik, arteriya, vena va limfa tomirlari kasalliklari hamda jarohatdan keyingi asoratlarida ushbu band asosida qaror chiqariladi.

Oyoq terisi osti venalarining alohida sohalarida, asoratsiz kengayishida ushbu band qo‘llanilmaydi.

51-bandi — kindikdagi kichik churralar, shuningdek chov halqasining churrasiz kengayishi holatlari aniqlangan o‘quvchilarga ushbu band qo‘llanilmaydi.

55-bandi — ushbu bandning “b” kichik bandiga muvaffaqiyatli davolash natijalaridan keyingi asoratsiz tashqi bavosil taalluqli.

56-bandi — ushbu bandning “b” kichik bandiga siydik chiqarish yo‘lidagi, ultratovush tekshiruvi bilan tasdiqlangan, yakka holdagi kichik (0,5 sm gacha) toshlarni instrumental yo‘l bilan (loxanka-buyrak jomi, siydik yo‘li, qovuq-siydik pufagidan) olib tashlanganidan yoki zarb to‘lqinli litotripsidan keyin buyraklar faoliyati buzilmagan holatlar, takroriy ravishda tosh hosil bo‘lmasdan yakka toshning tushib ketishi, og‘riq sindromisiz kechadigan I darajali nefroptoz, qisqa muddatli gematuriya bilan kechadigan buyrak lat eganidan keyingi holatlar hamda gipospadiya va epispadiya kiradi.

59-bandi — kechalari siydik tutolmaslik diagnozi statsionarda tekshirilib, tasdiqlanishi shart.

60-bandi — urug‘ naychasi venalarining yaqqol ko‘zga tashlanadigan tarzdagi kengayishi (vena tugunlari moyakning pastki qismiga osilib tushgan holatlar, moyak hajmi kichrayishi, kremaster refleksining mavjud bo‘lmasligi, varikoz kengaygan venalarda qo‘shimcha yallig‘lanish bilan bog‘liq o‘zgarishlar hamda og‘riq sindromi mavjud bo‘lgan holatlar) mazkur bandning “a” kichik bandiga taalluqli bo‘ladi.

Varikoz tarzdagi urug‘ naychasi atrofidagi venalarning varikoz tarzidagi II darajali kengayishi (naycha moyak polyusining o‘rta qismidan pastroqqa tushib ketishi, moyakning atrofiyasi va og‘riq sindromining yo‘qligi) holatlari mazkur bandning “b” kichik bandiga taalluqli bo‘ladi.

Chap tomondagi urug‘ naychasi venalarining sezilarsiz, I darajali kengayishi holatlari aniqlangan tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilar yaroqli hisoblanadi.

61-bandida ko‘rsatilgan kasalliklarni muvaffaqiyatli davolash natijalaridan keyingi holatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilar yaroqli deb topiladi.

62-bandida ko‘rsatilgan kasalliklarni muvaffaqiyatli davolash natijalaridan keyingi holatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilar yaroqli deb topiladi.

5-bob. Quloq, burun va yuqori nafas yo‘llarining kasalliklari

Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:

65-bandi — oldingi perforatsiya o‘rnidagi chandiqlar hamda ohaklanishi-qattiqlashishi natijasida hosil bo‘lgan o‘zgarishlar — chandiqlar quloq nog‘ora pardasiga zarar yetkazmagan, eshitish darajasi o‘zgarmagan hamda quloqning barofunksiyasi buzilmagan hollarda yaroqli hisoblanadi.

71-bandi — burun bo‘shliqlarida yiringli yaralar bilan kechadigan surunkali kasalliklar mavjudligi rinoskopiya va burun bo‘shlig‘ini rentgenografiya qilish orqali, gaymor bo‘shlig‘i uchun esa davolash muassasasi tomonidan o‘tkazilgan diagnostik punksiya orqali olingan natijalar bilan tasdiqlanishi kerak.

73-bandi — ushbu bandga yiliga kamida ikki martadan takrorlanib turadigan surunkali tonzillit zo‘riqishi bilan kechadigan, tonzillogen intoksikotsiya, bodomsimon bezlar oldi to‘qimalarida yallig‘lanish, regional limfa tugunchalari yallig‘lanishi (paratonzillar absess, regional limfadenit) singari holatlarining surunkali dekompensatsiyalanuvchi tonzilliti kiradi. Surunkali tonzillitning boshqa oddiy shakllari hamda bodomsimon bezlar gipertrofiyasining boshqa shakllari mavjud bo‘lgan hollarda, tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilar davolanganlaridan so‘ng yaroqli deb topiladi.

76-bandi — o‘quvchilar kasallik, jarohat, operatsiyadan keyingi vaqtda ularga kasalligi bo‘yicha davolanish to‘g‘risidagi qaror chiqarilib, maxsus davolanish tamom bo‘lgan, lekin shu qobiliyatining to‘la tiklanishi uchun muddat talab qilinadigan hollarda, ushbu band qo‘llaniladi.

O‘rta quloq, traxeya burunda radikal, rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlari o‘tkazgan tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilarga yaroqsiz xulosa chiqariladi.

6-bob. Og‘iz bo‘shlig‘i va jag‘ kasalliklari

Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:

77-bandi — ushbu bandga yuz-jag‘ sohasining tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari va shakl o‘zgarishlari, davolash muolajalari, shu jumladan jarrohlik amaliyotlaridan keyin samarasiz kechadigan jag‘ning, so‘lak bezlarining, chakka pastki jag‘ bo‘g‘imlarining surunkali kasalliklari kiradi.

Tish qatori bir yo‘nalishda oraliq 5 mm gacha surilgan hollarda I darajali, 5 mm dan 10 mm ga qadar surilganda II darajali, 10 mm dan ortiq surilganda III darajali tishlov anomaliyasi deb baholanadi.

Mazkur bandning “a” kichik bandiga pastki jag‘ning xavfsiz o‘smalar tufayli to‘liq yoki qisman kesib olingan va boshqa to‘qima ko‘chirib o‘tqazilgan nuqsonlari kiradi.

Ushbu bandga II-III darajali tishlov anomaliyalari (tish qatorlarining siljishi 10 mm dan ko‘p) yoki chaynash samaradorligini Agapov usuli bo‘yicha 60 foizdan kamroq, chakka pastki jag‘ bitishuvlari, tutashib ketishlari va jag‘ning soxta bo‘g‘imlari, yuz nervining asosiy shoxi yoki yirik shoxlaridan birining shikastlanishidan yuzaga kelgan mimik mushaklarning falajlanishi, surunkali, tez-tez qaytalanuvchi so‘lak bezlari yallig‘lanishlari, yuz-jag‘ sohasining aktinomikozlari, chirigan suyak bo‘shliqlari va parchalari mavjud bo‘lgan jag‘ osteomiyeliti kiradi.

O‘quvchilarda tish qatorlarini 5 mm gacha (I daraja) siljiganida, chaynash jarayonining buzilishi yoki chaynash samaradorligini Agapov usuli bo‘yicha 60 foizdan kamroq bo‘lishi bilan birga kechadigan tishlov anomaliyalari, yuqori labning yorig‘i va boshqa tug‘ma nuqsonlari mavjud bo‘lganda yaroqsiz hisoblanadi.

78-bandi — tishlarida ko‘plab kariyes, karioz, plombalangan va sug‘urib tashlangan tishlar soni 6 taga etgan hamda bunda tishlarning kamida 4 tasi tish pulpasi bilan yoki periodont bilan jarohatlangan, shu jumladan ildiz kanallari plombalangan tishlari bo‘lgan o‘quvchilar mazkur bandning “b” kichik bandi bo‘yicha yaroqsiz deb topiladi.

Protezlashning iloji bo‘lmagan tish ildizlari mavjudligida, tishlarning yo‘qligi haqida qaror chiqariladi, bundan echilmaydigan protezli tishlar mustasno.

79-bandi — parodontit va parodontoz diagnozlari tasdiqlanganda ushbu band qo‘llaniladi.

Parodontit va parodontoz diagnozlar tish-jag‘ tizimi to‘liq tekshirilib, rentgenografiya tekshiruvi yordamida tasdiqlanishi va boshqa hamroh kasalliklar (ko‘p shakldagi ekssudativ eritema, qizil yassi temiratki, po‘rsildoq, stomatitlar, xeylitlar, gingivitlar, leykoplakiya va prekanserozlar: Mangotti abraziv xeyliti, Bouena kasalligi va boshqalar) aniqlanishi lozim.

7-bob. Ko‘rish a’zolari va ko‘z yordamchi a’zolari kasalliklari

Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:

81-bandi — ushbu bandda ikkala ko‘z qovoqlari yaqqol ifodalangan yetishmovchiliklari (ptozdan tashqari), ikkala ko‘zda qovoqlarning og‘ir darajada ptozi, bitta ko‘z yuqori qovog‘ining og‘ir darajada ptozi yoki jarrohlik yo‘li bilan davolanishga ko‘rsatma bo‘lmagan bitta ko‘z qovog‘i o‘rta darajada yetishmovchiliklari, bitta ko‘zda qovoq yetishmovchiligining yaqqol ifodalangan shakllari, ikkala ko‘zda o‘rta darajada ifodalangan shakllari, lagoftalm, shuningdek ko‘rish va ko‘z harakati faoliyati inobatga olinadi.

Tug‘ma ptoz — ya’ni qovoqlarning pastga tushishi yoki kasallik natijasida yuqori qovoq pastga tomon osilib, ko‘z qorachig‘ining yarmidan ko‘proq qismini bekitib qo‘ygan (peshona mushaklari zo‘riqmagan) holatlarda ushbu band qo‘llaniladi.

82-bandi — ushbu bandga surunkali blefaritlar va kon’yuktivitlarning turli shakllari kiradi.

Oddiy blefaritning asoratsiz turlari, po‘stloq — tangachalar qoplangan oddiy blefarit va ko‘z qovoqlari chekkasida biroz giperemiya bo‘lgan holatlar, yakka-yakka follikulalar mavjud bo‘lgan, follikulyar kon’yuktivitlar, ko‘z qovoqlarining burchaklarida kon’yuktivaning silliqlashuvi hamda kon’yuktivial gumbazlar sohasidagi silliqlashishlar, ayrim mayda sirtqi chandiqlar traxomatoz bo‘lmagan kon’yuktiva chandiqchalari hamda kon’yuktiva ko‘zning shox pardasida boshqa o‘zgarishlarsiz silliq chandiqlari bilan kechadigan ko‘z kasalliklari yaroqsiz deb topiladi.

Bahorgi katar, ko‘z pardasida soxta va haqiqiy qanotsimon shakldagi pardalari aniqlanganda yaroqsiz hisoblanadi.

84-bandi — nistagm markaziy asab tizimi yoki vestibulyar apparat kasallanishining belgilaridan biri bo‘lgan hollarda, harbiy tibbiy komissiyaning qarori asosiy kasallik bo‘yicha chiqariladi.

85-bandi — optika-rekonstruktiv, oldingi keratotomiya va lasik (lazerli keratomilez) jarrohlik amaliyoti bilan davolanganlar ko‘rish faoliyatidan qat’i nazar yaroqsiz deb topiladi.

Ko‘z va uning hosilalarida o‘smalar mavjudligida, ularning xususiyatiga qarab, kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining 48 va 49-bandlari qo‘llaniladi.

86-bandi — akkomodatsiyaning turg‘un spazmida nyevropatolog, terapevt va boshqa mutaxassis shifokorlarning ishtirokida tibbiy ko‘rik o‘tkazilishi lozim. Agar spazmlar (mushaklarning tonik taranglanishi) nerv tizimi, ichki a’zolar va boshqa kasalliklar sababli vujudga kelgan hollarda asosiy kasallik bo‘yicha qaror chiqariladi.

Ko‘z akkomodatsiyasi (moslashish) bir tomonlama turg‘un falajlikka uchragan hollarda ko‘zning boshqa faoliyatlariga (ko‘rish quvvatiga, ko‘rish maydoniga) qarab qaror chiqariladi.

Akkomodatsiya spazmi va falajligi, u qay darajada ifodalanganligidan qat’i nazar, yaroqsiz hisoblanadi.

87-bandi — ko‘z gavharining chiqishi va uning joyidan qo‘zg‘alishi afakiya tarzida baholanadi. Agar yallig‘lanish va ko‘z bosimi oshishi mavjudligi aniqlansa, kasalliklar jadvalining 85 yoki 89-bandlari qo‘llaniladi.

89-bandi — glaukoma diagnozi statsionar sharoitida tasdiqlanishi lozim.

92-bandi — ko‘rish o‘tkirligi korreksiya bilan har bir ko‘zda 0,6 dan past bo‘lmasligi kerak. Ushbu hollarda miopiya yoki gipermetropiya 4,0 D gacha yoki astigmatizmning ikki asosiy meridiandagi refraksiya farqi 2,0 D dan ko‘p bo‘lmagan hollarda yaroqli deb topiladi.

93-bandi — refraksiya anomaliyalari turi va darajasi skiaskopiya yoki refraktometriya tekshiruv usullari yordamida aniqlanadi.

Refraksiya anomaliyasining xususiyat va darajasi barcha tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilarda quyidagi usullar yordamida aniqlanadi:

subyektiv usul — bunda ko‘rish o‘tkirligi korreksiya yo‘li bilan tekshiriladi;

obyektiv usul — bunda ko‘zning nur sindirish qobiliyati skiaskopiya yo‘li bilan (qisman sikloplegiya sharoitida midriatsil eritmasidan tomizib turib) aniqlanadi yoki refraktometriya usuli qo‘llanadi.

Subyektiv va obyektiv tekshirish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar bir-biridan farq qilgan hollarda obyektiv tekshirish natijalari inobatga olinib, ko‘rish o‘tkirligi takroriy ravishda korreksiya o‘tkazib tekshirib ko‘rilishi kerak. Shubha tug‘ilgan hollarda refraksiyani obyektiv aniqlash to‘la sikloplegiya sharoitida o‘tkaziladi (bu muolajani o‘tkazishda ko‘zga tomiziladigan dorilar: gomotropinning bir foizli eritmasi yoki bir foizli atropin eritmasi tomiziladi).

Biomikroskopik tekshiruv yordamida aniqlanadigan, ko‘rish o‘tkirligini pasaytirmaydigan ranglar jilosi va gavharning oldi kapsulasidagi pigment (tug‘ma qorachiq qoldiq membranasi) mavjudligi yaroqli deb topishga asos bo‘ladi.

94-bandi — rang ajratish qobiliyati Rabkin jadvali yordamida aniqlanadi.

Anomal trixromaziya “S” turi aniqlangan hollarda tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchi yaroqli deb topiladi. Ushbu hollarda Rabkin jadvalining 12 ta jadvaldagi ranglar aniqlanishi, buning ichida Rabkin jadvalining XVIII jadvali bo‘lishi zarur.

95-bandi — mazkur bandga ko‘zning shoxpardasi, rangli pardasi va boshqa pardalarining o‘tkir kasalliklari, shuningdek jarohatlar va jarrohlik muolajalari sabab bo‘lgan ko‘rish qobiliyatining vaqtinchalik buzilish holatlari kiradi.

8-bob. Teri va teri osti qavati kasalliklari

Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:

96-bandi — qiyin davolanadigan, surunkali keng tarqalgan shaklidagi kasalliklar: ixtioz, ekzema, psoriaz (artropatik eritrodermiya), teri qavatlarining keng tarqalgan lixnefikatsiya bilan kechadigan atopik dermatit, neyrodermit, bullali dermatitlar (po‘rsildoq yaraning barcha turlari, bullali pemfingoid, gerpes shaklli Dyuring kasalligi, qizil yugirikning tarqalgan teri shakli, surunkali tez-tez qaytalanadigan krapivnitsa, dermatomiozit, tarqalgan sklerodermiya) kasalliklarida ushbu band orqali qaror chiqariladi.

O‘quvchida seboreya alomatlari mavjud bo‘lganda, u yaroqli deb topiladi.

99-bandi — yakka pigmentli yoxud so‘galsimon nevuslar mavjud o‘quvchilar yaroqli deb topiladi.

9-bob. Tanosil kasalliklari

Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:

104-bandi — tanosil kasalligi mavjudligi aniqlangan tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilar yaroqsiz deb topiladi. Bu haqida tegishli sog‘liqni saqlash muassasasiga xabar qilinadi.

10-bob. Ginekologik tekshiruvlar

106-bandi — ginekologik tekshiruv o‘tkazilayotganda tashqi ko‘rik natijalari, vaginal ajralmalari va surtmalarining tsitologik hamda bakteriologik va ultratovush tekshiruvlari xulosalari inobatga olinadi.

Izoh: kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining mazkur izohda ko‘rsatilmagan bandlarida nazarda tutilgan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yuzasidan xulosa mutaxassis shifokorlar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘richiqariladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


4-ILOVA

Akademik litseylariga kirayotgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda majburiy bo‘lgan tibbiy tahlillar va tekshiruvlar

RO‘YXATI

1. Umumiy qon tahlili — kengaytirilgan.



2. Umumiy peshob tahlili.

3. Gijja tuxumlari va sodda organizmlarni aniqlovchi axlat tahlili.

4. Gepatitning “V” va “S” (NVsAg, NCV) markerlarini aniqlovchi qon tahlili.

5. Qonning RW (Vasserman reaksiyasi) tahlili.

6. Qonning OITS/OIV tahlili (OITSga qarshi kurash markazlarida).

7. Qonning ALT, AST, umumiy oqsil va bilirubin (fraksiyalari bilan) tahlili.

8. Elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG).

9. Endoskopik ezofagogastroeduodenoskopiya tekshiruvi (EFGDS) xulosalari.

10. Ultratovush tekshiruvi (UTT).

11. Ko‘krak qafasi a’zolarining flyuorografiyasi (tekshiriluvchining F.I.O. hamda tekshiruv tartib raqami va o‘tkazilgan sana ko‘rsatiladi).

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


5-ILOVA

Rasm uchun


joy


(M.O‘.)

Akademik litseyga o‘qishga kirayotgan o‘quvchining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish


KARTASI


1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ___________________________________________________________________
2. Tug‘ilgan yili ___________________________________________________________________________________
3. Doimiy yashash joyi (manzili) ______________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________

Download 335,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish