Okoz: 07. 00. 00. 00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 24. 00. 00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07. 24. 02. 00 Qimmatli qog‘ozlar bozorining umumiy qoidalari] [tsz



Download 38,21 Kb.
Sana12.11.2019
Hajmi38,21 Kb.
#25683
Bog'liq
262-II 30.08.2001



[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorining umumiy qoidalari]

[TSZ:

1.Moliya / Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni

QIMMATLI qOg‘OZLAR BOZORIDA INVESTORLARNING hUqUqLARINI hIMOYa qILISh TO‘g‘RISIDA

 LexUZ sharhi

Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi investorlarning huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, emissiya jarayonidan hamda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ularning investitsiyalash obyekti hisoblanadi.

Ushbu Qonun banklar, boshqa kredit va sug‘urta tashkilotlari tomonidan jamg‘armalarga pul mablag‘larini jalb etish bilan, depozit sertifikatlar, veksellar va qonun hujjatlariga muvofiq emissiya jarayonidan o‘tkazilmaydigan boshqa qimmatli qog‘ozlar muomalasi bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.

2-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

3-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlari

Investorlar qimmatli qog‘ozlar bozorida quyidagi huquqlarga ega:

emitentdan qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, emitentning joriy moliyaviy holati va uning rivojlanish istiqbollari haqidagi axborotni taqdim etishni talab qilish;

qimmatli qog‘ozlar bozorida ularga o‘z xizmatlarini taklif etuvchi investitsiya institutlaridan ushbu Qonunning 6-moddasiga muvofiq ular to‘g‘risidagi, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning fond birjasidagi savdolarini va birjadan tashqari savdosini o‘tkazish qoidalari haqidagi axborotni talab qilish;

pul va boshqa to‘lov mablag‘lari, mol-mulki bilan, shuningdek pul qiymatiga ega bo‘lgan huquqlari (shu jumladan, mulkiy huquqlar) asosida qonun hujjatlarida va emitentning ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar qo‘yish;

qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘z tavakkallarini sug‘urtalash;

qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organidan investitsiya institutlari va ularning birlashmalari to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar emissiyasini to‘xtatib qo‘yishga, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyatga doir litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, tugatish va bekor qilishga doir barcha holatlar, investitsiya institutlari va emitentlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining da’vo arizalari bo‘yicha emitentlar yoki investitsiya institutlariga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari haqida axborot olish;

qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga emitentlar yoki investitsiya institutlari tomonidan ularning huquqlari buzilayotganligi to‘g‘risidagi shikoyatlar bilan murojaat qilish;

fond birjasi a’zolari, uning mansabdor shaxslari va mutaxassislari tomonidan huquqlari buzilgan taqdirda fond birjasiga shikoyatlar bilan murojaat qilish;

qimmatli qog‘ozlar bozorida huquqlari buzilganligi va yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilish;

investorlarning birlashmalari orqali o‘z huquqlarini himoya qilish.

Investorlar qimmatli qog‘ozlar bozorida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.

4-modda. Investorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi cheklashlar

Investorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlar bozorida quyidagilar taqiqlanadi:

chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan, shuningdek emissiyasi to‘xtatib qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi, ularni reklama qilish va taklif etish;

investorlar bilan ularning qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini cheklaydigan shartnomalarni tuzish;

qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya institutlari va fond birjasi tomonidan kasbiy faoliyatni tegishli litsenziyalarsiz amalga oshirish;

qimmatli qog‘ozlarning egasi o‘ziga tegishli qimmatli qog‘ozlarning qiymati to‘liq to‘languniga qadar ularga doir bitimlar tuzishi.

5-modda. Emitentlarning investorlarga axborot taqdim etishga doir majburiyatlari

Emitent qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi to‘g‘risidagi (qimmatli qog‘ozlar chiqarilgani davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani, investorlarni qimmatli qog‘ozlar emissiyasi prospekti bilan tanishtirish joyi va tartibi to‘g‘risidagi) ma’lumotlarni ushbu qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi boshlanishiga kamida ikki hafta qolganida e’lon qiladi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar emissiyasi shartlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni bu o‘zgarishlar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin e’lon qiladi.

O‘z qimmatli qog‘ozlari qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalada bo‘lgan emitentlar investorlarga qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi prospekti bilan, o‘zlarining o‘tgan ikki yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi (agar bunday faoliyat amalga oshirilgan bo‘lsa) yillik hisobotlari bilan, ilgari o‘zlari chiqargan qimmatli qog‘ozlar haqidagi axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashlari shart.

Emitent qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda investorlarga boshqa axborotni ham taqdim etishi shart.

 LexUZ sharhi

Axborotlarni taqdim qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining “Qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan axborotlarni ochish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘ida belgilangan (ro‘yxat raqami 1127, 18.04.2002-y.).

Emitent ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni yozma shaklda investorga taqdim etganlik uchun undan nusxa ko‘chirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.

6-modda. Investitsiya institutlarining investorlarga axborot taqdim etishga doir majburiyatlari

Investorning talabiga binoan unga qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z xizmatlarini taklif etayotgan investitsiya instituti quyidagi hujjatlar va axborotni taqdim etadi:

qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning nusxasi;

investitsiya institutining yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;

investitsiya institutining ustav kapitali, o‘z mablag‘larining miqdori va zaxira fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

undan investor sotib oladigan yoki investorning topshirig‘iga ko‘ra u sotib oladigan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va bu chiqarilishning ro‘yxatdan o‘tkazilish raqami;

undan investor sotib oladigan yoki investorning topshirig‘iga ko‘ra u sotib oladigan qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi prospektida bayon etilgan ma’lumotlar;

undan investor sotib oladigan, investorning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi yoki qimmatli qog‘ozlar sotilayotganda investor sotib oladigan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi hamda investor tomonidan axborot taqdim etish haqida talab qo‘yilgan sanadan oldingi olti hafta davomida qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan narxlarni belgilash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

undan investor sotib oladigan, investorning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi yoki qimmatli qog‘ozlar sotilayotganda investor sotib oladigan, investor tomonidan axborot taqdim etish haqida talab qo‘yilgan sanadan oldingi olti hafta davomida u sotib olgan va sotgan qimmatli qog‘ozlarning narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoxud bunday operatsiyalar o‘tkazilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

shartnomada qayd etilgan muddatlarda investorlarning manfaatlarini ko‘zlab, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan bitimlarning natijalari bo‘yicha hisobot;

investitsiya instituti yilning bir choragi davomida bir emitentning bir turdagi qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni hamda bir emitentning bir turdagi qimmatli qog‘ozlari bilan bir marotabalik operatsiyani amalga oshirgan hollarda, basharti bu operatsiya bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning soni mazkur qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining kamida o‘n besh foizini tashkil etgan bo‘lsa, o‘zi qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Investitsiya instituti investorlarni ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni olishga haqli ekanliklaridan xabardor qilishi shart.

Investitsiya instituti ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni yozma shaklda investorga taqdim etganlik uchun undan nusxa ko‘chirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.

7-modda. Qimmatli qog‘ozlar bilan tuziladigan bitimlarning hamda investorlar mablag‘larining hisobini yuritish

Investitsiya instituti investorlar ishtirokida qimmatli qog‘ozlar bilan o‘zi tuzadigan barcha bitimlarning hisobini yuritadi.

Investitsiya instituti tomonidan qimmatli qog‘ozlarning hamda investorlar mablag‘larining hisobini yuritish uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobidan alohida tarzda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi.

8-modda. Emitentlar va investitsiya institutlarining javobgarligi

Emitentlar va investitsiya institutlari investor oldida yetkazilgan zarar doirasida qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar uchun mulkiy javobgar bo‘ladilar:

investorning talabiga binoan qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan axborotni taqdim etmaganlik yoxud haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborotni taqdim etganlik uchun;

 LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining “Qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan axborotlarni ochish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1127, 18.04.2002-y.) qarang.

qimmatli qog‘ozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzganlik uchun;

qimmatli qog‘ozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli qog‘ozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalada bo‘lishi qonun bilan taqiqlangan qimmatli qog‘ozlarning reklamasi uchun;

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining “Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, ro‘yxatga olish va qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1158, 10.07.2002-y.) va “Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini chiqarish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va so‘ndirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 1159, 10.07.2002-y.) buyrug‘iga qarang.

ular investorlar bilan qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarini hamda emitentlar va qimmatli qog‘ozlar bozori professional qatnashchilarining javobgarligini cheklaydigan shartnomalarni tuzganlik uchun;

aniqlangan hiyla-nayrang ishlatish faktlari va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi boshqa qoidabuzarliklar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, qimmatli qog‘ozlarga doir narxlar to‘g‘risida, shu jumladan reklamada qasddan buzib ko‘rsatilgan axborotni taqdim etish yo‘li bilan investorlarni qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishga da’vat qilganlik uchun;

investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek investor bilan tuzilgan shartnomada qayd etilganidan farq qiladigan shartlarda bitim tuzganlik uchun.

9-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilishga doir huquqlari

Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi quyidagi huquqlarga ega:

investorlarning, shuningdek davlatning manfaatlarini himoya qilib da’vo arizalari bilan sudga murojaat etish;

Oldingi tahrirga qarang.

investorlarning huquqlarini buzgan yoki o‘z harakatlari bilan investorlarning huquqlari buzilishiga tahdid soluvchi investitsiya institutiga qimmatli qog‘ozlar bozorida ayrim operatsiyalar o‘tkazishni favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘z vakolatlari doirasida o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklab qo‘yish. Qimmatli qog‘ozlar bozorida ayrim operatsiyalar o‘tkazilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga cheklash yoki taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi;

(9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)

boshqa davlat organlaridan qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar huquqlarining buzilganligi faktlarini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilariga taalluqli ma’lumotlar va materiallarni so‘rovlar asosida olish, shuningdek mazkur faktlarni birgalikda o‘rganib chiqish.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sudga da’vo bilan murojaat qilganda davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining o‘z vakolatlari doirasidagi ko‘rsatmalari emitentlar, investitsiya institutlari va ularning mansabdor shaxslari ijro etishlari uchun majburiydir.

10-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilishga doir majburiyatlari

Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi:

1) investorlarni ommaviy axborot vositalari va (yoki) o‘zi yaratgan elektron axborot-ma’lumot tizimlari orqali:

qimmatli qog‘ozlarning ro‘yxatga olingan chiqarilishi to‘g‘risida hamda emissiyasi va muomalada bo‘lishi to‘xtatib qo‘yilgan (qayta tiklangan) qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi to‘g‘risida;

fond birjasiga birja faoliyatini amalga oshirish uchun, investitsiya institutlariga qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar berilganligi to‘g‘risida, amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan yoki tugatilgan litsenziyalar to‘g‘risida, shuningdek to‘xtatib qo‘yilishi, tugatilishi yoki bekor qilinishining sabablari ko‘rsatilib, bekor qilingan litsenziyalar to‘g‘risida;

qimmatli qog‘ozlar bozorida huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun javobgarlik choralari qo‘llanilgan emitentlar, investitsiya institutlari, mansabdor shaxslar hamda ularga nisbatan qo‘llanilgan javobgarlik chora turlari to‘g‘risida;

uning da’vo arizalari bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlaridan xabardor qilishga;

2) qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda investorlarning huquqlari buzilganligi faktlari aniqlanganda tekshiruvlar o‘tkazish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rishga;

3) davlat organlaridan va qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilaridan investorlarning huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishga majburdir, axborotni uchinchi shaxslarga oshkor etilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni yozma shaklda investorga taqdim etganlik uchun undan nusxa ko‘chirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.

11-modda. Investorlarning shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish

Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar huquqlarining buzilishi masalalari yuzasidan shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi hamda ko‘rib chiqish natijalari haqida bir oydan kechiktirmay arizachini xabardor qiladi.

Fond birjasi birja savdolarida qatnashayotgan investitsiya institutlari, birja savdolarining mansabdor shaxslari va mutaxassislari xatti-harakatlari ustidan tushgan investorlarning shikoyat va arizalarini birja savdolari qoidalarida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqadi.

Investorlarning shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan fond birjasi:

qoidabuzarga nisbatan birja savdolari qoidalarida belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llashga;

qoidabuzarga investorga yetkazilgan zararlarni qoplashni tavsiya etishga;

investitsiya institutini o‘z a’zolari safidan chiqarish va unga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rishni so‘rab qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.

Fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining talabiga binoan investorlarning shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish yakunlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi.

12-modda. Nizolarni hal qilish

Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

13-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

 LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunini buzganlik uchun ishlarni ko‘rib chiqish va sanksiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1131, 23.04.2002-y.) qarang.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2001-yil 30-avgust,

262-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 173-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2006-y., 41-son, 405-modda)

Download 38,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish