Okoz: 07. 00. 00. 00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 16. 00. 00 Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar / 07. 16. 02. 00 Yagona ijtimoiy to‘lov] [tsz



Download 19,68 Kb.
Sana13.02.2020
Hajmi19,68 Kb.
#39635


[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.00.00 Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar / 07.16.02.00 Yagona ijtimoiy to‘lov]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining


Qarori

“Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 2-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2095-6]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:



1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri D. KUChKAROV

Toshkent sh.,

2019-yil 26-fevral,

20-son

Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. MUSAYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 26-fevral,

2019-10-son

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 26-fevraldagi 20 va 2019-10-son qaroriga


ILOVA

O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar

RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 22-martdagi 22 va 2010-13-son “Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2095, 2010-yil 13-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 120-modda).



2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10 va 2011-7-son “Yagona ijtimoiy to‘lovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2095-1, 2011-yil 21-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 7-8-son, 78-modda).

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48 va 2014-28-son “Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2095-2, 2014-yil 22-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 30-son, 375-modda).

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 16-fevraldagi 12 va 2015-8-son “Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2095-3, 2015-yil 19-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 7-son, 88-modda).

5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 9-martdagi 13 va 2016-11-son “Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2095-4, 2016-yil 31-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 13-son, 126-modda).

6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 10-yanvardagi 1 va 2017-01-son “Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning muqaddimasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2095-5, 2017-yil 17-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 3-son, 45-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2019-y., 10/19/2095-6/2696-son)

Download 19,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish